O’ZGARMAS TOK MASHINALARINING MAXSUS TURLARI
O’zgarmas tok mashinalariga normal konstruktsiyada ishlab chiqarilgan mashinalar
qanoatlantirmaydigan talablar xam qo’yiladi. Bu talablarni qanoatlantirish uchun o’zgarmas tok
mashinalarining maxsus turlari yaratilgan. Ushbu bobda o’zgarmas tok mashinalarining baozi maxsus
turlarining konstruktsiyalari va ish rejimlarini ko’rib o’tamiz.
Uchta qo’zatish cho’lg’amli
generatorlar
Baozi xollarda, o’zgarmas tok generatorining tashqi tavsiflarini ko’rinishi 62,a-rasmda
ko’rsatilganga o’xshash bo’lishi talab qilinadi. Bunday ko’rinishdagi xarakteristikali mashinalarda yakor
cho’lg’amidagi kuchlanish keng ko’lamda o’zgarganda yakor toki I juda oz o’zgarib, uning qiymati qisqa
tutashuv tokiga teng bo’ladi. Elektr yoyli payvandlash maqsadlarida bunday ko’rinishdagi xarakteristikali
elektr mashinalarni qo’llash mumkin, chunki payvandlash toki yoyning uzunligiga uncha boliq
bo’lmaydi, bunday mashinalar uchun qisqa tutashuv uncha xavfli emas.
Bunday
ko’rinishdagi
xarakteristikani
uchta:
mustaqil, parallel va magnit yurituvchi
kuchi mustaqil va
parallel qo’zatish cho’lg’amlarining magnit yurituvchi
kuchlariga qarama-qarshi yo’nalgan bo’lib, yakor
cho’lg’ami bilan esa ketma-ket ulangan qo’zatish
cho’lg’amlari o’rnatilgan o’zgarmas
tok generatorida olish
mumkin.
Bunday
xarakteris-tikali
o’zgarmas
tok
generatorlarlarini
tiralish
rejimida
ishlaydigan
mexanizmlarini xarakatga keltirish uchun, masalan,
ekskovatorlarda qo’llash mumkin.
Bu tipdagi generatorlar xozirgi paytda teplovozlarda
xam keng qo’llanilmoqda.
Bo’lingan qutbli o’zgarmas
tok generatorlari
Bo’lingan qutbli o’zgarmas tok generatorning tashqi xarakteristikasi xam uchta qo’zatish
cho’lg’amli generatorni tavsifiga o’xshash bo’ladi. Bunday mashinaning N va S qutblari ikkitadan
normal ko’ndalang kesimli va kichraytirilgan kesimli qismlarga bo’linib, statorga maxkamlanadi.
Mashinaning ikkita qo’zatish cho’lg’amidan birinchisi normal o’zakda va ikkinchisi kichraytirilgan
o’zakda joylashtirilgan. Bo’lingan qutbli generatorlarning kichraytirilgan o’zaklari kuchli to’yingan,
normal o’zaklar esa kuchsiz to’yingan rejimda ishlaydi. Bu generatorlarda shuningdek qo’shimcha
qutblar xam o’rnatiladi. Payvandlash maqsadlarida qo’llash uchun nominal rejimda kuchlanishi U=35 V
(salt ishlash rejimida 85 V gacha) bo’lgan PS tipdagi bo’lingan qutbli o’zgarmas tok generatorlari ishlab
chiqarilmoqda.
Unipolyar generatorlar
Unipolyar generatorlar yordamida past kuchlanishli (1 50) V va katta tok (500 kA gacha) xosil
qilish mumkin. Ko’pincha qo’llanilib kelinayotgan unipolyar generatorlarda
magnit maydondan
tashqarida o’rnatilgan rotor, xalqa ko’rinishidagi qo’zatish cho’lg’amlar xosil qilgan magnit maydonda
aylanadi. Mashinaning markaziy, aktiv qismida ishchi magnit oqim doimo bir xil qutbga ega bo’ladi,
mashinaning nomi xam shundan kelib chiqqan. Rotorni cho’lg’amining vazifasini
uning yaxlit magnit
o’zagi bajaradi.
Magnit maydonda aylanadigan rotorning markaziy aktiv qismida induktsiyalangan elektr
yurituvchi kuch doim bir xil yo’nalgan bo’ladi. Unipolyar generatorlardan tokni rotordagi cho’tkalar
yordamida qabul qilib olinadi.
Unipolyar generatorlardan katta toklarni uzatish ancha qiyin, shuning uchun
bu mashinalarning
cho’tka apparatida ancha katta mexanik va elektr quvvat isroflari xosil bo’ladi. xozirgi paytda quvvati
1000 kVt gacha
62–rasm. Uchta chulg’amli
generatorning tashqi tavsifi (a) va
elektr sxemasi (b)