2.Auditni rejalashtirishning asosiy tamoyillari.92-b
3.Masala. Majburiy auditorlik tekshiruvi. 24-variant 1.Auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organlar. 1-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining auditorlik faoliyati sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
auditorlik faoliyati sohasidagi davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun auditning xalqaro standartlarini tan olish tartibini belgilaydi;
auditorning malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihoni o‘tkazish tartibini belgilaydi;
auditorlik tashkilotining ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi auditorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Vakolatli davlat organi:
auditorlik faoliyati sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi;
auditorlik faoliyati sohasidagi xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini ifodalaydi;
o‘z vakolatlari doirasida auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
malaka komissiyasining ish tartibi va reglamentini belgilaydi;
auditorlarning respublika jamoat birlashmalari ishtirokida malaka imtihonini o‘tkazadi;
auditorning malaka sertifikatini beradi, qayta rasmiylashtiradi, uning amal qilish muddatini uzaytiradi va uning amal qilishini tugatadi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan sertifikat mustasno;
auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda auditorlar malakasini oshirishning namunaviy dasturini tasdiqlaydi;
Auditorlik tashkilotlarining reyestrini va Auditorlar reyestrini yuritadi;
auditorlik tashkilotlari va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan elektron tarzda hamkorlik qilish uchun mo‘ljallangan “Audit” dasturiy majmuining axborot tizimi takomillashtirilishini ta’minlaydi;
auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda auditorlik tashkilotlarining ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazadi;
auditorlik xizmatlari rivojlanishini tahlil qilishni amalga oshiradi.
13-modda. Vakolatli davlat organi faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash
Vakolatli davlat organi o‘z faoliyatini ochiq va shaffof, boshqa davlat organlari, tashkilotlar hamda fuqarolar, shuningdek ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytiga quyidagilar joylashtiriladi:
auditorlik faoliyatining standartlari;
Auditorlik tashkilotlarining reyestri hamda xalqaro auditorlik tashkilotining yoki xalqaro assotsiatsiyalarning a’zolari bo‘lgan auditorlik tashkilotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
malaka imtihonini topshirishiga ruxsat berilgan, shuningdek xalqaro buxgalter sertifikatiga yoki kamida o‘n yillik uzluksiz auditorlik ish stajiga ega bo‘lgan talabgorlar ro‘yxati;
auditorning sertifikatning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
ushbu Qonun 44-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan Auditorlar reyestridan ma’lumotlar;
malaka imtihonini topshirish, auditorning malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish hamda uning dublikatini berish uchun taqdim etiladigan hujjatlarning ro‘yxati va arizalarning namunalari;
auditorning malaka sertifikati blankasining shakli;
auditorlar malakasini oshirishning namunaviy dasturi;
auditorlik tashkilotlarining ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazish tartibi;
majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazgan auditorlik tashkilotlarining ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazish natijalari;
auditorlik xizmatlarini rivojlantirish to‘g‘risidagi axborot.
Vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida qonunchilikka muvofiq boshqa axborot joylashtirilishi mumkin.
14-modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining auditorlik faoliyati sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘z vakolatlari doirasida:
Oldingi tahrirga qarang.
banklarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilaydi;
(14-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi O‘RQ-765-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
banklarning auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish huquqi uchun auditorning malaka sertifikatini berish tartibini belgilaydi va uni beradi;
banklarning auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish huquqi uchun auditorning malaka sertifikatiga ega bo‘lgan Auditorlarning reyestrini yuritadi va uni o‘z rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
Auditorlarni birlashtiradigan nodavlat notijorat tashkilotlari auditorlarning respublika jamoat birlashmalaridir.
Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari auditorlarning kasbiy darajasini rivojlantirishga va saqlab turishga, ularning kasbiy manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashishga da’vat etilgandir.
Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari:
malaka imtihonlarini o‘tkazishda va test savollarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
auditorlar va auditorlik tashkilotlari tomonidan Xalqaro buxgalterlar federatsiyasining Xalqaro odob-axloq standartlari bo‘yicha kengashi tomonidan e’lon qilingan Professional buxgalterning odob-axloq kodeksiga (bundan buyon matnda Professional buxgalterning odob-axloq kodeksi deb yuritiladi) rioya etilishining tizimli monitoringi tashkil etilishini ta’minlaydi;
auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar tayyorlaydi;
renking o‘tkazishning yagona tartibini belgilaydi;
renking o‘tkazilishini tashkil etadi va har yili 1-mayga qadar uning natijalarini o‘z rasmiy veb-saytlarida e’lon qiladi;
auditorlarning respublika jamoat birlashmalari a’zolarining reyestrlarini yuritadi va ularni o‘z rasmiy veb-saytlariga joylashtiradi;
zarurat bo‘lganda, buxgalteriya hisobi va audit bo‘yicha xalqaro tashkilotlarning ishida ishtirok etadi;
har yili 10-yanvarga qadar auditorlarning malaka oshirish kurslaridan o‘tganligi to‘g‘risidagi axborotni vakolatli davlat organiga taqdim etadi.