Mavzu: 2017-2021 yillarda qurolli kuchlar, ichki ishlar va davlat xavfsizlik, favqulodda vaziyatlar xizmatlari tizimidagi islohotlar.
Reja:
1.Harbiy, ichki ishlar ta'lim tizimini takomillashtirish, harbiy va ichki ishlar xizmatchilarning ijtimoiy himoyasini oshirish. Qurolli kuchlarni, davlat xavfsizligi xizmatini modernizatsiya qilish va qayta jihozlash.
2.Yangilanayotgan O’zbekistonda harbiy ichki ishlar davlat xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar tizimidagi islohotlar.
2017-2018 yillar davomida mamlakatimiz Qurolli Kuchlarining yangilangan strategik yondashuvini ishlab chiqishga erishdi, deyish mumkin.
Shuni ta'kidlash joizki, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo'yicha ishlab chiqilgan harakatlar Strategiyasida milliy armiyani isloh qilish ko'zda tutilgan edi.
Davlat rahbari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini qurish bo'yicha yaqin vaqtlarga mo'ljallangan ustuvor vazifalar belgilangan edi.
Ushbu vazifalarni bajarishda mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda fuqarolik jamiyati va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan faol ishlar olib borilmoqda.
Barcha darajadagi hokimiyat organlari rahbarlari qo'shinlarning kundalik faoliyatida faol va shaxsiy ishtirok etib, harbiy shaharcha va poligonlar infratuzilmasi takomillashtirildi va zamonaviy talablarga javob beradigan qiyofaga keldi. Shu o'rinda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va harbiy xizmatchilarda g'urur, sadoqat, vatanparvarlik, jangovar ruhiyat va har qanday vaziyatda Vatanni himoya qilishga tayyorlik tuyg'usini mustahkamlash bo'yicha tizimli ishlar olib borilayotganini alohida ta'kidlab o'tish zarur.
Mudofaa vazirligi rahbariyati tomonidan olib borilgan keng ko'lamli tadbirlar natijasida harbiy okrug qo'shinlari jangovar tarkibini yanada takomillashtirildi, ularning jangovar tayyorgarligi va qobiliyati kuchaydi hamda qo'shinlarni boshqarish tizimini avtomatlashtirish va optimallashtirilmoqda.
Mudofaa vazirligi va Mudofaa sanoati davlat qo'mitasini qo'shinlarni 2018-2021 yillarga mo'ljallangan zamonaviy qurol-yarog' va harbiy texnika bilan ta'minlash va modernizatsiya qilish bo'yicha kompleks dasturiga asosan qo'shinlar zamonaviy qurol-yarog' va texnikalar bilan ta'minlanmoqda.
Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilar, ularning oila a'zolari va faxriylarini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarining samaradorligi oshdi. Harbiy shaharchalar zamonaviy ko'rinishga ega bo'ldi, front orti ta'minoti xizmatlariga autsorsing tizimi kiritildi. 8000dan ortiq harbiy xizmatchilarni zamonaviy, keng va yorug' xonadonlar bilan ta'minlash maqsadida o'tgan uch yil mobaynida 275ta ko'p qavatli uylar qurildi, harbiy xizmatchilarning turmush o'rtog'lari uchun 600dan ortiq ish o'rinlari yaratildi, 1900 harbiy nafaqaxo'rlar ishga joylashtirildi.
2021 yil 18 yanvarda O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va harbiy-ma'muriy sektorlarning faoliyati hamda istiqboldagi ustuvor vazifalariga bag'ishlangan Xavfsizlik kengashini kengaytirilgan yig'ilishida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo'mondoni SH.M. Mirziyoyev mamlakat mudofaa qobiliyatini yanada oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar, Qurolli Kuchlarni rivojlantirish yo'lidagi sa'y-harakatlar va ularning natijalarini sarhisob qildi. Vazirlik va idoralar hamda joylardagi davlat hokimiyati organlarining ushbu yo'nalishdagi faoliyatiga tahliliy baho berdi.
Zamonaviy sharoitlarda Qurolli Kuchlarni rivojlantirish va mamlakat mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash hamda bu borada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilg'or innovatsiyalarni keng tatbiq etish bo'yicha muhim hisoblanmoqda. Shu nuqtai nazardan, barcha darajadagi qo'mondonlik va boshqaruv organlari faoliyatini takomillashtirish, qo'shinlarda avtomatlashtirilgan boshqaruv vositalari va komplekslarni joriy qilish orqali ularning hamkorlikdagi operativ va jangovar tayyorgarlik darajasini oshirish, axborot va kiberxavfsizlikni ta'minlash istiqboldagi dolzarb vazifalardan bo'lib qoladi.
Bugungi kunda global axborot makonidagi qarama-qarshilik, inson, ayniqsa yosh avlodning ongi va qalbi uchun kurashning kuchayishi sharoitida harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining roli va ahamiyati ortib bormoqda. Shuning uchun, davlatimiz rahbari tomonidan aholining va birinchi navbatda yoshlarning harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi tizimini takomillashtirish, ularni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoniga jalb qilish, intellektual va ijodiy salohiyatni namoyon qilishga sharoitlar yaratish bo'yicha ham ishlar olib borilayotgani ma'lum qilingan.
Bu borada harbiy okruglar qo'mondonliklari va harbiy qism komandirlari tomonidan mamlakatimiz aholisi va yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish bilan bog'liq ishlar “Jasur jangchi – yoshlar uchun namuna” shiori amal qilmoqdaa.
Shuningdek, Qurolli Kuchlarimizda yaratilgan zamonaviy infratuzilmadan foydalangan holda uyushmagan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan birga, mehnat bozorida talab qilinadigan kasb-hunarga o'rgatish bo'yicha ishlar keng ko'lamda amalga oshirilayotganini ham aytib o'tish kerak.
Xulosa o'rnida sifatida aytish mumkinki, bir davlatning o'ziga xos xususiyatlari Qurolli Kuchlarning qiyofasi uchun muayyan xususiyatlar asosida yaratilgan. Dunyoda va mintaqadagi geosiyosiy vaziyat, davlatning tashqi va ichki siyosati barqaror amalga oshirish, aholining iqtisodiy va ijtimoiy turmush darajasini oshirish, davlatning xalqaro nufuzini oshirish bo'yicha ijobiy tendensiyalar bu borada muhim ahamiyatga ega.
O'zbekiston Qurolli Kuchlarining eng muhim vazifalari milliy harbiy mutaxassislarni tayyorlash va armiyani texnik jihatdan jihozlashdan iborat. Ana shulardan kelib chiqib, so'nggi paytlar-da O'zbekistonda Qurolli Kuchlar uchun yuksak malakali ofitser-lar tayyorlaydigan bir qancha harbiy o'quv yurtlari tashkil etildi.Armiyani texnik jihatdan jihozlashni mustahkamlash chora-tadbirlari ko'rilmoqda.Zotan, hukumat «Iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay, bundan keyin ham harbiy salohiyatni ta'minlash uchun - zarur mablag' ajratishni davom ettiraveradi». O'zbekiston Qurolli Kuchlari qat'iy, bosqichma-bosqich reja asosida, tasdiqlangan dasturga muvofiq shakllana bordi. U mamlaka-timiz davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini mustahkam himoya qilinishini ta'minlaydigan darajada kuch-qudratga ega. O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari o'z faoliyatini: - qonun ustunligi; - markazlashgan boshqaruv va yakkaboshchilik; - doimiy jangovar va safarbar holatdagi tayyorgarlik; - fuqarolarning umumiy harbiy majburiyati; - kollektiv xavfsizlik tizimini barpo qilish; - harbiy intizomga rioya qilish; - partiyasizlik; - harbiyxizmatchilarvaularningoilaa'zolariniijtimoiyvahuquqiyhimoyaqilishnit a'minlashasosidatashkilqiladivaamalgaoshiradi. UmumanO'zbekistonRespublikasiningQurolliKuchlari - buharbiytuzilmalar, harbiyo'quvyurtlarivaboshqaharbiyqismlardaniborat, davlattomonidantashkilqilinganvata'minlanganbo'lib, ularurushvaharbiymojarolaraingoldiniolish, O'zbekistonRespublikasiningdavlatmustaqilligini, hududiyyaxlitligini, aholiningtinchhayotkechirishinivaxavfsizliginita'minlashgaqaratilgandir. O'zbekistonRespublikasiQurolliKuchlaridavlatnihimoyaqilishdabutunmudofaatiziminingasosinitashkiletuvchiyadrohisob-lanib, o'ztarkibigaquyidagilarnioladi: - Quruqlikdagi qo'shinlar; - harbiy-havo va havo hujumidan mudofaa qo'shinlari; -Maxsus qo'shinlar; - Milliy gvardiya brigadasi; - chegara va ichki qo'shinlar; - Milliy xavfsizlik xizmati; - Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa vazirliklarga, idora-larga qarashli harbiy qismlar. Quruqlikdagi qo'shinlar Qurolli Kuchlarining eng ko'p sonli turi bo'lib, boshqa qo'shin turlarining birgalikdagi harakati bilan tajovuzni qaytarish, zarur bo'lganda esa dushmanni tor-mor qilishga mo'ljallangan. Harbiy havo va havo hujumidan mudofaa qo'shinlari - Qurolli Kuchlarining manyovrli turlaridan biri. Ular quruqlikdagi jang may-donida bo'layotgan yirik operatsiyalarning borishi va yakuniga ta'sir qilish, mamlakat havo chegaralarini qo'riqlash, quruqlikdagi va ha-vodagi dushmanga zarba berish imkoniyatiga ega. Undan tashqari O'zbekiston Respublikasi hududini, uning havo chegaralarini, eng muhim davlat va sanoat obyektlarini hamda qo'shin guruhlarini havo hujumidan ishonchli mudofaa qilish vazifasi yuklatilgan. Milliy gvardiya O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tarkibiy qismidir.Bu gvardiya O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-yanvardagi qaroriga binoan, respubli-ka Qurolli Kuchlari qismlari negizida tuzildi. Milliy gvardiyaning asosiy vazifasi O'zbekiston Respublikasining davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligi hamda fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini muhofaza etishdir. Gvardiya tarkibi fuqarolarni majbu-riy harbiy xizmatga chaqirish va armiya xizmatiga o'z ixtiyori bilan borishni birgalikda muvofiqlashtirish asosida to'planadi. Gvardiya zimmasiga bir qancha o'ziga xos vazifalar, jumladan, davlat tanta-na marosimlarida ishtirok etish yuklatilgan.Shu maqsadda gvardiya tarkibida faxriy qorovul rotasi tuzilgan.Shuningdek, gvardiya zimmasiga alohida muhim davlat obyektlarini qo'riqlash vazifalari ham yuklatilgan. Maxsus qo'shinlar esa jangovar harakatlarni operativ ta'minlash masalalarini hal etish uchun mo'ljallangan. 1999-yilgacha chegara qo'shinlari Milliy xavfsizlik xizmati tarkibida bo'lishgan.1999-yil 13-yanvar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan O'zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo'mita tashkil etildi. Ushbu Farmon asosida O'zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi Qo'mita davlat boshqaruvining markaziy organi hisoblanib, chegaraga doir siyosatni amalga oshirishni Davlat chegaralarini himoya qilish va qo'riqlashni tashkil etishni ta'minlashbelgilab berildi. Vazirlar Mahkamasi vakolatlariga mudofaani ta'minlash bo'yicha o'ziga bo'ysunadigan barcha tuzilmalar faoliyatiga rahbar-lik qilish, Qurolli Kuchlarni qurollar, harbiy texnika va boshqa mod-diy vositalar bilan ta'minlash, mudofaa va Qurolli Kuchlar ehtiyoji uchun moddiy texnika resurslari, oziq-ovqat, kiyimkechak va boshqa buyumlarning hajmini, harbiy va muqobil xizmatga chaqirilishi lozim bo'lgan respublika fuqarolarining soni hamda ularning harbiy va muqobil xizmatni o'tash tartibini belgilash, harbiy majburiyatli va harbiy xizmatga chaqirish hamda haqiqiy muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilami zaxiraga chiqarish, harbiy majburiyatlilar-ni yig'ilishga chaqirish, safarbarlik va harbiy xizmatdan bo'shatish to'g'risida qarorlar qabul qilish kabilar kiradi. Mudofaa vazirligi Qurolli Kuchlar davlat boshqaruvining markaziy organi hisoblanadi. Vazirlik Qurolli Kuchlarining ahvo-li va kelgusidagi taraqqiyotiga, jangovar tayyorgarlik va intizom-ga to'liq javobgar. U mudofaa sohasi va harbiy qurilishda ishlab chiqilgan davlat siyosatining Qurolli Kuchlarda amalga oshirilishini ta'minlaydi. Mudofaa rejalari va konsepsiyasi loyihasi, Qurolli Kuchlarning qurilishi va taraqqiyoti, qurollar va harbiy texnika taraqqiyotining davlat dasturlari, mudofaa ehtiyojlari uchun ajratiladigan mablag'lar bo'yicha takliflarni ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasi muhokamasiga taqdim etadi. Mudofaa va harbiy qurilish sohalarida ilmiy tadqiqotlar tashkil qiladi va o'tkazadi, harbiy texnika va boshqa ashyolar yaratish, ishlab chiqarish va ta'mirlash uchun davlat buyurtmalarining bajarilishini nazorat qiladi. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz Qurolli Kuchlari harbiy islohot-ning ikkinchi bosqichini amalga oshirish ishlarini olib bormoqda. Harbiy islohotning birinchi bosqichida (1992-1996-yillarda) qism va bo'linmalar, harbiy o'quv yurtlari va muassasalarini isloh qilishning tartibi aniqlangan. Tegishli safarbar etuvchi rejalar, kerakli qonunlar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Shuningdek, kadrlarni o'qitish va tarbiyalashning tugal tizimi yaratilgan. Yosh suveren davlat bo'lmish O'zbekiston o'zining Mustaqillik yillari mobaynida tashqi siyosat, davlatlararo munosabatlar, urush va tinchlik muammolarining prinsipial yangi nuqtayi nazari va masala-lariga tayanadigan, milliy xavfsizlikning umumdavlat konsepsiyasi-ning tarkibiy qismi bo'lgan hamda mamlakatning mudofaa siyosatini asosini tashkil etgan harbiy Doktrinani ishlab chiqdi va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyasida 1995-yil 30-avgustda qabul qilindi. Harbiy Doktrina harbiy qurilishning asosi, harbiy sohani isloh qilish va harbiy-texnik siyosat istiqbollarini ishlab chiqish hamda harbiy bilim, harbiy san'at va ofitser kadrlarni tayyorlashni yanada rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini belgilab berdi. Oldiga qo'yilgan vazifalarga ko'ra mamlakat harbiy Doktrinasi-ning mazmuni va strukturasi aniqlandi. U o'z ichiga umumiy qoidalar, siyosiy va harbiy-tasbkiliy aspektlar hamda harbiy doktrinaning huquqiy asoslarini oladi. Harbiy doktrinada davlatning o'z fuqarolari hayoti va qadr-qimmatini himoya qilish, mudofaa qilish huquqini amalga oshirish bo'yicha asosiy maqsad va vazifalari aniq tavsiflab berilgan. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-mayda qabul qilingan qaroriga ko'ra, harbiy xizmatchilarning oylik maoshlari ikki barobar-ga, xizmatdan zaxiraga bo'shatilganda beriladigan nafaqa miqdori esa eng kam ish haqining sakkiz baravariga oshirilgan. Shu o'rinda davlatimiz rahbarining 2005-yil 31-oktabrdagi qaro-ri ahamiyatini alohida ta'kidlamoq joiz.Unga ko'ra harbiy qism tav-siyanomasiga ega bo'lgan yigitlarimizga mamlakatimiz oliy o'quv yurtlariga o'qishga kirmoqchi bo'lsalar, test sinovlarida to'plagan ballarining 25 foizi miqdorida ball qo'shib beriladi. Harbiy xizmatdan so'ng kontrakt asosida o'qishga qabul qilingan talabalar agar o'qish davrida «Kamolot» yoshlar ijtimoiy haraka-tining boshlang'ich tashkilotlari faol a'zosi sifatida o'zlarini namo-yon etishsa, ularga kontrakt to'lovining 35 foizi miqdorida moddiy yordam ko'rsatiladi. O'zbekiston Qurolli Kuchlari ayni paytda zamonaviy harbiy tajribalar asosida shakllanib bormoqda. Milliy xavfsizlik konsepsi-yasiga asoslanib, Markaziy Osiyo mintaqasida tez sur'atlar bilan o'zgarib borayotgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatni hisobga olgan hol-da, yuzaga kelayotgan tahdid va xatarlaraing har tomonlama chu-qur tahlili va Qurolli Kuchlarni barpo etishning mutlaqo yangi prin-siplari negizida armiyamizni isloh qilish bo'yicha uzoq muddatga mo'ljallangan Dastur yaratildi. Bundan bosh maqsad - ixcham, tezkor va harakatchan, zamonaviy qurolyaroq va texnika bilan ta'minlangan, strategik va taktik vazifalarni samarali hal eta oladi-gan, sarhadlarimiz daxlsizligi, yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikni buzishga qaratilgan har qanday yovuz harakat va xurujlarni bartaraf etish va ularga munosib zarba berishga qodir bo'lgan kuchli armiya-ni yaratishdan iborat edi. Qurolli Kuchlarimiz va ularning asosiy jangovar bo'linma-larining prinsipial nuqtayi nazardan mutlaqo yangicha tashkiliy-tarkibiy tuzilmasi joriy etildi. Bo'limlar, rotalar, polklar, yordam-chi boshqaruv punktlari va shu kabi yetarli samara bermaydigan bo'linmalar tugatildi. Bu o'zgarishlar o'z navbatida armiyamiz va uning qismlarining yuqoridan quyigacha bo'lgan qurilishini tubdan qayta tashkil etish, ularning harakatchanligi va tezkorligini, jangovar imkoniyatlarini kuchaytirish, eng muhimi, barcha darajadagi koman-dirlarning mustaqilligini ta'minlash va mas'uliyatini oshirish imko-nini beradi. Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini keskin oshirish, armiyada sog'lom ma'naviy muhitni mustahkamlash, professional tayyorgarlik darajasini yuksaltirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan serjantlar tayyorlash maktablari afoetildi va ular zamonaviy jangovar-o'quv bazalari bilan ta'minlandi. Bugun serjantlar tarkibi armiyamizning torn ma'nodagi tayanch ustuniga askarlarning ustozi, ofitserlarning eng yaqin yordamchisiga aylanib bormoqda. Mustaqillik yillarida barcha bo'g'indagi komandirlarning yuqori professional qobiliyati va malakasini ta'minlash, ularning intellektu-al saviyasini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan ofitser kadrlar tayyorlash tizimi yaratildi. Bu esa Qurolli Kuchlar tarkibini sifat ji-hatidan butunlay o'zgartirish va ularni bugungi kun talablariga javob beradigan, puxta tayyorgarlikka, zamonaviy fikrlash qobiliyatiga ega bo'lgan komandirlar bilan to'ldirish imkonini bermoqda. Hozirgi kunda Qurolli Kuchlar saflarida xizmat qilish O'zbe-kistonning har bir fuqarosi uchun nafaqat konstitutsiyaviy burch, balki mamlakatimizda orzu qilishga sazovor kasbga aylandi. Keyingi vaqtda, xususan 2005-2006-yillarda xorijiy mamlakat-lar, birinchi galda Rossiya Federatsiyasi bilan harbiy-texnik hamkor-lik sohasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Qo'shinlarimizning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, harbiy xizmatchilar va ular oila a'zolarining moddiy, ijtimoiymaishiy sharoitlarini yaxshilash masalasi ham doimiy e'tiborimiz markazida bo'lib kelmoqda. Ana shu yuksak vazifadan kelib chiqib Prezident, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo'mondoni I. Karimov bu sohada ishning zarur bo'lgan masalalari haqida batafsil gapirdi: - Biz bugun g'oyat murakkab va notinch zamonda yashamoq-damiz. Markaziy Osiyo mintaqasida hali-beri saqlanib qolayotgan qaltis vaziyat, butun dunyoda davom etayotgan nizo va qarama-qarshiliklar, tobora ko'lami kengayib borayotgan terrorizm, ekstre-mizm va narkoagressiya xavfi jiddiy tashvish uyg'otmasdan qolmay-di, albatta. Bularning barchasi shu muqaddas zaminda yashayotgan, mamla-katimiz taqdiri va kelajagi uchun befarq bo'lmagan har bir insondan doimo hushyor va ogoh bo'lishni, Qurolli Kuchlarimizning jangovar tayyorgarligini mustahkamlashni, davlatimiz sarhadlarini qo'riqlash va himoyalashni kuchaytirishni, buning uchun mavjud bo'lgan bar-cha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar qilishni taqozo etadi, dedi va quyidagi vazifalarni belgilab berdi; birinchidan, xavfsizlikka qarshi qaratilgan zamonaviy tahdid va xatarlarni tahlil qilish bo'yicha boshlangan tizimli ishlarimizni da-vom ettirish va chuqurlashtirish, mavjud xatarlaraing yaqin va uzoq muddatlarda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan oqibatlarini aniqlash, Qurolli Kuchlarimizning mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligiga nisbatan bar qanday tahdidlarga munosib va samarali tarzda qarshi tura olish imkoniyatlarini baholashga tanqidiy nuqtayi nazardan yondashish; ikkinchidan, qo'shinlarning zamonaviy qurol-yarog' va texni-ka, o'ta aniq ishlaydigan qurollar, boshqaruv va aloqaning elektron, kompyuterli tizimlari bilan, shuningdek, ishonchli anjom-aslaha va shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlanishini yanada yuksaltirish, pirovard natijada birlashma va qismlar, birinchi galda terrorizmga qarshi bo'linmalarning ta'minot darajasini, jangovar tayyorgarligi, harakatchanligi va tezkorligini oshirishga alohida e'tibor qaratish; uchinchidan, shaxsiy tarkibning o'quv-jangovar va mashq tayyorgarligi tizimining samaradorligini kuchaytirish, harbiy xizmat-chilarning yuksak intizomini ta'minlash, ularga ishonib topshirilgan zamonaviy qurollar va texnikadan mohirona foydalanish bo'yicha amaliy ko'nikmalarni takomillashtirish. Harbiy xizmatchilarning shaxsiy va guruh tarkibidagi tayyorgarlik darajasi, intellektual sa-lohiyatini oshirishni ta'minlaydigan modellashtirish, simulatsiya va harbiy ta'limning boshqa zamonaviy usullarini keng joriy etish lo-zim. Barcha bo'g'indagi komandirlarning eng muhim vazifasi - ar-miyadagi tarbiyaviy ishlarni yanada takomillashtirish, har qaysi harbiy xizmatchi ongida mamlakatimiz taqdiri uchun chuqur mas'uliyat tuyg'usini mustahkamlash, ularda yuksak ma'naviy va axloqiy fa-zilatlarni tarbiyalash, faol hayotiy pozitsiyani shakllantirish, vatan-parvarlik hissiyotini kuchaytirishdan iborat ekanini yaxshi anglab olishimiz zarur. Harbiy tayyorgarlik darajasi va harbiy xizmatchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar sifatini oshirishda har yili o'tkaziladigan va an'anaga aylanib qolgan «Eng yaxshi serjant», «Eng yaxshi guruh komandiri», «Eng yaxshi vzvod komandiri», «Eng yaxshi batalyon komandiri» kabi yo'nalishlar bo'yicha tanlovlar, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan izchil islohotlar, iqtisodiy-ijtimoiy sohalarning jadal rivoji, ulkan bunyodkorlik ishlari samarasi o‘laroq shaharu qishloqlarimiz butkul yangilanib, obodlikka yuz tutdi. Xalqimiz turmush farovonligi yuksaldi. Binobarin, mustaqil O‘zbekistonimiz o‘zining taraqqiyot strategiyasida inson va uning manfaatlari ustivorligidan kelib chiqib, birinchi navbatda, fuqarolarimiz muhofazasini, ularning tinchlik, omonlikda munosib hayot kechirishdek oliy huquqini yuksak darajada ta’minlamoqda. Xususan, o‘tgan chorak asrda yurtimiz aholisini va hududlarini tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza etishga yo‘naltirilgan tizim qayta isloh qilindi, bosqichma-bosqich takomillashtirildi.
Bugungi kunda barcha jabhada erishayotgan zalvorli yutuqlarimiz qatorida, fuqaro muhofazasi sohasidagi ilg‘or yondashuv xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilayotgani bejiz emas. Uning zamirida chuqur o‘ylangan islohotlar, tizim moddiy-texnika ta’minotini zamonaviy ilm-fan yutuqlariga hamohang ravishda rivojlantirishga, pirovardida aholi hayoti va salomatligini asrashga berilayotgan yuksak e’tibor hamda g‘amxo‘rlik mujassamdir.
Yer yuzida kuzatilayotgan global iqlim o‘zgarishlari, insoniyatning tabiatga salbiy ta’siri oqibatida ko‘payib borayotgan ekologik muammolar, ba’zi mintaqalardagi epidemiologik beqarorlik har bir davlat oldiga fuqarolar muhofazasiga doir muhim vazifalarni qo‘ymoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi yigirma yil ichida dunyoda favqulodda vaziyatlar tufayli 600 ming nafardan ziyod kishi halok bo‘lgan. Tabiiy ofat, texnogen va ekologik xususiyatli talafotlardan jabr ko‘rgan hamda boshpanasiz qolgan insonlar esa 4 milliarddan ortiqni tashkil etadi.
Mamlakatimizda o‘tgan yillarda fuqarolarni ehtimoliy favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha ishonchli milliy tizimni yaratish yo‘lida salmoqli ishlar amalga oshirilgani yuksak natijalarini bermoqda. Shu o‘rinda istiqlolning ilk kunlaridanoq respublikamizdagi Fuqaro mudofaasi shtabi va uning joylardagi bo‘linmalari qayta ko‘rib chiqilib, fuqaro muhofazasi tizimiga aylantirilganini ta’kidlash joiz. Dastlab mazkur tizim O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tarkibida Fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi sifatida faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, davlatimiz rahbarining 1996 yil 4 martdagi Farmoniga binoan, ushbu boshqarma negizida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil qilingani soha rivojida yangi sahifani ochdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etilganining o‘n besh yilligi munosabati bilan Prezidentimizning soha xodimlariga yo‘llagan tabrigida ta’kidlanganidek, yurtimizda hamda ilg‘or xorijiy mamlakatlarda to‘plangan ko‘p yillik tajribaga tayangan holda, fuqaro mudofaasi qurilishi bo‘yicha o‘z umrini o‘tab bo‘lgan eskicha yondashuv va qoliplardan tubdan farq qiladigan, har tomonlama puxta o‘ylangan, zamonaviy kompleks dastur asosida mutlaqo yangi, favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish hamda harakat qilish davlat tizimi va uning muvofiqlashtiruvchi organi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda milliy xavfsizlikning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan mazkur tizim qirqdan ortiq turli vazirlik hamda idoralarni qamrab olgan.
O‘tgan yigirma yil mobaynida vazirlik tomonidan aholi hayoti va salomatligini saqlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda oqibatlarini bartaraf etish borasida davlat siyosatini yuritish, fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilish, vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat organlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida aniq, keng ko‘lamli vazifalar izchil ro‘yobga chiqarildi va bu jarayon barqarorlik kasb etmoqda. Albatta, shu vaqt ichida fuqaro muhofazasi sohasidagi qonunchilikning takomillashtirilgani mazkur yo‘nalishdagi ishlarga zamin yaratayapti. Jumladan, “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi, “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risida”gi kabi qator qonunlar amaliyotga tatbiq qilinib, favqulodda vaziyatlarning oldini olish bilan bog‘liq masalalarni, shuningdek, qutqaruv xizmatlari hamda qutqaruvchilar faoliyatini tartibga soladigan zarur me’yoriy-huquqiy baza shakllantirildi.
Bularga mos ravishda, tizimning moddiy-texnika ta’minoti butunlay yangilangani yana bir e’tiborli jihatdir. Yurtimiz va mintaqalarimiz darajasida tashkil etilgan harakatchan avariya-qutqaruv, suvda-qutqaruv, radiatsion-kimyoviy va biologik muhofaza guruhlari barcha turdagi xavfli tabiiy hodisalar hamda texnogen halokatlar, transchegaraviy ko‘rinishdagi favqulodda vaziyatlarga qarshi chora-tadbirlarni tezkor va samarali amalga oshirishi uchun eng ilg‘or qutqaruv uskunalari “Holmatro”, “Scubapro” qutqaruv uskunalari, maxsus transport hamda texnikalar bilan ta’minlandi. Qutqaruv avtomashinalari jahon standartlariga javob beruvchi transport vositalariga almashtirildi.
Quvonarlisi, bugungi kunda tizimda foydalanilayotgan maxsus tezkor avariya-qutqaruv transportlarining qariyb 60 foizi Samarqand, Andijon va Xorazmda ishlab chiqarilgan “Isuzu”, “MAN”, “Damas” avtomobillaridan tashkil topgan. Maxsus jihozlangan bunday mashinalar Favqulodda vaziyatlar vazirligi buyurtmasi asosida ilk marotaba 2011 yilda sinov tariqasida ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan vaqt mobaynida milliy avtomobilsozlik sanoati mahsulotlari barcha standartlarga javob berishi hamda har tomonlama qulayligini namoyon qildi. Darvoqe, mazkur qutqaruv avtomashinalarimizga dunyo miqyosida qiziqish ortib bormoqda. Ko‘plab halqaro tashkilotlar, Markaziy Osiyo hamda Evropa davlatlarining O‘zbekiston qutqaruv-transport vositalarini xarid qilish uchun shartnomalar imzolayotgani hamda ulardan andoza olish taklifini bildirayotgani buning yaqqol isbotidir.
Darhaqiqat, mustaqillik yillarida mamlakatimiz qutqaruv xizmati ham son, ham sifat jihatdan mustahkamlandi. Qutqaruvchilar safiga malakali sportchilar, dovyurak, shijoatli yoshlar jalb qilindi. Mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish hisobiga Tez harakat qilish respublika ko‘p tarmoqli markazi, Chirchiq shahrida maxsus qidiruv-qutqaruv qismi, "Qamchiq" dovoni qidiruv-qutaruv otryadi tashkil qilindi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridagi avariya-qutqaruv guruhlari kengaytirildi. Barcha bo‘linmadagi shart-sharoit yangilandi. Kinologiya, suvda qutqarish xizmatlari, respublika g‘avvoslar maktabi ochildi. Maxsus o‘quv minoralari va sport trenajyorlari yaratildi.
O‘tgan davrda avariya-qutqaruv otryadlari tomonidan aholiga yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘n mingdan ortiq chiqishlar amalga oshirilib, mingdan ziyod fuqarolar hayoti va sog‘ligiga xavf solgan tahdidlarning oldi olindi.
Aytish kerakki, fuqaro muhofazasi sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, shu bilan bir qatorda, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda aholini tez va to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish tizimini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarga ham jiddiy yondashildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining Fuqaro muhofazasi institutida 30 mingga yaqin, Qutqaruvchilarni tayyorlash hamda malakasini oshirish markazida qariyb ming nafar, hududiy Aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlarida esa 661 ming nafardan ortiq tinglovchilar soha yo‘nalishlari bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarida o‘qitildi. Qolaversa, korxonalar, tashkilotlar, ta’lim muassasalarida, mahallalarda 500 mingga yaqin fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, tabiiy hamda texnogen ofatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.
Vazirlikning hududiy boshqarmalari qoshidagi qayta tayyorlov markazlari tomonidan ishlab chiqarishda xavfli kimyoviy moddalar, yong‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan iqtisodiy ob’yektlar atrofidagi mahallalarda istiqomat qiluvchi aholi o‘rtasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar tasnifi, ana shunday vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish mavzularida doimiy o‘quv-mashg‘ulotlar o‘tkazib kelinayotir. Shuningdek, favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi xizmatlarning kuch hamda vositalari va qutqaruv tuzilmalarining professional mahoratini oshirish uchun tegishli tartibda qo‘mondonlik-shtab hamda maxsus-taktik o‘quv mashqlari tashkil etilmoqda. Oxirgi besh yilning o‘zida viloyatlarda 177 ta qo‘mondonlik-shtab, respublikamizdagi yirik iqtisodiyot ob’ektlarida 3 ming 200 dan ortiq maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.
Chindan ham, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini yengillashtirish aholi keng qatlamining tayyorgarlik darajasi bilan uzviy bog‘liq. Shu ma’noda, yurtimizdagi maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilar bilan favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga o‘rgatuvchi o‘yin tarzidagi mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgani, umumta’lim maktablarida “Hayot xavfsizligi”, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida “Hayot xavfsizligi asoslari” kurslari o‘quv dasturlariga kiritilgani maqsadga muvofiqdir.
Bundan tashqari, o‘tgan yillar mobaynida vazirlikning hududiy boshqarmalari, “O‘zgidromet” markazi, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi hamda mahalliy hokimliklar xodimlari bilan hamkorlikda respublikamizdagi suv toshqinlari, sel oqimlari va ko‘chki xavfi mavjud hududlar o‘rganib chiqildi. Xavfli hududlardagi vaziyatni nazorat qilish maqsadida, respublika bo‘yicha nazorat-kuzatuv postlari tashkil etilib, ular zarur aloqa vositalari bilan ta’minlandi. Shuning barobarida, yurtimiz hududidan oqib o‘tuvchi daryolarning zaif qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlari ham izchil olib borildi. Bunga Toshkent viloyati Ohangaron tumani, Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanidagi Qoradaryo, Namangan viloyatidagi Sirdaryo hamda Norin daryolarining, Surxondaryo viloyatining Termiz porti qirg‘oqlarida mustahkam himoya dambalari barpo qilinganini misol sifatida keltirish mumkin.
2010-2015 yillarning o‘zida mahalliy davlat organlari balansida bo‘lgan daryo va soylarning qirg‘oqlarini mahkamlash maqsadida katta hajmli ishlar bajarildi. Aholi xonadonlari, ekin maydonlari hamda boshqa ijtimoiy ob’yektlarni muhofaza etish imkoniyatlari tiklandi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, fuqaro muhofazasi tizimining rivojlanishi natijasida ko‘plab talafotlarning oldi olinib, yuzlab insonlarni xavf-xatardan asrashga erishilmoqda. Buning dalili sifatida 2012 yil 18-19 fevral kunlari Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida yuz bergan favqulodda vaziyatni yodga olaylik. O‘shanda ko‘p yog‘ingarchilik sababli qir-adirliklardagi qorlarning tez erishi oqibatida yuzaga kelgan sel oqimi Qorasaroy soyining toshishiga sabab bo‘lib, tumandagi Juma, Qorizquduq, Oqtosh va O‘rta qishloqlarining soy bo‘yida joylashgan aholi uy-joylari va ekin maydonlariga jiddiy zarar yetkazgan edi. Muhimi, o‘z vaqtida ko‘rilgan tezkor sa’y-harakatlar natijasida odamlar hayoti saqlab qolindi. Mahalliy aholi xavfsiz hududlarga ko‘chirilib, ularning turmush faoliyati uchun zarur barcha shart-sharoit yaratib berildi.
Ma’lumki, mamlakat iqtisodiy yuksalishini yo‘llarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. “Toshkent – O‘sh” avtomobil yo‘nalishdagi “Qamchiq” dovoni esa Buyuk ipak yo‘lining asosiy “qon tomir”laridan biri sanaladi. Mazkur dovon respublikamizni xorij mamlakatlari bilan bog‘labgina qolmay, muhim siyosiy-iqtisodiy va strategik ahamiyatga ham egadir.
Bu dovon yo‘li yil davomida serqatnov bo‘lib, yoz kunlari avtomagistral yo‘nalishi bo‘ylab bir kecha-kunduzda o‘n besh mingtadan yigirma besh minggacha turli rusumdagi transport vositalari qatnovi kuzatiladi. Qish mavsumida ushbu hududda oppoq qorli tog‘lar cho‘qqisidan quyoshning zarrin nur sochib turganini ko‘rsangiz, zum o‘tmay, quyoshli lahzalar qahraton izg‘iringa, qor bo‘roniga aylanishi mumkin. Natijada yo‘llarning qor bilan qoplanishi, ulkan qoyalar ustidan qor ko‘chkilarining o‘pirilib tushishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga keladi. Shu nuqtai nazardan, vazirlik tomonidan ehtimoliy favqulodda vaziyatlarda fuqarolarga zarur ko‘mak berish maqsadida dovonning eng baland qismi (“Toshkent – O‘sh” yo‘lining 173 kilommetri)da «Qamchiq» qidiruv-qutqaruv otryadi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Tog‘liklar yonbag‘rida Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi vazirlik hamda idoralardan tuzilgan mexanizatsiyalashgan guruhlar kechayu kunduz ish olib bormoqdalar. Bu erda
2014 yili “Idoralararo birlashgan shtab” binosi foydalanishga topshirilib, dovon orqali avtomobillar va yo‘lovchilarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash chora-tadbirlariga e’tibor yanada kuchaytirildi.
So‘z fuqaro muhofazasi samaradorligini oshirish haqida borar ekan, bu borada eng zamonaviy uslublar hayotga tatbiq qilinayotganini e’tirof etmoq kerak. Xususan, vazirlikning Fuqaro muhofazasi institutida zilzilani simulyasiya qilish majmuasining ishga tushirilishi tizimning katta muvaffaqiyatlardan biri bo‘ldi.
Ahamiyatlisi shundaki, o‘quv sinflaridan tashqari, zilzila tarixi muzeyi, namoyishlar zali, tibbiyot hamda relaksatsiya xonalarini va eng asosiysi, sun’iy ravishda 9 ballgacha bo‘lgan zilzila tebranishlarini hosil etuvchi uskunani o‘z ichiga olgan bunday majmua Markaziy Osiyoda yagona bo‘lib, dunyoda sanoqli davlatlardagina mavjud, xolos.
Qutqaruv tizimining tarkibini sifat jihatidan yanada yaxshilash, profilaktika ishlarini takomillashtirish jarayonida xalqaro hamkorlikning roli hamda ahamiyati beqiyos. Shunga ko‘ra, mamlakatimizda fuqaro muhofazasi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga e’tibor oshib borayotgani ayni muddao bo‘layotir. Jumladan, hozirgi kunga qadar ellikdan ziyod xodimlarimiz turli davlatlarda o‘tgan xalqaro seminarlar, o‘quv kurslari va anjumanlarda qatnashdilar. O‘zbekistonlik kinologlar Germaniyada puxta tayyorgarlikdan o‘tdilar.
Mamlakatimizda yosh avlodning ona-Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbati hamda sadoqatini mustahkamlash, ularni sog‘lom va barkamol qilib voyaga etkazish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ham bu boradagi sa’y-harakatlarga keng o‘rin ajratilayotir. Misol uchun, yurtimizdagi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus hamda kasb-hunar ta’limi muassasalarida “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari tashkil etilib, klublar o‘rtasida uch bosqichli musobaqalar yo‘lga qo‘yildi. Bunday tadbirlar yoshlarimizda ekstremal vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, nafaqat o‘zlarining, balki o‘zgalarning hayotini saqlab qolish uchun tezkor qaror chiqarish, mustaqil fikrlash, kerak bo‘lsa, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmasini rivojlantirish bilan birga, qutqaruv tuzilmalar zahirasini yaratish imkonini berayapti.
Bugun faxr bilan aytish mumkinki, O‘zbekistonda fuqaro muhofazasi sohasidagi ishlarning qamrovi ham, salmog‘i ham yil sayin yuksalmoqda. Ayniqsa, sohadagi kadrlar salohiyati oshib borayotgani diqqatga sazovor. Mardlik va matonat, o‘z ishining professional negizini chuqur bilish, tezkor harakatlanish hamda safarbarlik harbiy xizmatchilarimiz faoliyatining eng muhim mezoni va xususiyati bo‘lib qolmoqda.
Yurtboshimiz ta’kidlab o‘tganidek, o‘zgalar dardiga befarq odam hech qachon qutqaruvchi bo‘la olmaydi. Chunki qutqaruvchilik – bu oddiy kasb emas, balki insonlar hayotini saqlab qolish uchun o‘zini qurbon qilishga, jasorat ko‘rsatishga hamisha tayyor turish demakdir. Shunisi aniqki, davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri – aholi va hududlarni turli tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza etish samaradorligi mazkur soha xodimlaridan yanada mas’uliyat hamda fidoyilikni talab qiladi. Milliy taraqqiyotimizning muhim omili hisoblangan tinchlik va osoyishtalikni asrash nihoyatda dolzarb hamda asosiy vazifaga aylangan hozirgi murakkab zamonda buni chuqur his etib, fuqarolarimiz muhofazasi va ona-Vatanimiz ravnaqi yo‘lida xizmat qilishdek oliy burchimizni sharaf bilan ado etmog‘imiz shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |