Mundarija:
Kirish ……………………………………………………………………….2
I.bob Asosiy qism…………………………..……………………………….4
1. Yerni ekin ekish oldidan ishlash. …………………………………..4
2. Yerni ekin ekishdan keyin ishlash………………………………...6
3. Qishloq xo’jaligi ekinlarini ekish usullari……………………….11
Xulosa …….……………………………………………………………….26
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………27
Kirish
Yerni asosiy, maxsus vayuza ishlash usullari bor. Yerni asosiy ishlash deganda, oldingi ekin yigʻib olingandan keyingi dastlabki eng chuqur haydash tushuniladi. Eroziyaga uchramagan yerlarda bu, odatda, qatlamni agʻdarib haydashdir. Yerni maxsus ishlashning usullari frezerli, plantajli, qatlamlab haydash (mas, qoʻsh yarusli)dan iborat. Yuza ishlashda yumshatish chuqurligi baʼzan 12—14 sm yuza yumshatish, kultivatsiyalash, boronalash, shleyflash usullaridan foydalaniladi. Yerni ishlashning alohida olingan har bir usuli bir yoki bir nechta texnologik operatsiyani oʻz ichiga oladi va yerni ishlashdagi barcha vazifalarni taʼminlay olmaydi. Shu sababli Ye. i.da bir necha usuldan foydalanish zarurati kelib chiqadi. Tuproq-iqlim sharoitiga mos keladigan, izchillik bilan bajarilgan va asosiy vazifalarni amalga oshirishga moʻljallangan Ye. i. usullarining majmui Ye. i. tizimi deyiladi. U asosiy, ekish oldidan va ekishdan keyingi ishlov berishni oʻz ichiga oladi.
E. i.ning texnologik operatsiyalari: qatlamni agʻdarish, yumshatish, aralashtirish, zichlash, tekislash, begona oʻtlar ildizini kesish, egat, ariq, joʻyak olish, qatlam yuzasida angʻizni saqlash va b.dan iborat.
Qatlamni agʻdarish, yaʼni tuproq qatlamlarini almashtirish agronomik xossalari bilan farq qiladigan qatlamlarini aralashtirishdan iborat.
Angʻiz qoldiqlarini, chim, oʻgʻitlarni, begona oʻtlar urugʻini, kasallik qoʻzgʻatuvchilar va zararkunandalarni dastlabki rivojlanish davridayoq tuproqqa koʻmib yuborish uchun ham qatlamni agʻdarish zarur. Buning uchun dalalar agʻdargichli plugda haydaladi. Yerni qoʻsh yarusli plugda 35—40 sm yoki chimqirqarli plugda 30—40 sm chuqurlikda agʻdarib haydash yaxshi Samara beradi. Yerni yumshatish dalada traktor va mexanizmlar koʻp marta yurib oʻtishi, kuzqishda va bahorda koʻp yogʻin yogʻishi, vegetatsion va shoʻr yuvishdagi sugʻorish natijasida tuproqning haydalma qatlami va haydalma qatlam osti juda zichlashib ketganda amalga oshiriladi. Bu ish alohida yoki boshqa operatsiyalar (agdarish, aralashtirish) bilan birga bajariladi. Yerni yuza 6—8 sm chuqurlikda yumshatishda "zigzag" boronadan, aylanuvchi motigadan, 12—16 sm chuqurlikda yumshatishda diskli borona, chizel kultivatordan; 20 sm va undan ortiq chuqurlikda yumshatishda agʻdargichi olingan plugdan, chuqur yumshatkichli plugdan, yassi keskich — chuqur yumshatkichli qurollar va b.dan foydalaniladi. Tuproqni aralashtirish natijasida haydalma qatlam birxillashadi, organik moddalarning parchalanishidan hosil boʻladigan mahsulotlar, mineral oʻgʻitlar bir tekis taqsimlanadi. Tuproqni zichlashda tuproq uvoqlari bir-biriga yanada zich joylashishi taʼminlanadi, kesaklar maydalanadi, haydalgan yer tuprogʻi birmuncha oʻtiradi; bunda tuproqni shamol kam uchiradi, urugʻ unishi uchun qulay sharoit vujudga keladi va h.k. Yer yuzasini tekislash shoʻr yuvish ishlari sifatli boʻlishini taʼminlaydi, shudgorlangan yerni ekin ekish oldidan joriy tekislash natijasida ekish, ekinlarni parvarish qilish va hosilni yigʻib olish uchun qulay sharoit yaratiladi. Yerni joriy tekislash ishlari boronalash va mola bostirish bilan qisman qoʻlda bajariladi. Yana q. Dehqonchilik, Yer haydash.
1.Yerni ekin ekishdan oldin ishlash.. Yerni ekin ekishdan oldin ishlash boronalashdan boshlanadi. Boronalanganda yerning yuza qismi tekislanadi, endi o’sib kelayotgan begona o’tlar yo’qotiladi, kesaklar maydalanadi, hosil bo’lgan qatqaloq yumshatiladi va nam bug’lanishi-ning oldi olinadi.
Yerga ekin ekish oldidan ishlov berishni yer yetilmasdan oldin boshlab yuborish mumkin emas, chunki bunda palaxsalar hosil bo’ladi, uning yuza qismi zichlashadi. Кo’klamda shudgorning 8-10 sm chuqur-likdagi tuprog’i yetilishi bilan yerni ishlay boshlash kerak. Respub-likamizning turli tuproq-iqlim sharoitida bu muddat taxminan quyidagi davrlarga to’g’ri keladi: Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida fevral oyining ikkinchi yarmiga, yoki mart oyining birinchi besh kunligiga, Andijon, Namangan, Farg’ona viloyatlarida mart oyining birinchi yarmiga, Sirdaryo, Jizzax, Toshkent va Samar-qand viloyatlarida mart oyining ikkinchi yarmi, Xorazm va Qora-qalpog’istonda esa mart oyining uchinchi o’n kunligi, aprel oyining birinchi besh kunligiga to’g’ri keladi.
Yerni asosiy, maxsus vayuza ishlash usullari bor. Yerni asosiy ishlash deganda, oldingi ekin yigʻib olingandan keyingi dastlabki eng chuqur haydash tushuniladi. Eroziyaga uchramagan yerlarda bu, odatda, qatlamni agʻdarib haydashdir. Yerni maxsus ishlashning usullari frezerli, plantajli, qatlamlab haydash (mas, qoʻsh yarusli)dan iborat. Yuza ishlashda yumshatish chuqurligi baʼzan 12—14 sm yuza yumshatish, kultivatsiyalash, boronalash, shleyflash usullaridan foydalaniladi. Yerni ishlashning alohida olingan har bir usuli bir yoki bir nechta texnologik operatsiyani oʻz ichiga oladi va yerni ishlashdagi barcha vazifalarni taʼminlay olmaydi. Shu sababli Ye. i.da bir necha usuldan foydalanish zarurati kelib chiqadi. Tuproq-iqlim sharoitiga mos keladigan, izchillik bilan bajarilgan va asosiy vazifalarni amalga oshirishga moʻljallangan Ye. i. usullarining majmui Ye. i. tizimi deyiladi. U asosiy, ekish oldidan va ekishdan keyingi ishlov berishni oʻz ichiga oladi.
E. i.ning texnologik operatsiyalari: qatlamni agʻdarish, yumshatish, aralashtirish, zichlash, tekislash, begona oʻtlar ildizini kesish, egat, ariq, joʻyak olish, qatlam yuzasida angʻizni saqlash va b.dan iborat.
Qatlamni agʻdarish, yaʼni tuproq qatlamlarini almashtirish agronomik xossalari bilan farq qiladigan qatlamlarini aralashtirishdan iborat.
Angʻiz qoldiqlarini, chim, oʻgʻitlarni, begona oʻtlar urugʻini, kasallik qoʻzgʻatuvchilar va zararkunandalarni dastlabki rivojlanish davridayoq tuproqqa koʻmib yuborish uchun ham qatlamni agʻdarish zarur. Buning uchun dalalar agʻdargichli plugda haydaladi. Yerni qoʻsh yarusli plugda 35—40 sm yoki chimqirqarli plugda 30—40 sm chuqurlikda agʻdarib haydash yaxshi Samara beradi. Yerni yumshatish dalada traktor va mexanizmlar koʻp marta yurib oʻtishi, kuzqishda va bahorda koʻp yogʻin yogʻishi, vegetatsion va shoʻr yuvishdagi sugʻorish natijasida tuproqning haydalma qatlami va haydalma qatlam osti juda zichlashib ketganda amalga oshiriladi. Bu ish alohida yoki boshqa operatsiyalar (agdarish, aralashtirish) bilan birga bajariladi. Yerni yuza 6—8 sm chuqurlikda yumshatishda "zigzag" boronadan, aylanuvchi motigadan, 12—16 sm chuqurlikda yumshatishda diskli borona, chizel kultivatordan; 20 sm va undan ortiq chuqurlikda yumshatishda agʻdargichi olingan plugdan, chuqur yumshatkichli plugdan, yassi keskich — chuqur yumshatkichli qurollar va b.dan foydalaniladi. Tuproqni aralashtirish natijasida haydalma qatlam birxillashadi, organik moddalarning parchalanishidan hosil boʻladigan mahsulotlar, mineral oʻgʻitlar bir tekis taqsimlanadi. Tuproqni zichlashda tuproq uvoqlari bir-biriga yanada zich joylashishi taʼminlanadi, kesaklar maydalanadi, haydalgan yer tuprogʻi birmuncha oʻtiradi; bunda tuproqni shamol kam uchiradi, urugʻ unishi uchun qulay sharoit vujudga keladi va h.k. Yer yuzasini tekislash shoʻr yuvish ishlari sifatli boʻlishini taʼminlaydi, shudgorlangan yerni ekin ekish oldidan joriy tekislash natijasida ekish, ekinlarni parvarish qilish va hosilni yigʻib olish uchun qulay sharoit yaratiladi. Yerni joriy tekislash ishlari boronalash va mola bostirish bilan qisman qoʻlda bajariladi. Yana q. Dehqonchilik, Yer haydash.
Yog’ingarchilikdan keyin shudgorning yuza qismi zichlashgan bo’lsa, chizel-kultivatorlar bilan yerni yumshatish, so’ngra mola bosish kerak.
Tuproq sho’ri yuvilgan va yaxob suvi berilgan yerlarni chigit ekishga tayyorlashda egat, marza, o’qariqlar, past va do’ngliklar tekislanadi. Yer yetilishi bilan bo’ylamasiga yoki ko’ndalangiga ikkita ketma-ket ulangan borona yurgiziladi.
Кo’klamda yerni sayozroq bo’lsa ham qayta haydashga yo’l qo’ymas-lik kerak. Agar yaxob berilgandan yoki tuproq sho’ri yuvilgandan keyin yer juda zichlashib, begona o’t bosgan bo’lsa, plugning agdargichlarini olib qo’yib yumshatish mumkin.
Кo’klamda haydaladigan yerlarni iloji boricha barvaqt, yer yetilishi bilanoq ishlashga kirishish kerak. Shunday qilinganda tuproqda nam to’planadi. Yer bahorda haydalganda zudlik bilan diskalash va borona-lash kerak.
2.Yerni ekin ekishdan keyin ishlash.Ma’lumki, Markaziy Osiyo tuproqlari yomg’ir yoqqandan keyin qatqaloq hosil qiladi. Tuproqning mexanik tarkibi qancha og’ir bo’lsa, qatqaloq shuncha qattiq va qalin bo’ladi. Tuproq sho’r bo’lsa, qatqaloq yana ham qattiq bo’ladi. Shuning uchun ekinzorlarda bahorgi yomg’irlardan keyin hosil bo’lgan qatqa-loqni zudlik bilan yumshatish lozim. Qatqaloq o’z vaqtida yumshatil-may kechiktirilsa, uning qattiqligi va qalinligi oshib boradi, yumshatish qiyinlashadi va zarari katta bo’ladi.
Agar chigit unib chiqqan yoki chiqish oldida bo’lsa, rotatsion motiga yoki chigit, makkajo’xori chiqib, qatorlari bilingan bo’lsa,u holda rotat-sion yulduzchalar o’rnatilgan kultivatorlardan foydalanish mumkin.
Chigit ekish tamomlangandan keyinroq yomg’ir yog’sa, qatqaloqni yoppasiga yumshatadigan yengil "zig-zag" borona bilan qatorlarni ko’ndalangiga boronalash mumkin.
Sug’oriladigan yerlarni tekislash suv, mineral o’g’it va qishloq xo’jalik texnikalaridan samarali foydalanishning asosiy shartlaridan biridir.
Yaxshi tekislanmagan yerlarda suv bir xil taqsimlanmaydi. Suv isrofgarchiligi 2 - 3 barovar ko’payadi, tuproqlarni botqoqlanishi va sho’rlanishi kuchayadi, mineral o’g’itlardan foydalanish darajasi past bo’ladi. Sug’oriladigan yerlar yaxshilab tekislanganda, dalalar teng taqsimlanib, tuproqqa bir vaqtda sifatli ishlov berishga erishiladi, undagi tuproq bir tekis namiqadi, sug’orish meyori kamayadi, sug’orish shaxobchalarini qurish bilan bog’liq ishlarning hajmi kamayadi, qishloq xo’jalik ishlarini mexanizasiyalashtirish imkoni ko’payadi, sug’orish ishlariga kam mehnat sarflanadi, hosil ortadi.
Yaxshi tekislangan yerlarda suvchining ish unumdorligi kuniga 2-3 gektarni tashkil etsa, tekislanmagan yerlarda bor-yo’g’i 0,5-0,8 gektarni tashkil etadi.
Yerlarni tekislash, yangi va sho’rlangan yerlarni o’zlashtirish hamda yerlarni meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo’jaligi ekinlaridan yuqori hosil olish garovidir.
Ekin maydonidagi baland joylar tuprog’ini uning past joylariga keltirib to’kish, yani undagi past balandliklarni, o’nqir-cho’nqir joylarni yo’qotish yo’li bilan shu maydon yuzasida malum nishab yaratish (yoki unda gorizontal yuza hosil qilish) yer tekislash deyiladi.
Yer tekislashda bajariladigan tuproq ishlari hajmiga bog’liq holda, tekislashni uch usulga ajratish mumkin.
asosiy (kapital) tekislash;
qisman tekislash;
v) joriy tekislash.
Do'stlaringiz bilan baham: |