4. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovonini va uni to‘lash tartibi
Sug‘urta tovoni bu shunday summaki sug‘urtalovchi tomonidan tashuvchining o‘rnidan yo‘lovchilarning xayoti, sog‘lig‘i va(yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararlar uchun jabrlanuvchilarga yoki ularning qonuniy vakillariga to‘lanadigan summa. Sug‘urta tovoni yo‘lovchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zarar miqdorida, lekin sug‘urta puli miqdoridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi. Yo‘lovchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zarar miqdori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aniqlanadi. Sug‘urtalovchi yo‘lovchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararni bartaraf qilish va (yoki) kamaytirish yuzasidan tashuvchining tashabbusiga yoki sug‘urtalovchining talabiga ko‘ra kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rilishi munosabati bilan tashuvchining yuzaga kelgan barcha bildirilgan va isbotlanadigan xarajatlari o‘rnini hatto bu choralar muvaffaqiyatsiz bo‘lgan hollarda ham qoplaydi. Bunda sug‘urta tovonining va tashuvchi mazkur xarajatlarining umumiy summasi sug‘urta puli miqdoridan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Sug‘urtalovchi sug‘urta tovoni xisobidan sud xarajatlarining, shuningdek jarimalar va boshqa shu kabi to‘lovlarning o‘rnini qoplamasligi belgilangan.
Sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda, o‘zining fuqarolik javobgarligiini majburiy sug‘urta qildirgan tashuvchi o‘zi sug‘urtangan sug‘urta kompaniyasiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 2015 yil 15 sentyabrdagi №266 sonli Qarorining 7-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha sug‘urta tovonini to‘lash talabi ko‘rsatilgan ariza bilan murojaat qiladi xamda ushbu arizaga quyidagilarning aslini yoki nusxalarini ilova qiladi:
jabrlanuvchining yoki naf oluvchining yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talabini o‘z ichiga olgan, tashuvchi nomiga yozilgan talabnomasi;
zarar yetkazilganligi faktini va yetkazilgan zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (vakolatli organning tashish chog‘idagi hodisa to‘g‘risidagi xulosasi yoki qarori, tibbiyot muassasasidan olingan ma'lumotnoma yoxud yo‘lovchining hayotiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar);
yo‘lovchining mol-mulkiga zarar yetkazilganligi faktini va yetkazilgan zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (bagaj pattasi - mavjud bo‘lgan taqdirda; tashish chog‘ida shikast yetkazilgan yoki yo‘qotilgan mol-mulkning taxminiy vazni ko‘rsatilgan, yo‘lovchi tomonidan ixtiyoriy ravishda tuzilgan ro‘yxati; yo‘qotilgan mol-mulk qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar - mavjud bo‘lgan taqdirda va hokazo);
tashuvchining yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi qarori;
agar ish sud tomonidan ko‘rilgan bo‘lsa, yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi sud qarori;
jabrlanuvchi yoki naf oluvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatning;агар суғурта товони йўловчининг меросхўрларига тўланиши керак бўлса, - meros huquqi olinganligini, shuningdek merosxo‘rlar shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar.
Yuqorida ko‘rsatilgan xujjatlar taqdim etilishi shart va shu bilan bir qatorda yuqorida nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilish qonun xujjatlariga muvofiq taqiqlanadi. Sug‘urtalovchi tomonidan qo‘shimcha xajjat ta'lab etilsa qonun xujjatlariga asosan javobgarlikka tortiladi.
Sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lash haqidagi yoki to‘lashni rad etish to‘g‘risidagi qarori tashuvchiga u sug‘urta tovonini to‘lash talabi ko‘rsatilgan yozma shakldagi ariza bilan murojaat etganidan keyin o‘n besh kundan kechiktirmay xabar qilinishi kerak. Sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish to‘g‘risidagi qarorida rad etishning asoslantirilgan sabablari ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Sug‘urta tovoni, sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilgan kundan e'tiboran besh ish kunidan kechiktirmay bevosita jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga to‘lanadi.
Agar Sug‘urtalovchi (sug‘urta kompaniyasi) sug‘urta tovonini to‘lashni yuqorida belgilangan muddatda amalga oshirilmagan bo‘lsa, sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundagi bank foizining hisob stavkasidan kelib chiqqan holda jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga sug‘urta tovoniga qo‘shimcha ravishda penya to‘laydi.
Agar tashuvchi yo‘lovchining hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini sug‘urtalovchining yozma roziligiga ko‘ra o‘z hisobidan qoplasa, sug‘urtalovchi tashuvchiga sug‘urta tovonini mazkur zararning o‘rnini qoplash tartibida tashuvchi amalga oshirgan to‘lovlarni tasdiqlovchi hujjatlar tashuvchi tomonidan taqdim etilganidan keyin to‘laydi.
Agar tashuvchi yo‘lovchining hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini sug‘urtalovchining yozma roziligisiz har qanday usulda qoplagan bo‘lsa yoki yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashni va'da qilgan bo‘lsa, tashuvchining bu harakatlari sug‘urtalovchi uchun majburiyatlarni keltirib chiqarmaydi.
Yo‘lovchining hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash hisobiga boshqa manbalardan jabrlanuvchi yoki naf oluvchi tomonidan olingan to‘lovlar sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lash bo‘yicha majburiyatlarini kamaytirmaydi.
Agar tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish ob'ekti bir vaqtning o‘zida ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha ham sug‘urtalangan bo‘lsa, ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta tovoni majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta tovonini to‘lash shartlaridan qat'i nazar to‘lanadi.
Yo‘lovchining hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan, o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan zarar miqdori to‘liq aniqlanguniga qadar, sug‘urtalovchi sug‘urta tovonining mazkur zararning amalda aniqlangan qismiga muvofiq bo‘lgan qismini tashuvchining arizasiga ko‘ra to‘lashga haqli.
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi amal qilishi davrida jabrlanuvchining yoki naf oluvchining yuzaga kelgan zararlari o‘rni, agar jabrlanuvchi yoki naf oluvchi mazkur shartnomaning amal qilish muddati tugaganidan keyin uch yil ichida sudga zararlarni undirish to‘g‘risidagi da'vo bilan murojaat etgan bo‘lsa, sug‘urtalovchi tomonidan qoplanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |