2-topshiriq axborot- marketingni poydevoridir


Axborot turlari va ularni turkumlash



Download 237,12 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana01.06.2022
Hajmi237,12 Kb.
#628250
1   2   3   4
Bog'liq
Menejment va Marketing 2-Joriy Topshiriq

Axborot turlari va ularni turkumlash 
Marketing tadqiqoti uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar va axborotlar ko’lami 
juda keng bo’lib, ularni tayinli tartibga solish va zarur paytlarda ulardan 
foydalanish talab etadi. Dastlabki tasavvurga ko’ra bozor, xaridor, raqobatchi va 
mahsulot xususidagi barcha axborotni kerakli shaklga jamlash va amaliy faoliyatda 
ularga tayanib ish ko’rish samarali hisoblanadi.
Marketing xususidagi to’plash manbalarini shartli ravishda birlamchi va 
ikkilamchi turlarga bo’lish mumkin. Birlamchi ma’lumotlarga tayinli maqsad 
uchun ilk bor yangidan tashkil etilgan ma’lumotlar, axborotlar kiradi. Ikkilamchi 
ma’lumotlarga esa dastlabki boshqa maqsadlar uchun yig’ilgan, qayta ishlangan, 
turli manbalarda (jurnal, hisobot, axborot byulletenlari va h.k.) mavjud bo’lgan 
axborotlar kiradi. Ikkilamchi ma’lumotlarni to’plash manbalari tegishli 
tashkilotlarga taalukli bo’lish yoki bo’lmasligiga ko’ra, o’z navbatida ichki va 
tashqi turlarga bo’linadi.
Ichki ikkilamchi ma’lumot manbalariga tashkilotda yuritilayotgan joriy 
buxgalteriya, moliya va statistik hisobotlarda aks ettiriladigan ko’rsatkichlar kiradi. 
Jumladan, foyda va zararlar, sotib olish va sotish, tovarlarzahiralari, iste’molchilar 
ko’lami va joylashuvi, narxlar hisob-kitoblar va h.k.lar.
Boshqacha qilib aytganda, tashkilot o’z imkoniyatidagi hisobotlar va 
ma’lumotlarga tayanib, mustaqil tarzda ichki ma’lumotlar tizimini ishlab chiqadi. 
Amaliy faoliyatda mahsulotlarni natural va qiymat ulchov birliklarida sotuvchi 
hajmi, narxlarning yil davomida o’zgarishi, xaridorlarning joylashuv haritasi, tovar 
zahiralarining o’zgarishi va shu kabi muhim ma’lumotlarni tashkilot bevosita 
o’zining ichki hisobot tizimi asosida aniqlaydi.
Tashqi ikkilamchi ma’lumotlar tashkilot faoliyat yuritayotgan yoki yuritishi 
kutilayotgan bozor, mahsulot xususidagi mavjud bo’lgan ma’lumotlarni o’z ichiga 


oladi. Ularning tarkibi, amaliyotda qo’llanilishi turli davlatlari tajribasida turlicha 
ahamiyatga ega. Masalan, AQShda tashqi ikkilamchi ma’lumotlarni umumiy 
jihatdan quyidagi guruhlarga ajratish mumkin
1
.
1.
Ommaviy va iqtisodiy uyushmalarning hisobotlari va xabarnomalari. Ushbu 
manbalar o’z mohiyatiga ko’ra ikki kichik guruhga bo’linadi.
a) Davlat muassalarning rasmiy hisobotlari. Bular jumlasiga statistik 
yilnomalar, sharhlar va hokazolar kiradi. «AQSh bo’yicha qisqacha statistik 
sharh», «Shaharlar va okruglar bo’yicha statistik yo’riqnoma», «Amerika sanoati 
istiqbollari» sharhnomasi kabilar shular jumlasidir. «Marketing axboroti 
yo’riqnomasi» oylik maxsus nashr bo’lib, unda marketingga oid barcha 
xabarlarning qisqacha mazmuni bayon etiladi.
Ushbu turkum manbalardan aholining o’sishi, tarkibiy demografik siljishlari, 
daromadlar va narxlarning o’zgarishi, yalpi iste’moldagi holat, ayrim iste’mol 
tovarlari taklifi, sotuvchi, iste’moliga oid xabarlar va boshqa axborotlarni olish 
mumkin. Ayrim shtatlar bo’yicha esa o’zgarishlar, qo’shni shtatlar bilan kiyosiy 
tahlil ma’lumotlari ham ushbu manbalarda aks ettiriladi.
v) Uyushmalar va tashkilotlarning hisobotlari va ma’lumotlari. Har bir shtat 
o’zining mustaqil iqtisodiy uyushmalari (assotsiatsiyalari, ittifoqlariga) ega 
bo’lganligi sababli, ular ham mustaqil tarzda yillik hisobot va ma’lumotlar 
tayyorlaydilar. Masalan, sanoat-savdo palatalari, maxsus sohalar bo’yicha 
(elektronika, sotish yo’nalishlari bo’yicha o’z a’zolari uchun axborotlarni to’pladi 
va umumlashtirdi. «Amerika marketing assotsiatsiyasi», «Tadbirkorlikni 
rivojlantirish byurosi», «Chakana savdo milliy assotsiatsiyasi» kabi tashkilotlar va 
boshqalar shular jumlasidandir.
2.
Marketing tadqiqotlari bo’yicha ixtisoslashgan institutlar va marketing 
xizmati ko’rsatuvchi muassasalarning axborotlari, hisobotlari.
Ko’pgina hollarda ushbu axborot manbai tijorat axborot manbai ham deb 
nomlanadi. Masalan, marketing tadqiqotlari bo’yicha ixtisoslashgan institutlar: 
GFK, «Marketing riserch korporeyshn of Amerika», «Simmons market riserch 
byuro», «A.S.Nilsen» kabi tashkilotlarning bashoratlari, o’z muammo yo’nalishlari 
bo’yicha amalga oshirgan tadqiqot yakunlari, hisobotlari. Bunday ma’lumotlarning 
ayrimlari ommaviy tarzda barcha qiziquvchilarga arzonroq ayirboshlanadi, 
ayrimlari esa tegishli to’lov yevaziga maxsus bajariladi va taqdim etiladi.


Masalan, «Marketing riserch korporeyshn of Amerika» firmasi oilalarning 
haftalik iste’mol mollari xaridi, iste’moli, ayrim chakana savdo korxonalari 
faoliyati xususida axborotlar tayyorlaydi. «Simmons market riserch byuro» firmasi 
esa har yili televizorlar bozoridagi o’zgarishlar, sport tovaralari, dori-
darmonlarning sotuvchi xususidagi axborotlarni aholining jinsi, daromadi, yoshi 
bo’yicha tabaqalanishini tahliliy ma’lumotlar shaklida keltiradi. 3. Iqtisodiy 
matbuot, tarmoq bo’yicha jurnallar, ro’znomalar va kitoblar. Ushbu turkum 
axborot manbai juda keng bo’lib, undagi tahliliy ma’lumotlar tegishli tashkilotga, 
tadqiqotchilar guruhiga yoki alohida shaxsga ta’lluqli bo’lishi mumkin. AQShda 
mashhur «Tayms», «Fayneshnl tayms» kabi ro’znomalar, «Biznes uik», 
«Forchun», «Forbs», «Garvard biznes revyu», «Jornal of markiting», «Jornal of 
marketing riserch», «Advertayzing yeydj», «Selz yend marketing menejment» va 
boshqa shu kabi jurnallar ommaviy matbuotda marketing tadqiqotiga oid 
maqolalar, hisobotlarni chop qiladi. Bundan tashqari, marketing tadqiqotlarining 
amaliy jihatlarini aks ettiruvchi risolalar, kitoblar ommaviy matbuot manbaidan 
olinadigan ma’lumotlarni yanada boyitadi.
4. Tashkilotlarning ommaviy tarzda chop etiladigan ma’lumotlariga yillik 
balans hisobotlari, narx varaqalari, reklama jurnallari, xaridorlar uchun 
yo’riqnomalar va shu kabilar kiradi. Bunday manbalardan o’zaro raqobatda 
bo’lgan firmalar ham ko’p foydalanadilar. Chunki, unda raqobatchi firmalarning 
sotish hajmi, mahsulot, xizmat ko’rsatish va narx siyosati xususida zarur 
ma’lumotlarni olish imkoni bo’ladi.

Download 237,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish