7. Qur’oni Karimda aks etgan asosiy iqtisodiy g‘oya nimadan iborat?
a) insonlar dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullanishi ta’kidlangan;
b) “ehtiyoj” tushunchasi ta’riflangan va jamiyat hayotida moddiy ehtiyojlar ahamiyati ko‘rsatib berilgan;
c) musulmonlar qardoshligi g‘oyasi ilgari surilgan, mulk muqaddasligi qayd qilingan, savdoga katta o‘rin berilgan va jamiyat tengsizligi azaldan deb tan olingan;
d) moddiy boylik yaratishda mehnat va mehnat qurollarining o‘rni belgilab berilgan;
e) yuqoridagilarning barchasi to‘g‘ri.
8. Iqtisodiyot nazariyasining qaysi oqimida savdo-sotiq va asosan, tashqi savdo barcha boyliklarning manbai deb hisoblanadi?
a) merkantilizm;
b) fiziokratlar;
c) klassik burjua iqtisodiy maktabi;
d) marksistik nazariya;
e) marjinalizmda.
9. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining qaysi oqimida iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning va tartibga solishning asosiy vositasi pul deb hisoblanadi?
a) keynschilar;
b) monetarizm;
c) institutsionalizm;
d) liberalizm;
e) yangi iqtisodiy oqimlarda.
Do'stlaringiz bilan baham: |