2-umumiy o’rta ta’lim maktabi Tarix fani o’qituvchisi Xudaynazarov Jahongirning 2019-2020 o’quv yili 4-choragidа
8- sinf O’zbekiston tarix fanidan kuzatilgan оnlayn darslar bo’yicha yozgan tezistlari.
№
|
Sana
|
Fan
|
Mavzu
|
Т ezis
|
Uy ishi
|
|
1
|
30.03.2020
|
O’zbekiston tarixi
|
XVI_XIX asrlarning birinchi yarmida Qoraqalpoqlar
|
Qaraqolpoqlarning Amudaryo quyi etagida turkey bijanaklar negizida xalq sifatida shakillanish jarayoni VIII asrda boshlangan edi.Bu jarayon X_XI asrlarda nihoyasiga yetdi.Qoraqalpoqlar XIV_XVI asrlarda No’g’ay xonligi tarkibiga kirgan.1735-yilda Orolbo’yi o’zbeklari va Qaraqalpoqlar Xiva xonligi tarkibiga kiritildi. 1827-yilda Xiva xonligi zulmiga qarshi qoraqalpoqlar qo’zg’alon ko’tardi
|
Mavzuni o’qish
|
|
2
|
2.04. 2020
|
O’zbekiston tarixi
|
Qaraqalpoqlarda madaniy va ma’naviy hayot
|
Qoraqalpoqlar uzoq yillar davomida ko’chmanchilik turmush tarzidan o’troqlikka o’tish jarayonini boshidan kechirdilar. Qoraqalpoqlar tamonidan Janaqal’a, Oydo’stqal’a, Ernazrqal’a, Ko’ko’zakqal’a, Eshonqal’a kabilardir. XIX asr boshlarida 318 ta maktab , Qaraqum eshon, Qalila oxun, Egambergan oxun, Oyimbet eshon nomli madrassalar mavjud. Qaraqalpoqlarning eng mashhur dastonlari ,,Qirqqiz”, ,,Alpomish”, ,,Qublon”, ,,Mast poshsho”, ,,Edigey” dastonlaridir.
|
Mavzuni o’qish
|
3
|
6.04.2020
|
O’zbekiston tarixi
|
Qo’qon xonligining tashkil topishi
|
Farg’ona vodiysi Buxoro xonligi tasarrufida edi. XVIII asr boshlarida Buxoro xonligi ichki kurashlar oqibatida zaiflashadi. Bunday vaziyatdan foydalangan jung’arlar Farg’ona vodiysiga tez-tez bostirib kirib, talon-taroj qila boshladilar. Ming qabilasi yo’lboshchilaridan biri Shohruhbiy hukmdor (1709-1721) deb e’lon qilinadi. 1710-yilda minglar chodaklik din peshvolari hokimiyatini ag’dardilar va Farg’ona vodiysida hokimiyatni o’z qo’llariga oldilar. Shu tariqa, O’rta Osiyoda keyinchalik Qo’qon xonligi deb atalgan yangi davlat vujudga keldi. Norbo’tabiy, vafot etgach, taxtga uning o’g’li Olimbek o’tqazildi. Uning davrida (1798-1810) Qo’qonning siyosiy mavqeyi yanada kuchaydi. U Ohangaron vohasini, Toshkent, Chimkent, Sayram va Turkistonni o’ziga bo’ysundirdi. Natijada Rossiya bilan savdo yo’li ochildi. Ma’muriy-hududiy jihatdan xonlik viloyatlarga (o’n beshta), beklik va oqsoqolliklarga bo’lingan. Olimxon davrida o’tkazilgan harbiy islohotga ko’ra botirlar deb ataluvchi muntazam armiya ham tuzila boshlangan. Har bir botirga oyiga 50 tanga maosh belgilangan.
|
Mavzuni o’qib o’rganish
|
4
|
13.04.2020
|
O’zbekiston tarixi
|
XVIII asrning ikkinchi yarmi XIX asr birinchi yarmida Qo’qon xonligidagi siyosiy ahvol
|
1798-yilda Olimxon taxtga o’tqazildi. Uning hukumronlik davri (1798-1810) Shu davrdan boshlab Qo’qon xonligi deb atala boshladi. 1805-yilda Olimxon xonlik nomi yozilgan kumush tanga (dinor) zarb ettirdi. 1810-yilda Olimxon vafot etgach taxtga Umarxon o’tqazildi ya’ni Olimxonning ukase (1810-1822) uning davrida Qo’qonda adabiy muhit shakillangan. 1822-1842-yillarda Umarxonning o’g’li Muhammad Alixon (Madalixon) boshqargan.
|
Mavzuni o’qish
|
5
|
20.04.2020
|
O’zbekiston tarixi
|
Qo’qon xonligidagida davlat boshqaruvi
|
Dastlab faqat farg’ona vodiysi hududi bilan cheklangan Qo’qon xonligi xududi jihatidan XIX asrning birinchi yarmida O’rta osiyoda eng katta davlatga aylandi. Xonlik shimolda Rossiya, Sharqda sharqiy turkiston, garbda Xiva xonligi va Buxoro xonligi bilan, janubda Madalixon davrida xonlikka qo’shib olingan Qorategin, Darvoz, Ko’lob va Shug’non beklari bilan chegaradosh bo’lgan. Qo’qon xonligi mamuriy jihatdan bekliklarga (viloyatlar), Sarkorliklarga, oqsoqolliklarga aminliklarga bo’lingan. Xonlikda 15 ta beklik mavjud bo’lib, ularda 3 millionga yaqin aholi yashagan.
|
Mavzuni o’qib o’rganish
|
|
|
|
|
|
|
Fan o’qituvchisi: Xudaynazarov J.
Do'stlaringiz bilan baham: |