2-VARIANT
1.Markaziy bankning monetar siyosati va uning ahamiyatini
tushuntiring.
2.Markaziy bankning aktiv operatsiyalariga nimalar kiradi.
3.Bugungi kunda tijorat banklarini tashkil qilish qaysi Nizom
asosida olib borilad va unda qanday tushunchalardan
foydalanilgan?
4.Mamlakatimiz bank tizimini tashkil topish bosqichlarini sanab
bering.
1.
Markaziy bankning monetar siyosati muomaladagi pul massasi
hajmimi tartibga soladi. Bu jarayonda iqtisodiyotda pul taklifining
ko‘rsatkichlari muhim omil bo‘ladi. Pul taklifi
– bu naqd va naqdsiz
ko‘rinishdagi pul mablag‘larining muomlada paydo bo‘lishi bo‘lib,
pulning to‘lov vositasi va muomala funksiyalari bilan bog‘liq.
Markaziy bankning monetar siyosatni amalga oshirish va
faoliyatini tashkil etishda mustaqilligining ta’minlanishi
mamlakatda bozor iqtisodiyotining muvaffaqiyatli rivojlanishi va
milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash, shuningdek aholi va
mijozlarning bank tizimiga bo‘lgan ishonchning mustahkamlashda
muhim hisoblanadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda ushbu siyosat bo’yicha lo’plab
ishlar olib borilmoqda. Jumladan: 2017 yil 13 sentyabrda
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining PQ-3272-sonli
“Pul-kredit
siyosatini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”
gi
qarori qabul qilindi. Qarorda mamlakati
mizda Markaziy bankning monetar siyosatini yanada takomillash
tirish borasida quyidagi vazifalar belgilab qo‘yilgan:
-O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ichki narxlarning
barqarorligini ta’minlashda o‘rta muddatli istiqbolda pul kredit
siyosati maqsadlariga erishish prinsip va mexanizmlarini xorijiy
markaziy banklari tomonidan qo‘llaniladigan inflyatsiyaviy
targetlash rejimiga o‘tish;
-O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yilning 1
martigacha rivojlantirish va pul-kredit siyosatini amalga
oshirishning
o‘rta muddatli konsepsiyasini hamda 2018 — 2021-yillarda
Konsepsiyani amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasini» ishlab
chiqish va tasdiqlash;
-Umumiqtisodiy, soliq-byudjet va pul-kredit siyosatini muvo
fiqlashtirish amaliyotini takomillashtirish, bunda iqtisodiy o‘sish,
davlat byudjetining balanslashganligi va iqtisodiyotdagi narxlar
darajasining barqarorligi bo‘yicha o‘zaro harakatlar va
maqsadlarning kelishilganligini ta’minlashga alohida e’tibor
qaratish;
-likvidlikni ta’minlash va jalb qilish operatsiyalari bo‘yicha pul-
kredit siyosatining samarali qo‘llaniladigan foiz instrumentlari
turlarini kengaytirish;
-tijorat banklari tomonidan foiz stavkalarini shakllantirishda,
shu jumladan, kreditlar bo‘yicha bozor mexanizmlarini keng joriy
etish;
- ilg‘or xorijiy tajribaga muvofiq makroiqtisodiy tahlil va
prognozlashni takomillashtirish;
-olib borilayotgan pul-kredit siyosatining, jumladan amalga
oshirilayotgan siyosatda qo‘llanilayotgan instrumentlar va yakuniy
maqsadlar to‘g‘risida axborot yetkazib berish yo‘li bilan, shaffoflik
va oldindan bashorat qilish imkoniyatini oshirish.
Qarorda ko‘rsatilgan vazifalar ijrosini ta’minlanishi kelgusida
mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni yanada
mustahkamlash, Markaziy bank pul-kredit siyosatini yanada
takomillashishida muhim ahamiyat kasb etadi.
2.
Mobilizatsiyalashgan pul mablag’larini banklar mijozlarni
kreditlash uchun va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni
qo’llab-quvvatlash uchun foydalaniladi. Daromad olish maqsadida
bank resurslarini joylashtirish bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalar
banklarning aktiv operatsiyalari deyiladi. Bankning aktiv
operatsiyalarida asosiy o’rinni ularning kredit yoki ssuda
operatsiyalari egallaydi.
Veksellarni qayd qilish deganda bank tomonidan ularni to’lash
muddati tugagunga qadar veksellarni sotib olishni tushuniladi.
O’z navbatida bank, agarda mablag’lar bilan ta’minlanganlikda
qiyinchilik sezayotgan bo’lsa, Markaziy bankning hududiy
boshqarmalarida berilgan veksellarni qayta hisobdan o’tkazishi
mumkin. Vekselni hisobga olib. bank uning vaqtinchalik egasi
bo’ladi va vekselni emitent qilgan yoki uni hisobga olish uchun
taqdim qilgan shaxsga ma’lum miqdorda pul to’laydi. Bu
operatsiya uchun bank mijozdan qayd etish foizi yoki diskont deb
ataluvchi ma’lum foiz undiradi. Diskont - bu vekselda ko’rsatilgan
summa bilan veksel egasiga to’lanadigan summa o’rtasidagi
farqdir. Ba’zi davlatlarda banklar o’zlarida alohida mijozlarning
kreditlash qobiliyatini o’rganuvchi ayrim korxona va shaxslar
veksel hisobi limitini o’rnatuvchi hisob bo’yicha qo’mitalarni
tashkil etadilar.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1998 yil 9
noyabrda tasdiqlangan 242-sonli "Aktivlar sifatini tasniflash,
mumkin bo’lgan yo’qotishlar bo’yicha tijorat banklari tomonidan
rezervlar tashkil qilish va undan foydalanish qoidasi"ga asosan
tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlar yuqorida
keltirilgan mezonlar bo’yicha "yaxshi", "standart", " substandard',
"shuxbali", "umidsiz" yoki "ishonchsiz" kreditlarga tasniflanadi.
3.
O‘zbekistonda tijorat banklari faoliyatiga litsenziya berish,
ularning faoliyatini nazorat qilish va to‘xtatish Markaziy bank
zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, tijorat banklarini tashkil etishda
asosiy omillardan biri ularning ustav kapitaliga qo‘yilgan talab
hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, mamlakatimiz tijorat banklari
kapitalining minimal miqdoriga qo‘yilgan talab doimiy ravishda
oshib bormoqda.
Tijorat banklari kapitalining minimal miqdoriga qo‘yilgan talab
2007 yil 31 dekabrgacha AQSh dollari ekvivalentida amalga
oshirilgan bo‘lsa, 2008 yil 1 yanvardan boshlab evro ekvivalentida
va 2017 yil 1 oktyabrdan so‘mda jamg‘arilishi joriy etildi.
Ta’kidlash joizki, tijorat banklari o‘z faoliyatini dastlab
boshlayotgan davrda kapitalning minimal miqdorini
shakllantirilishi zarur bo‘ladi. Tijorat banklari Markaziy bankdan
litsenziya olib, faoliyatini boshlagandan so‘ng esa kapitalning
ushbu minimal miqdorini doimiy ravishda oshirib borishlari lozim
bo‘ladi, kapitalni oshirishning asosiy mezoni sifatida ularning
riskka tortilgan aktivlari hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida
tijorat banklari aksiyador mulkchilik shaklida tashkil etiladi. Bu
borada 1998 yil 2 oktyabrda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik – tijorat banklari
faoliyatini takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni
qabul qilindi. Ushbu farmonga ko‘ra, tijorat banklarini
boshqarishda aksiyadorlarning va bank Kengashlarining roli
oshirildi. Quyidagi rasmda tijorat banklari tashkiliy tuzilishining
namunaviy ko‘rinishi keltirilgan. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi
bankning oliy boshqaruv organi hisoblanadi. Aksiyadorlar umumiy
yig‘ilishining mutloq vakolatiga kiruvchi masalalar bank Kengashi
yoki Boshqaruviga topshirilmaydi. Bank Kengashining miqdoriy
tarkibi ustav yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra
belgilanadi. Aksiyadorlar soni 500 gacha bo‘lgan ochiq turdagi
aksiyadorlik jamiyati shaklidagi banklarning bank Kengashi
miqdoriy tarkibi kamida besh a’zodan, 501 dan 1000 gacha
bo‘lgan banklarda kamida etti a’zodan va 1000 dan ortiq bo‘lgan
banklarda kamida 9 a’zodan iborat bo‘lishi lozim. Yopiq turdagi
aksiyadorlik jamiyati shaklidagi banklarning bank
Kengashi a’zolari umumiy soni aksiyadorlar sonidan qat’i nazar
beshtadan kam bo‘lmasligi kerak. Tijorat banklarini tashkil qilish
2009 yil 8 oktyabrda qabul
qilingan “Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash
tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida olib boriladi.
4.
Avvalo bank tizimi haqida so’z yurutadigan bo’lsak bank tizimi
bu ma’lum davrda shakllangan tegishli hujjatlar asosida
mamlakatda pul-kredit siyosatini olib borish va tartibga solib
boradi.
O‘zbekistonda ham bank tizimi ikki pog‘onadan iborat bo‘lib,
ularning faoliyati tegishli qonun hujjatlari asosida tartibga
solinadi. Ikki pog‘onali bank tizimida banklar – emission bank
(Markaziy bank) va emission bo‘lmagan (tijorat banklari, kredit
uyushmalari, mikrokredit tashkilotlar, lombardlar) banklardan
tashkil topadi.
O‘zbekistonda ikki pog‘onali bank tizimining shakllanishi 1987 –
1990 yillarda, sobiq Davlat bankini isloh qilish davriga to‘g‘ri
keladi. O‘sha davrda asosiy e’tibor monopol emission bank
hisoblangan Davlat bankining tashkiliy tuzilmasini keskin
o‘zgartirish orqali, iqtisodiyotni rivojlantirish va mijozlar bilan
ishlaydigan ixtisoslashgan banklarni tashkil etishga qaratildi. Bank
tizimida mustaqillikgacha bo‘lgan davrda amalga oshirilgan
islohatlarning asosiy konsepsiyasi sifatida quyidagilarni keltirish
mumkin:
- ikki pog‘onali bank tizimini tashkil etish;
-davlatning ixtisoslashgan banklarini xo‘jalik hisobi va o‘zini
o‘zi moliyalashtirishga o‘tkazish;
-xo‘jalik yurituvchi subyektlarga yangi bank xizmatlarini taklif
etish, zamonaviy hisob – kitob shakllarini va kredit
munosabatlarini amaliyotga joriy etish masalalari shular
jumlasidandir. O‘zbekiston 1991 yilda mustaqillikka erishgandan
so‘ng, mamlakatda xalqaro bank amaliyotidagi kabi haqiqiy ikki
pog‘onali bank
tizimi tashkil topishi yo‘lida qat’iy qadamlar qo‘yildi. «1991 yilning
o‘zidayoq «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida» gi qonun qabul
qilindi. Ushbu qonunga ko‘ra, eski Davlat bankining respublika
idorasi bazasida mustaqil O‘zbekistonning Markaziy banki tashkil
etildi va unga respublika davlat, emission va rezerv banki mavqie
berildi» O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mustaqillikning
dastlabki yilarida o‘z faoliyatini “Banklar va bank faoliyati
to‘g‘risida”gi Qonun asosida amaga oshirdi. Shuni alohida
ta’kidlash joizki, etmish yildan ortiq markazdan rejalashtirish
sharoitida faoliyat yuritib kelgan bank tizimining maqsadi,
majburiyati, vazifalari va ishlash tartibi yangidan tashkil etilgan
ikki pog‘onali bank tiziminikidan tubdan farq qilar edi. Shu jihtdan
ham uning bazasida tashkil etilgan bank tizimi oldida juda katta
va mas’uliyatli vazifalar turar edi. Xususan, mamlakatda iqtisodiy
jarayonlarni to‘xtatmagan holda bozor iqtisodiyoti sharoitiga
asoslangan kredit muassasalari tizimini tashkil etish, muomalaga
milliy valyutani joriy etish, sobiq ittifoq respublikalari bilan uzoq
yillardan beri davom etib kelgan hisob – kitoblarni amalga oshirish
va boshqa qator vazifalar shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |