2-tajriba ishi.(4-soat)



Download 14,55 Kb.
bet1/5
Sana14.02.2022
Hajmi14,55 Kb.
#448248
  1   2   3   4   5
Bog'liq
tajriba 2


2-TAJRIBA ISHI.(4-soat)


NARYAD VA FARMOYISH BERISH. NARYAD-IJOZATNI TO‘LDIRISH YO‘LLARI


Ishdan maqsad
Naryadda ko‘rsatilgan barcha xavfsizlik choralarining bajarilishi va uni etarliligiga, ijozat beruvchi va ishboshi tомonidan brigada a’zolariga berilgan yo‘riqnомa sifati, hamda to‘laligiga, shu bilan birga ish bajarish jarayonida ishni xavfsiz olib borish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilish.


Nazariy qism
Naryad, bu farmoyish beruvchi shaxs tомonidan bajariladigan ishni xavfsiz bajarish shartini belgilaydi. U naryadda ko‘rsatilgan xavfsizlik choralarini to‘g‘riligi va etarli darajadaligiga, brigada a’zolarining malakasi va soni bo‘yicha etarligiga, ishni xavfsiz bajarish uchun javobgar shaxsni tayinlashga, shuningdek naryadda ko‘rsatilgan xizmatchilarni elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhi, ular bajarishi kerak bo‘lgan ishga muvofiq ekanligiga javobgardir.
Naryad ikki nusxada, telefon yoki radio orqali berilganda esa uch nusxada yoziladi. Telefon yoki radio orqali berilganda naryad beruvchi bir nusxada yozadi. Naryad matnini qabul qiluvchi shaxs esa, naryadni ikki nusxada telefon yoki radiogramma holida qabul qiladi va qaytarib tekshirgandan so‘ng, naryad beruvchi imzosi o‘rniga uning ismi-sharifi, hamda familiyasini yozib naryad matnini to‘g‘riligini o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi.
Ishlashga ijozat beruvchi vazifasini ham bajarishi tayinlangan hollarda naryad ishboshiga qanday usulda berilishidan qat’iy nazar, ikki nusxada to‘ldiriladi va naryadning bir nusxasi naryad beruvchida qoladi.
Mahalliy sharoitga qarab (ya’ni dispetcherlik punkti joylashgan erni hisobga olib), naryadning bir nusxasi ish joyini tayyorlashga ruxsat beruvchi va ishlashga ijozat beruvchi xodimda (dispetcherda) qolishi mumkin. Bitta ish rahbariga beriladigan naryadlar sonini naryad beruvchi belgilaydi. Ishlarni bajarilishini ketma-ketligini va ishlashga ketma-ket ijozat berish uchun, ishlashga ijozat beruvchiga va ishboshiga (nazorat qiluvchiga) bir yo‘la bir nechta naryad va farmoyishlar berilishi mumkin.
Naryadni ish boshlangan kundan boshlab 15 kalendar kunigacha bo‘lgan muddatga berish ruxsat etiladi. Naryadni 1 marta, uzaytirishga ruxsat berilgan kundan boshlab, 15 kalendar kun muddatigacha uzaytirish mumkin. Ish jarayonidagi tanaffuslarda naryad o‘z kuchini saqlab qoladi.
Naryad muddatini naryad beruvchi yoki ushbu elektr uskunada naryad berish huquqiga ega bo‘lgan xodimgina, uzaytirishi mumkin. Naryad muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ruxsatnомa telefon, radio yoki chopar orqali ishlashga ijozat beruvchiga, ish rahbariga yoki ishboshiga berilishi mumkin. Bunday hollarda ushbu xodim o‘z imzosi bilan naryad muddatini uzaytirgan xodimning ismi va familiyasini naryadga yozib qo‘yadi.
Naryadlar, ish to‘liq tugatilganidan so‘ng, 30 kun davомida saqlanishi kerak, so‘ngra yo‘q qilib yuborilishi mumkin.
Farmoyish bir marta bajariladigan ishga xos bo‘lib, uning ta’sir muddati bajaruvchilar ish kunining davомiyligi bilan belgilanadi. Farmoyish ishboshiga va ishlashga ijozat beruvchiga yoki ish joyini tayyorlashga ruxsat etuvchi, hamda ishlashga ijozat beruvchi xodimga beriladi.
Mahalliy navbatchisi bo‘lmagan elektr uskunada ishlashga ijozat berishni hojati bo‘lmagan hollarda, farmoyish to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishboshiga berilishi mumkin.
Farmoyish bilan olib borishga mo‘ljallangan ish, naryad beruvchi xodim ixtiyoriga qarab, naryad bilan bajarilishi mumkin.



Download 14,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish