2. Tadbirkоrlik faоliyatining shakllari. Tadbirkоrlik kapitalining mohiyati,uning harakati va doiraviy aylanishining bosqichlari


Aylanma kapitaldan samarali foydalanishning umumlashuvchi ko’rsatkichi hisoblangan iqtisodiyot miqyosida mahsulotning material sig’imi (M



Download 98,13 Kb.
bet15/16
Sana10.07.2022
Hajmi98,13 Kb.
#768777
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
2 5237766691110262771

Aylanma kapitaldan samarali foydalanishning umumlashuvchi ko’rsatkichi hisoblangan iqtisodiyot miqyosida mahsulotning material sig’imi (Msig’) mahsulot yaratishda iste’mol qilingan aylanma kapital qiymatining yalpi ichki mahsulot (YAIM) yoki milliy daromadga (Md) nisbati orqali aniqlanadi:
.
Korxona miqyosidagi material sig’imi (Msig’.kor.) unda iste’mol qilingan aylanma kapital qiymatining ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga nisbati orqali aniqlanadi:
.
Sarflangan aylanma kapital birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori material sig’imi ko’rsatkichiga teskari miqdordir.
Aylanma mablag’lardan foydalanish samaradorligi u bilan aylanma kapital o’rtasidagi nisbatga bog’liqdir. Bevosita ishlab chiqarish jarayonida band bo’lgan aylanma kapitalning salmog’i qanchalik ko’p bo’lsa, aylanma mablag’lardan shunchalik samarali foydalaniladi.
Amaliyotda aylanma mablag’lardan foydalanish samaradorligi ularning aylanish koeffitsienti bilan o’lchanadi. Bu koeffitsient bir yil ichida sotilgan mahsulot qiymatining aylanma mablag’larning o’rtacha yillik summasiga nisbati sifatida aniqlanadi.
Aylanish davri (a) yildagi kunlar sonining aylanishlar soniga (n) nisbati bilan aniqlanadi:
.
Aylanma mablag’lar aylanishini tezlashtiradigan asosiy omil ishlab chiqarish vaqtini avvalo ish davrini, shuningdek, muomala vaqtini qisqartirishdir.


Xulosalar:



  1. Xo’jalik yuritishning bozor tizimiga o’tish – iqtisodiyotning tadbirkorlik turiga o’tish demakdir. Tadbirkorlikning iqtisodiy tabiati tashabbuskorlik, tavakkalchilik va mas’uliyat, ishlab chiqarish omillarini yangicha usulda birlashtirish, novatorlik kabi bir qancha belgilar bilan tavsiflanadi.

  2. Tadbirkorlik faoliyati deb shakli va sohasidan qat’iy nazar foyda olishga va undan samarali foydalanish maqsadiga qaratilgan iqtisodiy faoliyatga aytiladi.

  3. Tadbirkorlik daromadining o’ziga xos xususiyati shundaki, birinchidan, u ishlab chiqarish jarayonida resurslarning eng optimal variantda qo’llanilishi natijasida vujudga keladi, ikkinchidan esa, bozorda ayirboshlash natijasida shakllanadi.

  4. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun mamlakatda ma’lum darajada shart-sharoit yaratilishi zarur. Tadbirkorlik vazifalarini amalga oshirish, rivojlantirish va shakllantirishga ta’sir ko’rsatadigan shart-sharoitlar majmuasi tadbirkorlik muhitini tashkil qiladi. Tadbirkorlik muhiti bir necha unsurlardan tashkil topgan: huquqiy asosning mavjudligi, iqtisodiy erkinlik, shaxsiy manfaat, bozorning rivojlanganligi, raqobat, davlatning cheklangan roli.

  5. «Tadbirkorlik» va «biznes» tushunchalari mazmun va mohiyatan bir faoliyatni anglatadi. Ammo faoliyatning novatorlik tomoni haqida gap borganda «tadbirkorlik» tushunchasi ishlatiladi.

  6. Hozirgi zamon bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik faoliyatining quyidagi shakllari samarali amal qilib kelmoqda: xususiy tadbirkorlik, mas’uliyati cheklangan va mas’uliyati cheklanmagan jamiyatlar, hissadorlik jamiyatlari. Hissadorlik jamiyatlarining rivojlanishi milliy iqtisodiyot uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Hissadorlik jamiyatlarining paydo bo’lishi qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantiradi, iqtisodiyotga to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar oqimini ko’paytiradi, aholining keng qatlamini tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishga undaydi.

  7. Kapital o’zining amal qilish jarayonida bir necha shaklda namoyon bo’ladigan murakkab hodisadir. Ilk bosqichda kapital buyum, pul, qiymat ko’rinishida bo’lib, xo’jalik faoliyatiga yo’naltiriladi. SHuning uchun kapital avanslangan qiymat shaklini oladi. Natijada kapital qo’shimcha mahsulot, daromad olishni ta’minlaydigan qiymatga aylanadi.

  8. Kapitalning aylanishi shunday harakatki, unda kapital barcha ishlab chiqarish bosqichlarini o’tib, o’ziga xos bo’lgan vazifalarni bajarib o’zining dastlabki shakliga qaytadi. Kapitalning aylanishi avanslangan qiymat butunlay qoplangan taqdirda amalga oshgan hisoblanadi. Kapital aylanish tezligi kapitalning bir yilda aylanish tezligi va aylanish soni bilan o’lchanadi.

  9. Kapital o’zining aylanish xususiyatiga qarab asosiy va aylanma kapitalga bo’linadi. Asosiy kapital ishlab chiqarish jarayonida to’liq ishtirok etib, o’z qiymatini mahsulot qiymatiga qismlar bilan o’tkazadi. Mehnat vositalari o’rnini qoplash uchun mo’ljallangan va amortizatsiya fondida jamg’ariladigan asosiy kapital qiymati amortizatsiya ajratmalari deyiladi. Amortizatsiya ajratmalari summasining asosiy kapital qiymatiga nisbati amortizatsiya normasi deyiladi va foizlarda hisoblanadi. Aylanma kapital ishlab chiqarish jarayonida o’z qiymatini to’laligicha tayyor mahsulot qiymatiga o’tkazadi.


Download 98,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish