2-Тopshiriq Kartografik proyeksiyalarni aniqlash. Тopshiriq maqsadi



Download 201,69 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.12.2021
Hajmi201,69 Kb.
#84758
Bog'liq
2 топшириқ.. (1)



2-Тopshiriq 

Kartografik proyeksiyalarni aniqlash. 

Тopshiriq  maqsadi:  keng  tarqalgan  kartografik  proyeksiyalarni  o’rganish, 

meridianlar va parallellar setkasi bo’yicha ularni aniqlash bo’yicha ko’nikma xosil 

qilish. 

Тopshiriqni bajarish: kartografik proyeksiyalar klassifikatsiyasini o’rganib, 

meridianlar va parallellar setkasi bo’yicha proyeksiyalarni aniqlashni o’rganib,  

1-jadval to’ldirilsin. 

Тopshiriqlar variantlari o’qituvchi tomonidan beriladi. 

Kart


a № 

Hududnin


kartadagi 

tasviri 

Karta 


ramkasining 

shakli 


Meridian 

va paral- 

lellar 

qanday 


tasvirlang

an  


Тo’g’ri 

meridianl

ar 

bo’yicha 



meridianl

ar oralig’i 

qanday 

o’zgaradi 

Proyeksiy

a- 


larning 

qo’shimc


ha 

belgilari 

Proyeksiy

a- 


ning 

yordamch


shakli 


bo’yicha 

ko’rinishi

.  

Proyeksiy



a-ning 

nomi. 


132-

133 


O’zbekist

on 


to’g’riburcha

kli 


Meridianl

ar –to’g’ri 

chiziqlar, 

paralellar-

konsentri

chiziqlar. 



 

 

          - 



Ekvator 

va 


qutb 

karta 


ramkasig

kirmaydi  



Konusli 

Тeng 


oraliqli 

konusli 


normal 

proyeksiy

a. 

 

Тopshiriqni bajarish uchun ko’rsatma 

1. 


1-jadvalni chizish va to’ldirish. 

2. 


Proyeksiyalarni aniqlash uchun quyidagilarni bilish kerak: 

a)  kartada  qaysi  hudud  ko’rsatilgan  (dunyo  kartasi,  yarim  sharlar  kartasi, 

materiklar, ularning qismlari, davlatlar, O’zbekiston, viloyatlar va x/z) 

b) karta ramkasining shakli (dumaloq, to’rtburchak, ellipsoid) 

v)  meridianlar  qanday  chiziqlarda  ko’rsatilgan  (to’g’ri,  egri,  aylana,     

konsentrik yoylar yoki  bo’yicha aylana) 

g)  to’g’ri  (o’rta)  meridianlar  bo’yicha  o’tgan  parallellar  oralig’i  qanday 

o’zgaradi-  o’lchovlar  faqat  dunyo  kartalarida  bajariladi.  (o’zgarmaydi,      qisman 

o’zgaradi, bir necha marotaba kattalashadi va kichiklashadi) 



d) proyeksiyaning qanday qo’shimcha belgilari kartada tasvirlangan (ekvator-

to’g’ri yoki egri, tasvirlanmagan, qutb tasvirlanmagan, nuqta bilan   ko’rsatilgan) 

ye) 

yordamchi  geometrik  shakl  xarakteri  bo’yicha  proyeksiyani 



klassifikatsiyasi berilsin.(azimutli, silindrli, konusli, ularning turlari) 

j) asosiy klassifikatsiyalar bo’yicha proyeksiyaning to’liq nomi      (kartografik 

to’rlar mo’ljali bo’yicha, yordamchi shakllarni xarakteri bo’yicha,   xatolik xarakteri 

bo’yicha) va proyeksiyani ishlab chiqqan avtor     familiyasi hamda korxona nomi 

berilsin. 

    Jadval  to’ldirilayotganda  kartografik  proyeksiyalar  tanlashning  aloxida     

xususiyatlariga axamiyat berish kerak. 

Ko’rsatilgan  karta  uchun  proyeksiya  tanlashda  qator  omillar  ta’sir  qiladi, 

birinchi navbatda kartaning mazmuni va hududlarning fazoviy  xususiyatlari. 

Avval,  kartaning  mazmunidan  kelib  chiqqan  xolda,    xatolikning  xarakteri 

belgilanadi. Azimut va burchaklarni o’lchashda foydalaniladigan kartalarni to’g’ri 

burchakli proyeksiyalarda tuzish maqsadga muvofiq. 

Masalan,  dengizda  kema  yo’llarini  ko’rsatuvchi  kartalar  uchun  Merkator 

silindrik proyeksiyalari qo’llaniladi. Kartada maydonlarni solishtirish yoki o’lchash 

uchun  teng  kattalikdagi  proyeksiyalarga  murojaat  qilinadi.  Burchak  va 

maydonlarning  xatoligi ortib ketishi maqsadga muvofiq bo’lmasa (masalan yarim 

sharlar kartasi) erkin proyeksiyalardan foydalaniladi.  

Fazoviy  omillarni,  boshqacha  aytganda  kartaga  tushiralayotgan  hudud 

o’lchamini,  shaklini  va  joylashuvini  hisobga  olish,  tanlangan  proyeksiyalar 

guruxidan  (teng  burchakli,  teng  kattalidagi,  erkin)  eng  kichik    xatolikga  yoki 

ularning  foydali  taqsimlanishiga  yoki  karta  uchun  muxim  bo’lgan  proyeksiya 

topishga imkon beradi. 



Dunyo  kartalari  uchun  avvallari  to’g’ri  chiziqli  va  bir-biriga  parallalel 

bo’lgan  parallalli  to’rlari  bor  silindrik  va  psevdotsilindrik  proyeksiyalardan  keng 

foydalanilgan,  bu  esa  o’z  o’rnida  zonal  kengliklarni  o’rganishda  muximdir. 

Psevdotsilindrik proyeksiyalar, silindrik proyeksiyalar bilan solishtirganda, yuqori 

kengliklardagi  maydonlarda  xatolikni  kamroq  beradi,  lekin  burchak  xatoligi 



ko’payadi,  bu  esa  takrorlanuvchi  hududlar  tasviriga  ta’siri  yaxshi  bo’lmaydi. 

(masalan  Shimoliy  va  janubiy  Amerika  hududlari).  Hozirgi  vaqtda  egriligi  kichik 

bo’lgan  parallellar  SNIIGA  i  K  ning  (geodeziya,  aeros’yomka  va  kartografiya 

markaziy  ilmiy-tekshirish  instituti)  erkin  polikonik  proyeksiyalari  ko’proq 

ishlatilmoqda, bu proyeksiyalar qutblarga qarab asta kattalashadi hamda burchak va 

maydonlarining xatoligi kichik bo’ladi. 



Yarim sharlar kartasini azimutli proyeksiyalarda tuzish tabiiy. Bular ichida 

ko’p ishlatiladigani teng kattalikdagi azimutli va erkin proyeksiyalardir. Masalan, 

sharqiy  va  g’arbiy  yarim  sharlarning  fizik  kartasi  teng  kattalikdagi  ko’ndalang 

azimutli Lambert proyeksiyalarda tuzilgan.  

Aloxida materiklar uchun, tasvirlanayotgan materikning markazi nul nuqtali 

Lambertning  teng  kattalikdagi  og’ma  7-  azimutli  proyeksiyasidan  foydalaniladi. 

Afrika  uchun  og’ma  proyeksiya  ko’ndalang  proyeksiya  bilan  almashtiriladi. 

Azimutli proyeksiyada xatolik, proyeksiya markazidan uzoqlashgan sari ko’payadi, 

shuning  uchun  kartaning  to’g’riburchakli  ramkasi  burchagida  katta  qiymatga  ega 

bo’ladi. 

Yevroosiyo kartalari SNIIGA i Kning erkin proyeksiyalarida tuzilgan.  

Qutbiy davlatlar kartalari  (Arktika, Antarktika) uchun Postelning normal 

teng kattalikdagi azimutal proyeksiyalaridan foydalaniladi. Shunga ko’ra kartadan 

turli punktlar va qutb orasidagi to’g’ri chiziqli masofalarni o’lchash mumkin. 

Chet el davlatlari  va ularning bo’laklari kartalari.  

Bu guruxga tegishli tegishli ko’pgina kartalar normal konusli teng burchakli 

proyeksiyalarda  tuziladi.  Shuni  aytib  o’tish  kerak-ki  1:  10 000 000    va  undan 

maydaroq, tasvirlanayotganhududning shimoldan janubgacha bo’lgan cho’zilishi 30 

bo’lgan, tengoraliqli konusli proyeksiyalarda tuziladi. 

Davlatni  to’liq  tasvirlaydigan  Rossiya  kartalari  asosan  meridiadlari 

tengoraliqli  bo’lgan  normal  konusli  proyeksiyalarda  tuziladi.  Bu  proyeksiyalar 

V.V.Kavrayskiy  va  F.N.Krasovskiy  tomonidan  ishlab  chiqilgan.  Krasovskiyni 

proyeksiyasi Rossiyaning shimoliy tumanlari uchun, kamroq xatolik beradi. 

 



 

Download 201,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish