2 soat Reja: Mustaqillikning 29 yilligi munosabati bilan Respublika maxsus komissiyasining yurtimiz aholisiga murojaati



Download 32,4 Kb.
bet1/7
Sana31.12.2021
Hajmi32,4 Kb.
#201922
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 mavzu “Sen qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O’zbekistonim!”


1-mavzu. “Sen qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O’zbekistonim!”

(2 soat)

Reja:

  1. Mustaqillikning 29 yilligi munosabati bilan Respublika maxsus komissiyasining yurtimiz aholisiga murojaati

  2. 2020 yil - Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili

  3. 29 yil mobaynida o’zbek xalqi va O’zbekiston nimalarga erishdi?

Bugun O’zbekiston o’z taraqqiyotining yangi bosqichiga dadil qadam qo’ymoqda. Muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoev boshchiligida O’zbekistonning yangi, ochiq, demokratik va insonparvar qiyofasi yaratilmoqda. Jonajon xalqimizning ertaga emas, bugun baxtli yashashi uchun amalga oshirilayotgan mazkur islohotlarning tahsirini har bir yurtdoshimiz o’zi va oilasi misolida ko’rib, sezib turibdi.


Oyning o’n beshi yorug’, o’n beshi qorong’u bo’lganidek, hayot ham turli sinov va qiyinchiliklardan iborat. Buni butun yer yuzi aholisini jiddiy tashvishga solayotgan xavf – pandemiya misolida ham ko’rish mumkin.
Bizga ham, afsuski, bu sinov yetib keldi. Kutilmaganda hayot tarzimizni, odatlarimizni, bir maromda ketayotgan jarayonlarni o’zgartirishimizga, yangi talab va shartlar asosida yashashga o’rganishimizga to’g’ri keldi.
Besh oydan ortiq vaqt davomida davlatimiz rahbarining topshiriqlari va ko’rsatmalariga muvofiq bu xatarni imkon qadar kam talafot bilan yengib o’tish uchun barcha zarur choralarni ko’rib kelmoqdamiz.
Ko’rilgan samarali chora-tadbirlar hamda tibbiyot hodimlarining fidokorona xizmatlari natijasida bugungi kunga kelib O’zbekistonda koronavirus yuqtirgan jami 40 mingdan oshiq fuqarolarimizning qariyib 38 mingga yaqini yoki 93 foizi sog’aydi, 2700 dan ziyod bemorni davolash va oilasi bag’riga qaytarish choralari ko’rilmoqda.
Vaziyat, ayniqsa, Toshkent shahrida ijobiy tomonga o’zgarmoqda. Yaqinda Rossiya, Germaniya va Xitoydan taklif etilgan shifokorlar hududlar o’rtasida taqsimlangani, xorijlik ekspertlar asosan og’ir ahvoldagi kasallarni eng zamonaviy uslublar asosida, tizimli ravishda davolashga jalb etilgani o’zining yaxshi samarasini berdi.
Mazkur yo’nalishda amalga oshirayotgan shu va boshqa chora-tadbirlarimiz yaqin kunlarda o’zining ijobiy samarasini ko’rsatishiga, barcha yurtdoshlarimiz yanada jipslashib, har tomonlama tartib-intizomni saqlagan holda, yuksak onglilik va mashuliyat ko’rsatib, mo’htabar keksalarimizning duoi fotihalari bilan bu sinovdan eson-omon o’tishimizga, qattiq ishonamiz.
Kasallik tarqalishining surhatini pasaytirish va jarayonni jilovlab turishda ommaviy tadbirlar va turli marosimlardan voz kechishning ahamiyati katta ekanini bugun yaxshi anglab yetdik. Xalqimiz salomatligi har narsadan ustun turishini, inson hayoti eng oliy qadriyat ekanini ham pandemiya davri bizga yana bir bor eslatdi, ko’rsatdi.
Vujudga kelgan murakkab sharoitni hisobga olib, bu yilgi qator bayramlar va ommaviy tadbirlar o’tkazishni vaqtincha to’xtatganimizdan barchangiz xabardorsiz.
Mana, yurtimiz mustaqilligining 29 yillik ayyomi ham yaqinlashib kelyapti. Davlatimiz rahbarining topshiriqlariga muvofiq, pandemiya sharoitida mazkur buyuk sanani nishonlash tartibini kelishib olish uchun sog’liqni saqlash tizmining vakillari bilan maslahat qildik. Albatta, bunda ham asosiy vazifa – xalqimiz salomatligini asrash nuqtai nazaridanmasalaga yondashildi.
Pandemiya bilan bog’liq vaziyat bu yil joylarda katta yig’in va ommaviy sayillar o’tkazishni, shuningdek, bog’ va ko’ngilochar maydonchalarda kontsert dasturlari tashkil etishni, Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida mushakbozliklarni cheklashni talab qilmoqda. SHuning uchun ushbu ulug’ sanani ko’proq oila davrasida nishonlashni tashkil etish maqsadga muvofiq, degan qarorga keldik.
Korxona va tashkilotlarda ham bayram tadbirlari rejalashtirilgan taqdirda, ularni sanitariya normalariga qathiy rioya etgan holda o’tkazish kerakligini alohida tahkidlamoqchimiz. Ushbu kunlar biz uchun har qachongidan-da sinovli bo’ladi. Ko’rilayotgan choralar qanchalik natija berishi tez orada ayon bo’ladi.
Har birimiz pandemiya sharoitida yashash va ishlashga, harakatlarimizda epidemilogik talablarga so’zsiz amal qilishga odatlanishimiz kerak.
Shu bois, hokimlar, sektor rahbarlari va vazirlarga doimiy ravishda vaziyatni tahlil qilib, COVID-19 tarqalishini qathiy cheklash, bemorlarni samarali davolash va ehtiyojmandlarga yordam berish bo’yicha barcha choralarni ko’rib borish topshiriladi.

Xalqimiz asrlar davomida intilib yashagan va kurashgan, «mustaqillik» degan bebaho ne’matning qadr-qimmatini yosh avlodning teran idrok etishi, o’tgan davr mobaynida bosib o’tgan og’ir va mashaqqatli, ayni vaqtda sharafli yo’limiz, keng ko’lamli islohotlarimiz, qo’lga kiritgan ulkan yutuqlarimizning tub mohiyati va ahamiyatini o’quvchilarga yetkazish, sodda qilib aytganda, biz kecha kim edigu bugun kim bo’lganimizni anglatish, ularni yangi marralar sari ruhlantirish maqsadida “Mustaqillik darsi”ni o’quvchilarning faol ishtirokini tahminlagan holda tashkil etish lozim.

Darsni tashkil etishdan oldin sinf xonasi mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar aks ettirilgan shiorlar bilan bezatiladi.


Download 32,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish