Linux ОT tomonidan beriladigan imkoniyatlar
Ham ish joyida, ham uyda foydalanish uchun legal (ochiq) ravishda zamonaviy OSga ega bo’lish imkoniyatini beradi;
tez harakatlanish darajasiga ega;
mustahkam, barqaror, uzilishlarsiz ishlaydi;
viruslar ta’siridan xoli;
zamonaviy РKlаr imkoniyatlaridan to’la foydalanishga imkoniyat beradi hamda Dos va MS Windowslarga xos bo’igan kompyuterlar xotirasi va protsessorlar resurslaridan foydalanishdagi cheklanganlikni olib tashlaydi;
ko’p vazifalilik va ustuvorliklarni samarali boshqaradi, fanga oid vazifalar (uzoq hisoblash, modem orqali elektron pochtani jo’natish, disketlarni formatlash va h.k.) interaktiv ishlashga xalal bermaydi;
kompyuterni lokal va global tarmoqlarga, shu jumladan «Internet» ga oson integratsiya qilishga imkon beradi; Novell va MS Windows asosidagi tarmoqlar bilan ishlaydi;
Unix, MS Dos va MS Windowslarning turli versiyalardagi boshqa OTlarning to’ldirilgan formatda berilgan amaliy dasturlarini bajarish imkoniyatini beradi;
Unix dunyosida jamlangan va dastlabki matnlar bilan birga ochiq tarqatilayotgan juda ko’p sonli turli dasturiy paketiardan foydalanishga imkon yaratadi;
Linux hamda boshqa OT da ishlashga yaroqli, obyektga oriyentirlashtirilgan, ko’p darchali matnli yoki grafik interfeysli kliyent-server klassidagi sistemani ham kiritgan holda istalgan darajadagi murakkab amaliy dasturlarni ishlab chiqish uchun instrumental vositalarning boy to’plami bilan ta’minlaydi;
foydalanuvchiga va, ayniqsa, ishlab chiquvchiga barcha komponentlarning, OT yadrosini ham qo’shgan holda, boy hujjatlar va dastlabki matnlar ko’rinishida ajoyib o’quv bazasini beradi;
barcha xohlovchilarga ishlab chiqishda o’z kuchini sinab ko’rishga, Linux OT chiquvchilarining istalgani bilan Internet orqali muloqot qilish va birgalikda ishlash hamda ushbu sistemaga hammuallif bo’lib o’z hissasini qo’shishga imkon beradi.
Linux OT kimga va nima uchun kerak bo’ladi? Ko’p toifadagi foydalanuvchilar turli sabablarga ko’ra Linux ni qo’llashdan manfaatdor bo’lishlari mumkin.
Linux — to’laqonli 32- razryadli (64-razryadlisi DEC AXP platformasida bo’ladi) operatsion sistema bo’lib, kompyuterni to’la quvvat bilan ishlatadi. Linux IBM PS shaxsiy kompyuterni haqiqiy ishchi stansiyaga aylantiradi. Shaxsiy kompyuterning narxi ishchi stansiya narxidan juda past turadi.
Bu yerda narx bo’yicha yutuq juda katta, chunki asbob-uskunalar bo’yicha tejamkorlikdan tashqari, Linux ning dasturiy ta’minoti ochiq litsenziya bilan beriladi va u sistemadan bepul nusxa olishni cheklamaydi. Yadro, muharrirlar, translyatorlar, SUBD, tarmoq, grafik interfeyslar, o’yinlar va boshqa ko’plab dasturlar ta’minoti minglab megabayt hajmda bepul va qonuniy asosda beriladi.
Qaroqchilik bozorida dasturlar uchun haq to’lamaslik odatiy ish bo’lib qolgan. Ammo Linux butunlay boshqacha, undan foydalanuvchilarni hech kim ta’qib qilmaydi, buning ustiga hujjatlarni to’la berishadi. Yana shunisi ham borki, barcha dasturlarning dastlabki matnlari ham beriladi. Bu qaroqchilarning tushlariga ham kirmagan.
Linux foydalanuvchilar va amaliy sistemani ishlab chiquvchilarda katta qiziqish uyg’otadi. O’zingiz bir faraz qilib ko’ring, bir necha shoxobchalardan iborat firma hududiy jihatdan shaharning turli tumanlarida va, hattoki, boshqa shahar va mamlakatlarda joylashgan. Asosiy korxonada ma’lumotlar bazasi serveri ishlab turibdi, mijozlar — shoxobchalarda ish joylari — tarmoq orqali server bilan o’zaro aloqa qilib turibdilar. Bunday sistema Linux da tez, arzon va qulay amalga oshirilmoqda. Linux ning barqarorligini yodga oling. Mana shu yerda u juda qo’l keladi!
Do'stlaringiz bilan baham: |