3. Nutq madaniyatini pedagogikadan ham ayro holda tasavvur etib bo‘lmaydi.
Nutq malakalari ta’lim va tarbiya jarayonlarida shakllantiriladi. Dunyo
tilshunosligida tildan to‘g‘ri va mahorat bilan foy dalanish qoidalarini o‘rgatish,
ya’ni madaniy nutq tuzish yo‘llarini ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan soha til
didaktikasi yoki lingvodidaktika nomi bilan ham yuritiladiki, bunda nutq,
madaniyati va pedagogikaning bir qismi bo‘lgan didaktika o‘rtasidagi zich aloqa
yaqqol namoyon bo‘ladi.
Nutq madaniyati ayni paytda o‘z mohiyatiga ko‘ra
psixologiya, estetika, etika, sotsiologiya, madaniyatshunoslik, adabiyotshunoslik
va boshqa bir qator ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan ham uzviy bog‘liqdir. Inson
jamiyatning ichida yashaydi, faoliyat ko‘rsatadi, boshqalar bilan muloqot qiladi. Bu
muloqot, albatta, nutq orqali amalga oshadi va jamiyat a’zosining nutqi ayni
jamiyat tomonidan baholanadi. Jamiyat a’zosining nutqi shu jamiyatda qaror
topgan milliy ruhiyat, nafosat, axloq, ijtimoiy munosabat, madaniyat, tarbiya, urf-
odat, idrok tamoillari va qoidalariga aslo zid kelmasligi lozim. Bu tamallar va
qoidalar esa mazkur nolingvistik ijtimoiy fanlar tomonidan turli nuqtai nazarlardan
o‘rganiladi. To‘g‘ri va ta’sirchan nutq tuzishda ayni qoidalar hisobga olinmas ekan,
ularga amal qilinmas ekan, maqsadga erishib bo‘lmaydi. Nutq madaniyatidagi
bosh masala, aytib o‘tilganiday, til dan maqsadga muvofiq foydalanishdir, demak,
tilni qo‘llashning real ijtimoiy jarayonlarini tahlil qilish bu sohaning muhim
yo‘nalishlaridan biridir. Bu o‘rinda nutq madaniyatining sotsiologiya bilan
to‘g‘ridai-to‘g‘ri aloqadorligi aniq ko‘rinadi.
O‘qituvchining pedagogik faoliyatida
nutq texnikasini egallash muhim ahamiyatga ega. Buning uchun bo‘lajak
o‘qituvchi avvalo nutq sirlarini, uning o‘quvchilar bilan bo‘ladigan muloqotda ta’sir
kuchini puxta bilishi kerak. Nutqning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish uchun,
nutq texnikasiga oid talablarni bilish lozim. Bu talablar nutqning mantiq jihatdan
to‘g‘ri, aniq, chiroyli, yorqin va maqsadga muvofiq bo‘lishidir. Pedagog va psixolog
olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, o‘z faoliyatini
endigina boshlayotgan o‘qituvchilar duch keladigan qiyinchiliklarning asosiysi
aynan pedagogik texnikaga oid ma’lumotlarni bilmasligi oqibatida sodir
bo‘lmoqda. Pedagogik texnika to‘g‘risida yuqorida aytib o‘tilgan fikr va
mulohazalarga e’tibor qilmaslik, pedagogik faoliyatda nazariy va amaliy
tajribalarning yo‘qligi, o‘z faoliyatiga tanqidiy nazar bilan baho berolmaslik
oqibatida hamda o‘qituvchida individual pedagogik texnikani rivojlantirish, tahlil
qilish va uni takomillashtirish yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan pedagogik
faoliyatning yo‘qligi mazkur qiyinchiliklarning asosiy sabablaridan biri ekanligini
unutmaslik kerak. Pedagogika oliy ta’lim muassasalaridagi kasbiy tayyorgarlik
jarayonida pedagogik texnikani egallash bo‘lajak o‘qituvchiga o‘zining kasbiy
yo‘nalishining 13 boshlanishidayoq ko‘pgina xatolardan holi bo‘lishda, talabalarga
ta’lim-tarbiya berishning yuksak samaradorligiga erishishda yordam beradi.
4.
Nutq madaniyati fani leksikologiyaga ham qattiq bog’langandir. Chunki,
nutqning aloqaviy fazilati hisoblangan aniqlik, to`g`rilikni so`zning lug’aviy
ma’nolarining aniq tavsifisiz tushunib bo’lmaydi. Nutqning mantiqiyligi so`z
ma’nolarining ma’no va mazmuniy bog’lanishlariga asoslanadi. Nutqning soflik,
ifodaviylik, o`rinlilik kabi aloqaviy fazilatlari ham nutq madaniyati fanini
leksikologiya bilan bog’laydi.
Tilning lugat boyligini yetarli darajada bilmasdan
turib madaniy nutq tuzish mumkin emas. So‘zlarning semantik strukturasi, undagi
taraqqiyot, leksik sistemadagi so‘zlarning bir-biriga munosabati kabi masalalardan
boxabar bo‘lmasdan turib, tilning behad boy so‘z xazinasidan konkret nutq uchun
eng keraklisini tanlash mushkul. Bu xazinaning hayotini esa leksikologiya
o‘rganadi. Nutq madaniyati so‘zlarni nutq uchun tanlashda ayni shu
leksikologiyaning ma’lumotlariga tayanadi. Leksikografiyaning nutq madaniyati
bilan bog‘liqligi ham isbot talab etmaydi. Zotan, so‘zlar va ularning ma’no tavsifi
lug‘atlarda jamlangan bo‘lib, kerakli so‘zni tanlash, ma’nosini to‘g‘ri tasavvur
etish, o‘rnini adashtirmaslik, demakki, madaniy nutq tuzishda eng yaxshi va yaqin
yordamchi aynan xilma-xil lug‘atlardir.