5.Inqilob surgan quyidagi g’oyalar barcha xalqlar kurashining mazminiga aylandi:
«barcha odamlar ozod va teng huquqli bo’lib tug’iladilar»
“Vatan xavf ostida”
“Erkinlik, tenglik va birodarlik”
6.Yakobinchilar ichida ichki siyosat borasida yagona birlik yo’q edi. Ular aslida turli guruhlarga bo’linib ketgan edilar. Yakobinchilarni birlashtirib turgan omil–bu chet el bosqinchilariga qarshi kurash va mamlakat ichkarisidagi isyonlarni bostirish zarurati edi, xolos. Bu ikki xavf bartaraf etilgach, guruhlar o’rtasida kurash boshlanib ketdi. Eber va Shomet rahbarligidagi yakobinchilar «hech kim boy ham, hech kim о’ta kambag’al ham bo’1maydigan, hamma barcha narsaga yetarlicha ega bo’lishini ta’minlaydigan» jamiyat tarafdori edilar.
1794–yilda M. Robespyer tarafdorlari ularni qamoqqa oldilar va o’lim jazosiga hukm etdilar. M. Robespyer tarafdorlari yakobinchilarning Danton boshchiligidagi «shafqatlilar» guruhini ham xavfli deb hisoblaganlar. Danton mamlakatda faoliyat ko’rsatayotgan guruhlarning o’zaro muro–sasi tarafdori edi. U barcha partiyadagi yaxshi niyatli kishilarning ittifoqini tuzish yo’li bilan o’zaro ziddiyatlarni bartaraf qilishni taklif etdi. Danton inqilobiy diktaturani to’xtatishni, konstitutsiyaviy tartibga qaytishni, terrordan voz kechishni talab qila boshladi. M. Robespyer guruhianton talablarini rad etdi. Danton hamda uning tarafdorlari qamoqqa olindilar va qatl etildilar.
Mamlakatda о’rnatilgan terror siyosati dahshatlari hammaning tinka–madorini quritdi. Bu esa, Robespyeming obro’sini tushirib yubordi.
M. Robespyer siyosiy kurashda qonli usul orqali raqiblarini yo’qotish bilan o’z shaxsiy halokatini ham tayyorlab bordi. Xalq qonli boshqaruvga asoslangan respublikani yomon kо’rib qoldi. Endi M. Robespyeming barcha dushmanlari yagona ittifoqqa birlashdilar.
Konventda M. Robespyer va uning tarafdorlariga qarshi fitna tayyorlandi. 1794–yilning 27–iyulida Konvent unga qarshi ayblov e’lon qildi va M. Robespyerni qamoqqa oldi. Shuningdek, Konvent uni qonundan tashqari deb ham e’lon qildi. Bu–sudsiz qatl etish degani edi. Hammasi bo’lib yuzga yaqin kishi qatl etildi. Shu tariqa yakobinchilar diktaturasi quladi. Bu inqilobning tugashi ham edi.
Hokimiyat tepasiga inqilob yillarida boyib ketgan yangi boylar deb ataluvchi yirik burjuaziya keldi. Hokimiyat tepasiga kelgan kuchlar termidorchilar deb nom olganlar. Ular mulkni va erkinlikni, tadbirkorlikni himoya qiladigan Respublika tarafdori edilar.
1795–yilda Konvent yangi Konstitutsiya qabul qildi. U mamlakatda respublika tuzumini mustahkamladi. Inqilobning feodal tartiblarni tugatish haqidagi barcha qarorlarini tasdiqladi. Mamlakatda ikki palatali parlament tashkil etildi. Ijroiya hokimiyat besh kishidan iborat Direktoriyaga topshirildi. U 1795–1799–yillarmobaynidamamlakatniboshqardi. Bu davrda monarxiya tarafdorlari isyon ko’tardilar. Ularning maqsadi monarxiyani qayta tiklash edi. Biroq general Napoleon Bonapart Konventning xaloskori bo’ldi. U isyonchilar kuchini tor–mor etdi. Bu xaloskorlik unga yorqin kelajak sari yo’1 ochdi.
7.Yakobinchilar ichida ichki siyosat borasida yagona birlik yo’q edi. Ular aslida turli guruhlarga bo’linib ketgan edilar. Yakobinchilarni birlashtirib turgan omil–bu chet el bosqinchilariga qarshi kurash va mamlakat ichkarisidagi isyonlarni bostirish zarurati edi, xolos. Bu ikki xavf bartaraf etilgach, guruhlar o’rtasida kurash boshlanib ketdi. Eber va Shomet rahbarligidagi yakobinchilar «hech kim boy ham, hech kim о’ta kambag’al ham bo’1maydigan, hamma barcha narsaga yetarlicha ega bo’lishini ta’minlaydigan» jamiyat tarafdori edilar. Ular orasida birdamlik yo’qligi,ikkiga ajralish, faqatgina shaxsiy manfaatlarni ko’zlash ularni halokat yoqasiga olib kelgan.
8. Fransiya burjua inqilobi butun dunyo tarixi uchun ma’lum ma’noda burilish nuqtasi bo’ldi. U olg’a surgan
“Ozodlik,Tenglik,Birodarlik” g’oyalari butun dunyo xalqlarining keyingi rivojiga arzigilik ta’sir ko’rsatdi. Shuningdek,inqilob ko’lab xalqlar uchun ham saboq bo’ldi. Uning ayovsiz qirg’inlari, barcha muammolarni hal etishning asosiy vositasi sifatida terrorning qo’llanilishi, siyosiy muholifatlarning jismoniy yo’q qilinishi kabilar ham inqilob keltirgan dahshatli reallik bo’ldi.bu buyuk inqilob o’rta asr feodal tartiblarini to’la bekor qildi. Fransiyada respublika tuzumi qaror topdi.eski jamiyat va davlat tuzumini to’la buzib tashladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |