Qoldiqlar uslubi ilmiy induksiya uslubi sifatida
Uslubning qo‘llanilishi mazkur harakatning boshqa qismlarini keltirib chiqaradigan sabablar aniqlangani holda murakkab harakatning muayyan qismini keltirib chiqaradigan sababning aniqlanishi bilan bog‘liqdir.
Qoldiqlar uslubi bo‘yicha mulohaza chizmasi quyidagi shaklga ega bo‘ladi:
AVS xyz ni keltirib chiqaradi.
A x ni keltirib chiqaradi.
B y ni keltirib chiqaradi.
z ni keltirib chiqaradi.
Qoldiqlar uslubi vositasida ayrim kimѐviy elementlar - geliy, rubridiy va boshqalarning mavjudligi haqidagi xulosa chiqarilgan. gipoteza spektral tahlil jaraѐnida olingan natijalarga asoslangan: fanga ma’lum kimѐviy element-larning hech biriga tegishli bo‘lmagan yangi chiziqlar aniqlangan.
Ilmiy va oddiy mulohazalar amaliѐtida ko‘pincha ma’lum harakatga qarab ma’lum sababga nisbatan yangiroq bo‘lgan sababning amal qilishi haqida xulosa chiqariladi. Masalan, Mariya Skladovskaya-Kyuri ayrim uran rudalarining intensivligiga ko‘ra uranning nurlanishi intensivligidan ham yuqoriroq bo‘lgan radioaktiv nur tarqatishini aniqlagach, ushbu birikmalarda qandaydir yangi moddalarning mavjudligi haqidagi xulosaga keladi. Yangi radioaktiv elementlar: poloniy va radiy shu tariqa kashf etilgan.
Boshqa induktiv xulosalar kabi qoldiqlar uslubi ham, odatda, muammoli bilim beradi. Bunday natijadagi xulosaning ehtimolligi darajasi, birinchidan, orasidan tadqiq qilinaѐtgan hodisaning sabablari izlanaѐtgan bundan oldingi holatlar haqidagi bilimning aniqligi, ikkinchidan, ma’lum sabablardan har birining umumiy natijaga ta’siri darajasi haqidagi bilimning aniqligi bilan belgilanadi. Bundan oldingi holatlarning taxminiy va noaniq ro‘yxati ham ma’lum sabablardan har birining umumiy natijaga ta’siri haqidagi noaniq tasavvur singari shunga olib kelishi mumkinki, natijaning xulosasida zaruriy holat emas, balki faqat qo‘shimcha holat noma’lum sabab sifatida taqdim etilishi mumkin.
Qoldiqlar uslubi bo‘yicha mulohazalar ko‘pincha jinoyatlarni tergash jaraѐnida asosan tadqiq etilaѐtgan harakatlarning yaqqol nomutanosibligi belgilanadigan hollarda qo‘llaniladi. Agar harakat o‘zining hajmi, miqѐslari ѐki intensivligi bo‘yicha ma’lum sababga muvofiq kelmasa, unda qandaydir boshqa holatlarning mavjudligi haqidagi masala qo‘yiladi.
Masalan, ombordan mollarning o‘g‘irlanganligi haqidagi jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchi o‘g‘irlash faktini tan oldi va u o‘g‘irlangan buyumni ombordan bitta o‘zi olib chiqib ketganligini ko‘rsatdi. O‘tkazilgan tekshirish shuni ko‘rsatdiki, bunday og‘ir buyumni bir kishining olib chiqib ketishga kuchi yetmasdi. Tergovchi
o‘g‘irlikda boshqa shaxslarning ishtirok etganligi haqidagi xulosaga keldi, shu munosabat bilan qilmishning kvalifikatsiyasi ham o‘zgartirildi.
Sababli aloqalarni aniqlashga doir ko‘rib chiqilgan uslublar o‘zining mantiqiy tuzilishiga ko‘ra murakkab mulohazalarga kiradiki, bunday mulohazalarda induktiv umumlashmalar deduktiv xulosalar ishtirokida quriladi. Deduksiya sababli aloqa xususiyatlariga tayanib, tasodifiy holatlarning eliminatsiyasi (istisno etilishi)ning mantiqiy vositasi bo‘ladi, bu bilan u induktiv umumlashmani mantiqan o‘zgartiradi va yo‘naltiradi.
Induksiya bilan deduksiyaning o‘zaro aloqasi uslublarni qo‘llanishda mulohazalarning mantiqiy laѐqatligini ta’minlaydi, bilim asoslarida ifodalangan aniqlik olinadigan xulosalarning asoslanganligi darajasini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |