2. Turli mamlakatlarda ijtimoiy-iqtsodiy modellar


Yaponiya ijtimoiy-iqtsodiy tizimi hamda uning O’zbekiston iqtisodiy tizimi bilan o’zaro tahliliy natijalari



Download 366,86 Kb.
bet5/7
Sana31.12.2021
Hajmi366,86 Kb.
#265510
1   2   3   4   5   6   7
4. Yaponiya ijtimoiy-iqtsodiy tizimi hamda uning O’zbekiston iqtisodiy tizimi bilan o’zaro tahliliy natijalari.

Zamonaviy Yaponiya aholisi 128 mln. Kishidan iborat bo’lib, 4.4 trln. AQSH dollarini tashkil etuvchi YaIM bo’yicha dunyoda ikkinchi o’rinni egallaydi.(2006 y.). Garchi o’sish sur’atlarida bir qadar pasayish kuzatilsa-da, mamlakat dunyoning iqtisodiy jihatdan eng qudratli davlatlaridan biri bo’lib qolmoqda. 1980-yillarning oxirida Yaponiyaning butunjahon iqtisodiy yetakchisiga aylanishga jadal harakat qilayotgani to’g’risida fikrlar ko’p bo’lgan. G’arb iqtisodchilarining sharhlariga ko’ra, yapon intervensiyachilik siyosatining afzalliklari agar kuchli qarshi tadbrilar qabul qilinmasa yoki yapon metodlari bilan qurollanmasa, Yaponiyaning Amerika biznesidan o’zib ketishiga olib kelishi mumkin ekan.6




1-rasm. Iqtisodiy sheriklik to'g'risidagi bitim bo'yicha Yaponiyaning sa'y-harakatlari 7


Yaponiya iqtisodiy rivojlanishda ushbu iqtisodiy tizimlardan keng foydalandi:

Bilvosita moliyalashtirish – bu o’ziga xos kredit-moliya tizimi bo’lib, avvaldan kafolatlangan depozitlardan foydalangan holda, yirik ssudalar beradi va ssuda bo’yicha to’lamaslik xavfiga ham ega bo’ladi. Bunday sxema operatsiyalar davomida muayyan foydaning yaratilishi va barqarorligini ta’minlaydi. Urushdan keying Yaponiyaning o’ziga xos sharoitlarida moliyalashtirishning tavsiflagan ushbu tizimi kredit-moliya tizimi va umuman butun iqtisodiyotga barqarorlashtiruvchi ta’sir ko’rsatgan. Boshqa so’z bilan aytadigan bo’lsak, “guruhlash” bozor iqtisodiyoti o’yin qoidalari doirasida biznes bitimlarining sofligini kuzatish uchun tadbirkorlikning barcha sohalarini qat’iy belgilash, o’ziga xos ichki va nodavlat funksiyalarni bajargan.

Keyretsu taqsimot tizimi – Yaponiya keyretsu guruhi tuzilmasining o’ziga xosligi – bu uning chakana savdoda kengayishidir. Asosiy ishlab chiqaruvchilar ko’pincha o’z savdo tarmoqlariga ega bo’ladilar va bu yerda faqat ularning ishlab chiqargan mahsulotlari sotiladi. Shubhasiz, bunday iqtisodiy tizim raqobatchilikka qarshi sifatida baholanishi mumkin va bu bozordagi mavjud ulush muvozanatining o’zgarishini juda ham qiyinlashtiradi. Mana shunday to’siqlar tufayli yangi firma va xorijiy importning bozorga kirishi, ayniqsa, qiyin holda kechadi.

Endi Yaponiya iqtisodiy modeliga keladigan bo’lsak, ushbu tizimni quyidagicha tavsiflash mumkin:

Yaponiya modeli - bu tartibga solinadigan korporativ kapitalizm modeli bo'lib, unda kapital to'plash uchun qulay imkoniyatlar iqtisodiy rivojlanishni dasturlash, tarkibiy, investitsiya va tashqi iqtisodiy siyosat sohalarida davlat tomonidan tartibga solishning faol roli va korporativ printsipning alohida ijtimoiy ahamiyatiga ega bo'ladi.

Yaponiya modeli mehnat unumdorligi o'sishidan aholining turmush darajasida (shu jumladan ish haqi darajasida) ma'lum bir kechikish bilan tavsiflanadi. Shu tufayli mahsulot tannarxining pasayishiga va uning jahon bozorida raqobatbardoshligining keskin o'sishiga erishiladi. Bunday model faqat milliy o'zini o'zi anglashning yuksak darajada rivojlanishi, millat manfaatlari ma'lum bir kishining manfaatlaridan ustunligi va aholining mamlakat ravnaqi yo'lida ma'lum fidoyiliklarga tayyorligi bilan mumkin bo'ladi. Yaponiyaning rivojlanish modelining yana bir xususiyati davlatning iqtisodiyotni modernizatsiya qilishdagi faol roli bilan, a yniqsa, uning dastlabki bosqichida bog'liqdir.



3-rasm. Yaponiya eksport miqdori.

4-rasm. Yaponiya indusriyasi rivojlanish girafigi.



5-rasm. Yaponiya iqtisodiyoti yillik o’rtacha o’sish sur’ati dinamikasi (%)


Korporativ boshqaruvning Yapon modeli ma’lum bir kesishma asosida aksiyalarga egalik qilish va nazoratga asoslangan. Natijada nihoyatda yirik moliya-sanoat korporatsiyalari (keyrutsey) va ular asosida murakkab birlashma hisoblangan moliya-sanoat guruhlari shakllangan. Moliya-sanoat guruhlarida ishtirokchilar manfaatlarini ichki muvofiqlashtirishning murakkab tizimi amal qilishini ham alohida qayd etib o’tish lozim. Bunda moliyaviy muassasalar (banklar, sug’urta va trast kompaniyalar), savdo firmalari, ishlab chiqarish korxonlalari ishtirokchilar hisoblanadi. Bu “keyretsu” modeli deb ham ataladi.

Moliya-sanoat guruhlarida boshqaruv organi bosh firma prezidenti yig’ilishi hisoblanadi. U muhim masalalar bo’yicha qaror qabul qiladi. Qarama-qarshi tarzda aksiyalar almashinuvi va resurslardan ichki foydalanish amalda ko’proq kuzatiladi.


Moliya-sanoat guruhlarida boshqaruv organi bosh firma prezidenti yig‘ilishi
hisoblanadi. U muhim masalalar bo‘yicha qaror qabul qiladi. Qarama-qarshi tarzda
aksiyalar almashinuvi va resurslardan ichki foydalanish amaliyoti ko‘p kuzatiladi.
Korporatsiyalarning aksiyalariga asosiy egalik qiluvchilar (aksiyadorlar)
insayderlar hisoblanadi va ularning 70 foizi institutsional investorlar hisoblanadi.
Bu erda gap banklar va boshqa affilangan shaxslar haqida ketmoqda.  “Yapon
an’analaridan kelib chiqqan holda investorlar korporatsiyalar faoliyatida  kichik
ta’sirga ega. Bunda korporativ boshqaruv yapon klassik modeliga ko‘ra, ular
aksiyadorlar bilan emas, balki manfaatdor tomonlar bilan birgalikda ish yuritadi”.
Korporatsiyalar o‘rtasida tovar va xizmatlari almashinuvi (o‘zaro savdo)
bilan   birga   menejerlar   almashinuvi   amaliyoti   ham   kuzatiladi. Bu jihat o’zaro axborot almashinuvi hamda umumiy tajribadan samarali foydalanishga xizmat qiladi.

Aynan   keltirilayotgan   jihatlar   yapon   korporatsiyalarning   birgalikda


taraqqiyotini   ta’minlagan.   Moliya-sanoat   guruhlaridagi   ichki   korporativ
shartnomaviy   munosabatlar   moliyaviy   va   sanoat   resurslari,   shuningdek    ilmiy-texnik axborotlarni qamrab olgan.

 Bunda manfaatlar o‘zaro kesishmagan vaqtda aniq maqsadga yo‘naltirilgan 

ixtisoslashuv prinsipi amal qiladi. Ya’ni ma’lum bir yangilikni birgalikda joriy etish orqali erishiladigan natijani teng taqsimlash masalasi o’rtaga qo’yiladi va har ikkala tomon bitta maqsad sari intiladi.

Yaponiyada   ham   Germaniyadagi   singari   banklar   yirik   aksiyadorlar


hisoblanadi   va   ularga   moliyalashtirish   muhim   manbasi   sifatida   qaraladi. Banklar direktorlar kengashi yoki prezidentlik instituti orqali boshqaruvda ishtirok
etadi.Ular korporatsiya faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida qo‘llab-quvvatlaydi.
Davlat   va   jamoatchilik   korporatsiyalarni   va   moliya-sanoat   guruhlarini
xorijiy   investorlar   tajovuzidan   himoyalaydi.Ya’ni   bir   tomondan  qonunchilikxorijiy investorlarning keskin faolligiga imkon bermaydi, boshqa tomondan milliy
madaniyat vatanparlikka asoslanganligi korporativ madaniyatga ham o‘z ta’sirini
ko‘rsatadi. Shuning uchun ham yapon korporatsiyalarini qo‘shib olish amaliyotlari
deyarli uchramaydi.

Yaponiya   iqtisodiyotida   davlatning   kuchli   ta’siri   mavjud   bo‘lsada,


iqtisodiyotda   davlat   sektorining   ulushi   yuqori   emas.   Bunda   davlatning
boshqaruvchilik   kuchi   emas, balki  yo‘nalishni   belgilab   beruvchilik xususiyati
yuzaga chiqadi va bu jihat quyidagi yo‘nalishlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi:
- iqtisodiy   taraqqiyotning   o‘ta   istiqbolli   yo‘nalishlarini   ishlab   chiqish   va
belgilab  olingan yo‘nalishga  iqtisodiyotni  yo‘naltirish.  Bunda  davlat tomonidan
uzoq   muddatli   prognozlar   va   o‘rta   muddatli   rejalarni   o‘z   ichiga   olgan   davlat dasturlari tizimi amal qilishini alohida qayd etib o‘tish lozim;
- infratuzilmani yaratish, alohida firma va tarmoqlarga yordam ko‘rsatish;
- ishlab   chiqarish   samaradorligi   va   yapon   tovarlari   raqobatbardoshligini
oshirish maqsadida korporatsiyalar o‘rtasidagi munosabatlarni qo‘llab-quvvatlash.
Korporativ   boshqaruvning   yapon   modelidagi   asosiy   prinsipial   jihatlar
sifatida quyidagilar keltiriladi:

- boshqaruv tizimining asosiy bank, moliya-sanoat tarmog‘i yoki keyretsu


atrofida markazlashuvi;

- boshqaruv tizimi tomonidan doimiy aloqalarning qo‘llab-quvvatlanishi;


- aksiyadorlar   tomonidan   direktorlar   kengashining   tayinlanishi. 

Bunda direktorlar kengashiga korporatsiya moliyaviy holatiga bog‘liq holda 50 kishigacha kiritilishi mumkin bo’lib, unga kirish bo’yicha ichki a’zolar (ijrochi direktorlar) ustunlikka ega hisoblanadi.

 O‘z  navbatida  ijrochi direktorlar president oldida hisobdor ekanligi va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda o‘zaro maslahatlashishilozimligi belgilangan.  Prezident nisbatan yuqori ta’sirga egaligini shundan ham bilish mumkin.

- korporatsiya bilan hamkorlik qiluvchi va bir vaqtda unga kredit taqdim


etuvchi   bank   direktorlar   kengashini   nazorat   qilib  borishi.Faqatgina inqirozli
holatlarda direktorlar kengashiga bank vakillari jalb qilinadi;

- mustaqil aksiyadorlar korporatsiya faoliyatiga ta’sir eta olmasligi;

- axborotlar ochiqligiga qo‘yilgan talablar nisbatan yuqori emasligi;

- noformal birlashmalar, avloddan-avlodga o‘tuvchi va  guruhlar  (alohida


ittifoqlar, klublar tashkil qilinishi) bo‘yicha munosabatlar ahamiyatga ega ekanligi.

Mazkur modelda o’zaro axborot almashinuving yuqorligi, muhim


qarorlarning o‘zaro  kelishuv  asosida qabul  qilinishi, bahs  va  nizoli  holatlarning
ichki tartibda hal qilinishi kabilar ham alohida ajratib ko‘rsatiladi.

Korporativ boshqaruvning yapon modeli asosiy kamchiligi sifatida odatda


raqobatning nisbatan chegarlanganligi, axborotlarni oshkor qilish bo‘yicha yuqori
darajadagi   talabning  mavjud   emasligi, boshqaruvning avloddan-avlodga  o‘tishi kabilar keltiriladi.

Yangi ming yillikda Yaponiya iqtisodiy tizimi mavjud bir qator inqirozlar tufayli o’z ahamiyatini yo’qotadi. Yaqin davrda tizimlarnig afzalliklari sifatida qayd etilgan xususiyatlari: uzoq muddatli o’sishni bashorat qila olish qobilayti, asosiy ishtirokchi-sheriklar o’rtasida kelishuvchanlik munosabatlariga erishish, uzoq muddatli startegiya maqsadida qisqa muddatli foydadan voz kechish, yaponlarga xos an’anaviylikka ishonch endilikda uning zaiflik sabablariga aylanmoqda. Biroq Yaponiyadagi joriy turg’unlik aynan tizimning aybi bilan yuz berdimi yoki u tizimning faoliyatini cheklab qo’yuvchi davlatning muayyan bir siyosatiga bog’liqmi, buni aniqlash talab etiladi. Bunday sharoitlarda uy xo’jaliklari ham, korxonlalar ham kelajakka ishonchni yo’qotadi. Makroiqtisodiy tahlil tili bilan gapiradigan bo’lsak, kutilayotgan o’sish sur’atlarining keskin pasayib ketishi ro’y beradi. Bunday vaziyatda inqirozga qarshi siyosat yordamida ahvolni qisqa muddatga yaxshilash mumkin bo’ladi. Biroq nomaqbul demografik sharoitlarda yapon iqtisodiyotini barqaror o’sish yo’liga qayta tushirib olish uchun, o’rta muddatli istiqbolda tuzilmaviy islohotlar talab etiladi.

Ushbu islohotlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat. Davlat moliya sohasida – davlat xarajatlarini izchil qisqartirib borish yo’li bilan uni sog’lomlashtirish, barqaror ijtimoiy ta’minot tizimini yaratish va davlat investitsiyalarini strategik jihatdan muhim maqsadlar uchun yo’naltirish kerak.

Yaponiya va O’zbekiston iqtisodiy tizimlarini o’zari taqqoslaydigan bo’lsak, ular o’rtasida juda katta tafovut mavjud. Chunki deganda bugungi kunga kelib, O’zbekiston o’zrivojlanish yo’lida iqtisodiyotning Xitoy modelini asos qilib olgan. Ushbu modelda yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, xorijdan investitsiya kiritib, mamlakatda ishlab chiqarishni rivojlantirish, bojxona to’lovlarini yengillashtirish, ba’zilarini esa bekor qilish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va uni xususiylashtirish va shu kabi qator vazifalar amalga oshiriladi. Xitoy shu yo’llar bilan bugungi kunga kelib rivojlangan davlatga aylangan. Shuningdek Xitoy Xalq Respublikasi ham oldin xuddi biz kabi hozirgi bizning iqtisodiy jarayonimizni bosib o’tgan. Shuning uchun ham mamlakatimiz iqtisodiyotni rivojlantirish uchun aynan Xitoy modelini o’ziga asos qilib olgan. Yaponiyaga keladigan bo’lsak, Yaponiya chetdan investitsiya kiritib emas, balki, faqatgina xomashyo import qilib, uni qayta ishlab yana chetga import narxidan ikki baravar yoki undanda ko’p miqdorga eksport qilish bilan iqtisodini rivojlantirib boradi. Misol uchun O’zbeksiton ham Yaponiyaga temir, paxta va shu kabi xomashyo mahsulotlarini eksport qiladi, Yaponiya esa shu mahsulotlarni qayta ishlab bizga import narxidan ancha baland narxda qayta sotadi. O’zbekiston bunday iqtisodiy tizimga o’tishga hali yetarlicha tayyor emas. Chunki deganda O’zbeksitonda qayta ishlash uchun texnika-texnologiyalar salmog’i kam. Shuning uchun ham faqat chetdan texnika eksport qilib, o’zimizda ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich rivojlantira olamiz. Yaponiya esa texnikalarni o’zida ishlab chiqib, arzon xomashyoni sotib olib, uni qayta ishlab, eksport qilib katta daromad oladi va yil sayin iqtisodi rivojlanib boradi.




Download 366,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish