2. Tashkilotni qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashgan tashkilot sifatida identifikatsiyalash mexanizmi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin



Download 124,81 Kb.
bet1/4
Sana01.01.2022
Hajmi124,81 Kb.
#285695
  1   2   3   4
Bog'liq
908 13.11.2017




O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

Tashkilotni qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashayotgan tashkilot sifatida identifikatsiyalash mexanizmi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 26-maydagi PQ-3012-son qaroriga muvofiq, berilayotgan imtiyozlar bo‘yicha soliq qonunchiligini qo‘llashda yagona yondashuvni ta’minlash, qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashayotgan tashkilotlarni identifikatsiyalash mexanizmini joriy etish, shuningdek, ularning mahsulotlarini qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari toifasiga kiritish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:



1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2015 — 2019-yillar uchun iqtisodiyot va ijtimoiy tarmoq sohalarida energiya hajmini qisqartirish, energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” 2015-yil 5-maydagi PQ-2343-son qarori 5-bandining uchinchi xatboshiga muvofiq, qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashgan korxonalar va tashkilotlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab 5 yil muddatga barcha soliqlardan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy ajratmalardan ozod etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Tashkilotni qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashgan tashkilot sifatida identifikatsiyalash mexanizmi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi:

qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashgan tashkilotlarga ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq soliq imtiyozlari berilishida ko‘maklashishni;

qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashgan va soliq imtiyozlari berilayotgan tashkilotlarning yagona ma’lumotlar bazasi shakllantirilishini ta’minlasin.

4. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qayta tiklanadigan energiya manbalari bo‘yicha texnologiyalarni joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarda energiya samaradorligini oshirish masalalari, yoqilg‘i-energetika resurslaridan tejamkorlik bilan oqilona foydalanishning muhimligi muntazam yoritib borilishini ta’minlasin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov hamda “O‘zstandart” agentligi bosh direktori A.U. Karimov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2017-yil 13-noyabr,

908-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi 908-son qaroriga


ILOVA

Tashkilotni qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashayotgan tashkilot sifatida identifikatsiyalash mexanizmi to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar



1. Ushbu Nizom tashkilotni qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashayotgan tashkilot sifatida identifikatsiyalash mexanizmini belgilaydi.

2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


Download 124,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish