9.2017-yil holatiga ragulyativ kapitalning yetarliligi koeffitsiyenti qancha bo`lishi kerak? A.10% B.7% C.8% D.9.5% 10.Bank passiv operatsiyalariga qanday operatsiyalar kiradi? A.Lizing operatsiyalari B.Kredit operatsiylari C.Depozit opersatsiyalari D.Kassa operatsiyalari
4-Topshiriq.Mavzuga doir atama va birikmalarga izoh yozing: Qarz oluvchi – o‘ziga tegishli bo‘lmagan mablag‘ni vaqtincha ishlatib, uni belgilangan muddatda qaytarib berish va u bo‘yicha foiz to‘lash majburiyatini oluvchi tomondir.
Kreditlash obyekti – bu qarzga olingan summa va uning qaysi obyekt-tovar-moddiy boyliklar, xarajatlar va hokazolarga yo‘naltirilganligini anglatadibo‘yicha foiz to‘lash majburiyatini oluvchi tomondir.
Kreditlash subyekti- qarz oluvchi bo‘lib mulkchilik turidan qat’iy nazar, bank ishonchini qozongan, ma’lum moddiy va huquqiy kafolatlarga ega foiz to‘lash va kreditni o‘z vaqtida qaytarishga rozi bo‘lgan subyektlar bo‘lishi mumkin.
Kredit shartnomasi — bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi taraf — (qarz oluvchi)ga shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlarda pul mablag‘lari (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar to‘lash majburiyatini o’zida aks ettirgan hujjat. Kredit shartnomasi bank amaliyotida bank ssudasi (qarzi) shartnomasi deb ham yuritiladi.
Kreditning maqsadi - Tijorat banki uchun kreditning qanday maqsadlarga so‘ralayotganligi muhim hisoblanadi. Shartnomada kreditning qaysi maqsad uchun ishlatilishi ko‘rsatiladi va bu korxonalarning biznes rejasida o‘z aksini topishi lozim. Biznes rejada ko‘rsatilgan maqsad bo‘yicha kredit summasi o‘tkazilib beriladi va korxonaning keyingi faoliyati ham bank tomonidan kreditning shartnomada ko‘rsatilgan maqsadlarga yo‘naltirilishi nazorat qilib boriladi.
Kredit summasi- Kredit shartnomasida kreditning summasi mijozning garovga qo‘ygan mulkining 120 foizi miqdorida yoki kafolatlangan summa miqdorida belgilanib ko‘rsatiladi. Tijorat banki mijoz arizasida ko‘rsatilgan summani har tomonlama asoslab berishi kerak. Odatda, mijozlar o‘z imkoniyatlarini maksimal darajada baholab keladilar. Tijorat banklari kerakli hollarda kreditlanayotgan obyektni to‘la o‘rganib chiqish uchun mutaxassislarni jalb qilishi mumkin
Qimmatli qog`oz- o‘zi bilan bog‘liq mulkiy huquqlarni aks ettiradigan hujjatdir, u daromad manbayi bo‘lib xizmat qiladi, fond bozorida muomalada yuritilishi va oldi-sotdi vositasi bo‘lishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlar bozori kredit munosabatlari bilan birgalikda, o‘z qiymatiga ega bo‘lgan, sotish, sotib olish va to‘lovini amalga oshirish mumkin bo‘lgan maxsus hujjatlar (qimmatli qog‘ozlar)ga egalik qilish bilan ham bevosita bog‘liq