MAVZU: SOLIQ MUNOSABATLARI SUB’YEKTLARINING HUQUQLARI VA SOLIQ MAJBURIYATLARINING BAJARILISHI (2 SOAT) Reja: 1. Soliq to‘lovchilarning huquqlari. Soliq to‘lovchilarning majburiyatlari. 2. Soliq majburiyati tushunchasi. Soliq to‘lovchilar tomonidan majburiyatini bajarish tartibi. 3. Soliq solish ob’yektlarini va soliq solish bilan bog‘liq ob’yektlarni aniqlash xususiyatlari. Hisob hujjatlari. 4. Hisob hujjatlarini tuzish va saqlash. Alohida-alohida hisob va uni yuritish qoidalari. 5. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati. Yuridik shaxs tugatilganda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash. Soliq to’lovchilarning huquqlari - soliq solish ob’ektini hisobga olishda, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish hamda to’lashda o’zlari yo’l qo’ygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish;
- soliq tekshiruvlari materiallari bilan tanishish va tekshiruv dalolatnomalarini olish;
- soliq tekshiruvlarini amalga oshirayotgan davlat soliq xizmati organlariga soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarini bajarishga doir masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish;
- davlat soliq xizmati organlarining, boshqa vakolatli organlar va ular mansabdor shaxslarining Soliq Kodeksida va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq bo’lmagan hujjatlari hamda talablarini bajarmaslik;
- davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;
- davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning qonunga xilof qarorlari yoki ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari tufayli yetkazilgan zararning o’rni qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish.
Soliq to’lovchilarning majburiyatlari - o’z soliq majburiyatlarini o’z vaqtida va to’liq hajmda bajarishi;
- qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritishi, moliyaviy va soliq hisobotini tuzishi;
- davlat soliq xizmati organlariga va boshqa vakolatli organlarga imtiyozlar olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi;
- soliq tekshiruvlari o’tkazilayotgan vaqtda davlat soliq xizmati organlariga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish, to’lash bilan bog’liq hujjatlar hamda ma’lumotlarni taqdim etishi;
- davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning hamda ular mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi, shuningdek mazkur organlarning, ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga to’sqinlik qilmasligi shart.