2-rasm
2. SCH – 04 rusumli separator – tozalagich.
Ushbu separator tozalagich paxta xom ashyosini mayda begona aralashmalardan tozalashda ishlatiladi. Tozalagichning asosiy ishchi organi bo‘lib, ramaga o‘rnatilgan 2 ta seksiyada joylashgan 8 ta qoziqchali barabanlar xizmat qiladi. Qoziqchali barabanlar ostida kolosnikli panjaralar o‘rnatilgan. 5 va 6 barabanlar ustida barabanlarni paxta xom ashyosi bilan ta’minlovchi kiritgich quvur (patrubok) o‘rnatilgan. 1-barabanga berilgan paxta baraban qoziqchalari yordamida titiladi va ajralib chiqqan begona aralashmalar kolosnikli panjara orqali pastga tushib ketadi. So‘ngra paxta keyingi barabanga uzatiladi va jarayon qaytariladi. Tozalangan paxta esa vakuum – klapan orqali texnologik jarayon sistemasidagi keyingi mashinaga uzatiladi.
SCH tozalagichi elektr yuritmasining boshqarish sxemasi 11.10 rasmda keltirilgan. Tozalagich elektr yuritmasi 3 ta motordan tashkil topgan: M1 va M2 - qoziqli barabanlarni harakatlantiradi (har birining quvvati Rn=5,5kvt,pn=16s-1),M3-vakuum klapan uchun(Rn=7,5kvt,pn=24,17-1). Boshqarish sxemasida ikki xil- qo‘l va avtomatik rejimda ishlash ko‘zda tutilgan. Qo‘l (Q) rejimi faqatgina mashina ta’mirlanishdan chiqqanda uni ishga tushurib ko‘rish va sozlash uchun qo‘llaniladi. Buning uchun universal ulab uzgich «Q» holatiga o‘tkaziladi. Bunda UUning 1,3,6 kontaktlari ulanadi. Endi P1-P3 va S1-S3 knopkalariga bosib har bir motorni alohida-alohida ishga tushirish va to‘xtatish mumkin.
UU ulab uzgich avtomatik A holatiga o‘tkazilganda, uning 2,4,5 kontaktlari ulanadi. Bunda M1 motori P1 knopkasiga bosib ishga tushiriladi, P2 knopkasi bosilganda M2 va M3 motorlari bir paytda ishga tushadi. Mashinani to‘xtatish uchun S1 knopkasi bosilsa kifoY. Bunda barcha motorlar tarmoqdan uziladi.
3-rasm. SCH – 04 rusumli separator – tozalagich
Paxtani quritish jarayonini avtomatlashtirish.
Texnologik oqimdagi paxta quritish barabaninipg ish jarayonini avtomatlashtirish, baraban ichidagi issiqhavo haroratini va namlikni bevosita o'lchashni talab qiladi.
4- rasm. quritish barabani harorati ARTIning funksional sxemasi.
1-quritish barabani; 2-ta'minlovchi shahta (bunker); 3-ventilyator; 4-barabanning termografigi, l- barabanning ichki uzunligi (10 m).
Shunday bo'lgandagina quritilgan paxtaning miqdori ma'lum va ko'rsatkichlari yuqori bo'lishi mumkin.hozirgi vaqtgacha tehnologik oqimda paxta quritish jarayonini avtomatlashtirish to'la takomillashgan emas. Bir necha ART variantlari ustida mamlakatimiz olimlari ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda. «Paxtani quritish haroratini rostlash tizimi» ikki ARTdan iborat bo'lishi mumkin. Shu tarzda ishlaydigan paxta quritish ARTIning funksional sxemasi 4- rasmda ko'rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |