2. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishda sug‘urta puli, sug‘urta mukofoti va sug‘urta tariflari



Download 31,64 Kb.
bet1/5
Sana04.03.2023
Hajmi31,64 Kb.
#916345
  1   2   3   4   5
Bog'liq
download


4.1.3-Мавзу:“ “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni.
Reja:
1. “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining maqsadi, mazmuni va moxiyati. Asosiy tushunchalar.
2. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishda sug‘urta puli, sug‘urta mukofoti va sug‘urta tariflari
3. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish ob'ekt va sub'ekti, sub'ektlarning huquq va majburiyatlari
4. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovonini va uni to‘lash tartibi


1. “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining maqsadi, mazmuni va moxiyati. Asosiy tushunchalar.

O‘zbekiston Respublikasining “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi №386-sonli qonuni 2015 yil 26 mayda qabul qilingan. Qonunning asosiy maqsadi tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 2015 yil 15 sentyabr kuni «Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishning to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining №266-sonli qarori qabul qilindi. Yuqoridagi ushbu O‘zbekiston Respublikasi qonuni va Vazirlar Mahkamasining qarori Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishni tartibga soluvchi asosiy qonun xujjatlari xisoblanadi. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi ommaviy shartnoma xisoblanadi. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasiga ko‘ra, sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga yoxud tashuvchiga yo‘lovchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini mazkur shartnoma bo‘yicha shartlashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga sug‘urta puli doirasida qoplash majburiyatini oladi.


Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi tashuvchi va sug‘urtalovchi o‘rtasida tuziladi. Mazkur shartnomani tuzish uchun tashuvchining yozma shakldagi arizasi asos bo‘ladi. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bir yil muddatga tuziladi bunda quyidagi hollar mustasno. Yo‘lovchilarni va ularning mol-mulkini avtomobilda tashishni amalga oshiruvchi tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi uch oydan bir yilgacha bo‘lgan muddatga tuzilishi mumkin. Tashuvchi yo‘lovchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun o‘z fuqarolik javobgarligini tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish boshlanguniga qadar, 2015 yil 15 maydagi №386 sonli O‘zbekiston Respublikasi qonunida belgilangan shartlar asosida va Vazirlar maxkamasining 2015 yil 15 sentyabrdagi №266 sonli qarorida belgilangan tartibda sug‘urtalashi shart. Agar tashuvchilarning fuqarolik javobgarligi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari talablariga muvofiq tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish yuzasidan belgilangan sug‘urta pulidan kam bo‘lmagan miqdorda sug‘urtalangan bo‘lsa, ularga nisbatan tashuvchining o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish majburiyati tatbiq etilmaydi.Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi shartlari va uni tuzish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Bunda tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
shartnoma predmeti;
sug‘urta puli va sug‘urta mukofoti;
shartnomaning kuchga kirish sanasi va amal qilish muddati;
taraflarning huquq va majburiyatlari;
taraflarning javobgarligi;
nizolarni hal etish tartibi;
shartnomani o‘zgartirish, bekor qilish va muddatidan oldin tugatish tartibi.
Yuqoridagilardan tashqari tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar ham bo‘lishi mumkin.
Tashuvchilar o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urta qildirgan bo‘lishiga qaramasdan Qonun xujjatlariga asosan sug‘urta xodisasi xisoblanmaydigan bir nechta xolatlar xam mavjud, ya'ni quyidagilar oqibatida tashuvchi fuqarolik javobgarligining yuzaga kelishi ushbu Qonunga muvofiq sug‘urta hodisasi bo‘lmaydi:
- ma'naviy zarar yetkazilganligi va (yoki) boy berilgan foydaning o‘rnini qoplash majburiyati yuzaga kelganligi;
- nodir va boshqa noyob buyumlarga, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlardan va metallardan ishlangan buyumlarga, diniy qadriyatga ega buyumlarga, san'at asarlariga, qo‘lyozmalarga, noyob audiovizual asarlarga hamda intellektual faoliyatning boshqa natijalariga, qimmatli qog‘ozlarga, naqd pullarga, shu jumladan chet el valyutasiga shikast yetkazilganligi yoki ularning yo‘q qilinganligi;
- yo‘lovchining sug‘urta hodisasini yuzaga keltirishga qaratilgan qasddan qilingan harakatlari natijasida uning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilganligi.

Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:



Download 31,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish