4. Tashkilot tushunchasi
Prinsipial jihatdan yangi lahza – shaxs tomonidan yollash to`g`risidagi shartnoma doirasida o`z harakatlarini nazorat qilish huquqining ixtiyoriy ravishda topshirilishi – bozor konstitutsiyasi me’yorlariga tuzatishlar kiritishni talab qiladi. Birinchidan, murakkab utilitarizm me’yoriga faqat yollash to`g`risidagi shartnoma tomonlaridan biri – uning foydasiga nazorat huquqi topshirilayotgan tomon amal qiladi. Bitimning ushbu tomonini «prinsipal» yoki «topshiriq beruvchi» deb ataymiz. Bitimning ikkinchi tomoni – «agent» yoki «ijro etuvchi» ma’lum darajadan ortiq bo`lgan mukofot evaziga o`z harakatlarini o`zi nazorat qilish huquqidan voz kechadi. Boshqacha aytganda, «agent» o`z foydaliligini ko`paytirmaydi, balki uning ma’lum darajasiga erishishni mo`ljallaydi (cheklangan utilitarizm me’yori). «Prinsipal» va «agent» o`rtasidagi munosabatlar qat’iy shaklda quyidagi tenglamalar bilan yoritiladi:
max EU(principal) q EU[f(Q),Q,A,S],
EU(agent) q EU (Y, A, S) ≥ U,
bu yerda: Q – shartnomani amalga oshirish natijasi ("chiqish");
Y q f(Q) - "agent" faoliyatiga haq to`lashning tanlangan sxemasi;
A - ""prinsipal" tomonidan qo`yilgan vazifalarni bajarish bo`yicha agent" qo`llaydigan sa’y-harakatlar;
S – shartnoma tomonlariga bog`liq bo`lmagan «tabiiy» omillar.
Ikkinchidan, «agent»ning xatti-harakati oqilona maqsadli harakat tamoyillarini buzadi, chunki u maqsadlarni tanlashda erkin emas – maqsadlar «prinsipal»ning manfaatlari bilan belgilangan. «Agent» o`z harakatlarida o`z manfaatlariga amal qilmasligi kerak, u birinchi navbatda «prinsipal»ning manfaatlarini ko`zlashi lozim. Ideal «agent» «prinsipal»ning manfaatlarini o`z manfaatlari singari qabul qiladi.
Uchinchidan, ishonch me’yorini amalga oshirish bilan bog`liq muammolar ham mavjud. «Agent» «prinsipal»ga u tomonidan u yoki bu vaziyatda qabul qilinadigan qarorlarning to`g`riligi nuqtai nazaridan ishonishi lozim. «Prinsipal»ga ishonmagan «agent» unga nazorat qilish huquqini topshirishdan manfaatdor emas. Bundan tashqari, «agent» «prinsipal» «agent»ning harakatlari ustidan nazorat sohasini shartnoma bilan belgilanmagan munosabatlarga ham yoymasligiga ishonch hosil qilishi kerak. Teskari holat noto`g`ri, chunki «prinsipal» hatto «agent»ning harakatlarini o`z foydaliligini emas, balki «prinsipal»ning foydaliligini oshirishga yo`naltirish zarurligini hisobga olgan holda unga nisbatan ma’lum darajada ishochsizlik bilan munosabatda bo`lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |