Mashgʻulot jarayonining uzluksizligi, yuklama va dam olishning zichlangan rejimi
Sport mashgʻuloti jarayonining uzluksizligi quyidagi asosiy jarayonlar bilan harakterlanadi:
Mashgʻulot jarayoni tanlangan sport turida kamolotga erishish maqsadida yil davomida va koʻp yillar tayyorgarlik jarayonida surunkasiga davom etadi:
Navbatdagi har bir mashgʻulotning ta’siri bundan ilgarigisining «izi» ustiga boradi:
Mashgʻulotlar oʻrtasidagi dam olish intervali ish qobili-yatini tiklash va oʻstirishning umumiy tendensiyasini kafolatlaydigan darajada boʻlib, goho ish qobiliyati qisman tiklanib etmay turib mashgʻulot oʻtkazishga ham yoʻl qoʻyiladi.
Soʻnggi ikki moment ayrim ma’noda baxsli boʻlib, shuning uchun izoh talab qiladi. Navbatdagi har bir mashgʻulotning ta’siri ilgarigisining «izi» ustiga qoʻshilishi haqida gapirilganda «iz» soʻzini organizmda mashgʻulotlar natijasida
yuzaga keladigan va oqibat natijada sportchi organizmining ish qobiliyati yuksalishida, uning fazilatlari, malakalari va mahoratlarining rivojlanishida oʻz ifodasini topadigan ijobiy oʻzgarishlar (fiziologik, bioximik va morfologik oʻzgarishlar) deb umumiylashgan ma’noda tushunish kerak. Demak, ikkinchi momentning ma’nosi mashgʻulotlar orasidagi intervallarning haddan tashqari oʻzaytirib yuborilishiga yoʻl qoʻymaslikdan, ilgarigi ta’sir etishlar natijasi saqlana borishini ta’min etishdan va shu yoʻl bilan sport faoliyatida uzluksiz yuksalish uchun shart-sharoit yaratishdan iboratdir.
Uchinchi jarayonning ahamiyati yuqorida sistemalilikning umumiy prinsipi tahlil etilishi munosabati bilan yoʻlakay tushuntirib oʻtilgan edi. Bunda sport mashgʻulotlari vaqtida yukla-ma bilan dam olishni almashtirib turish sistemasining oʻziga xos tomonlarini ta’kidlab oʻtish kerak. Gap shundaki, sportchining mashgʻulotlari hamma vaqt faqat ish qobiliyati toʻla tiklangan va «oʻta tiklangan» sharoitda oʻtkazilavermaydi. Vaqt-vaqti bilan ish qobiliyati hali toʻla tiklanmagan sharoitda bir necha mashgʻulotlar samarasini jamlashga yoʻl qoʻyiladi. Buning ma’nosi oranizmga alohida yuksak talab qoʻyish va natijada navbatdagi dam olish vaqtida ish qobiliyatini juda yuksak darajaga koʻtarishdir. Keyingi yillardagi sport amaliyotida va eksperimental ma’lumotlar mashgʻulot yuklamalarining bunday rejimi ma’lum sharoitlarda ratsional hisoblanish mumkin ekanligidan dalolat beradi (L.I. Abrosimova, I.G.Ogolsov va boshqalar). Bunda charchoqni tamomila qoldirish uchun etarli dam olish, sportchining oldindan mashq koʻrganligining yuqori boʻlishi, puxta tibbiy-pedagogik nazorati albatta shartdir.
Shunday qilib, umumiy qoida - navbatdagi har bir mashgʻulotda sportchini ish qobiliyatini toʻla tiklab va «oʻta tiklab» boʻlgandan keyin boshlash - sport mashgʻulotida maxsus xususiyatga ega boʻladi. Bu erda mazkur qoida har bir mashgʻulotga alohida tadbiq etilishi shart boʻlmay, balki bir necha mashgʻulotlardan iborat mashgʻulotlar seriyasiga tadbiq etiladi. Bunda ana shu seriyalar jamlangan ulkan bitta yuklama hisoblanadi. Bu seriyadagi mashgʻulotlarning miqdori va ular oʻrtasidagi intervallarning kattaligi koʻpgina shart-sharoitlarga, jumladan, mashgʻulotning davr va bosqichlariga bogʻliqdir.
Mashgʻulot jarayonining bunday zichlanishi tufayli mashgʻu-lotlarning umumiy miqdori anchagina ortib, ayrim vaqtlarda (etarli darajada yuksak malakali sportchilarda) haftasiga 6 ta va undan ortiq martaga etadi, albatta. Bunda barcha mashgʻulotlar asosiy emas va yuklama jihatidan teng boʻlmaydi. Ularning ba’zi-lari olgʻa tomon odimlashga, ya’ni sportchilarning yangi marralarni egallashlariga xizmat qilib, ularga eng yuksak mashgʻulot talablari qoʻyiladi. Birinchi sport razryadi boʻyicha natija koʻrsatgan yosh sportchilar bilan har kuni bir martalik mashgʻulot oʻtkazilsa (haftalik mikrosikllar juda ham kam holda 1-2 marta oʻtkaziladi. Yuqori malakali sportchilarda bunday rejim oldingi natijani ushlab turishi mumkin. Shuning uchun ular bilan har kuni 2-4 mash-gʻulot oʻtkazilsa, haftada 4-7 mashgʻulot katta yuklama bilan oʻtkaz-ilishi kerak. Boshqa ba’zi mashgʻulotlar esa qoʻshimcha ahamiyatga ega boʻladi. Boshqa ba’zi mashgʻulotlar esa qoʻshimcha ahamiyatga ega boʻladi. Asosiy mashqlar agar ular chidamlilikni tarbiyalashga koʻproq qaratilgan boʻlmasa, odatda umumiy ish qobiliyati tiklangan va ortgan sharoitda olib boriladi. Qoʻshimcha mashgʻulotlar esa gʻoyat xilma-xil
sharoitlara oʻtkazilishi mumkin, chunki ularning ma’lum qismidan hatto dam olishning faol formasi sifatida ham foydalaniladi.