Dars jarayoni va texnologiyasi
Ishning nomi
|
Bajariladigan ish nomi
|
Metodi
|
Vaqti
|
I bosqich
Tashkiliy qism
Ehtiyojlarni aniqlash
|
O’quvchilar davomatini aniqlanadi.Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
Ma’naviyat daqiqasi o’tkaziladi.Dars davomida rioya qilinishi lozim bo’lgan qoidalar belgilanadi..Dars shiori e’lon qilinadi.
|
Suhbat
|
2 daqiqa
2 daqiqa
|
II bosqich
O’tilgan mavzuni mustahkamlash
|
a)uy vazifasini tekshirish ;
b)o’tilgan mavzuni mustahkamlash
|
Savol-javob
(tarqatma materiallar asosida )
|
3 daqiqa
1 daqiqa
|
III bosqich
Yangi mavzu bayoni
|
1-misol og’zaki usulda bajariladi.Bunda 16-7 ni ayirish bajarish ikki usulda tushuntiriladi.
7=6+1 ,16-6-1=9 , 16=7+9, 16-9=7,16-7=9
Yodda saqlab qolishlari ta’kidlanadi.
2-misollar dars taxtada navbatdan bajariladi.
3-masala:qisqa sharti tuzilib, dars taxtada yozma tarzda bajariladi .
4-masala:jadval asosida masala tuzilib,dars taxtada yozma tarzda bajariladi .
5 topshiriq “Ha yoki Yo’q “oyini o’yini orqali og’zaki bajariladi.
|
Tushuntirish
Muammoli izlanish
|
5 daqiqa
5 daqiqa
5 daqiqa
5 daqiqa
5 daqiqa
5-daqiqa
|
IV bosqich
Mustahkamlash
|
O’tilgan mavzu asosida tayyorlangan test topshiriqlariga javob beradilar.
|
Muammoli izlanish
|
3 daqiqa
|
V bosqich
Baholash
|
1.O’quvchilarning darsda ishtiroki hisobga olinib,olgan baholar e’lon qilinadi.
2.Dars yakunlanadi.
|
|
1 daqiqa
1 daqiqa
|
VI bosqich
Uyga vazifa
|
6-7-misollar uyga vazifa qilib beradi.
Uyga vazifa o’quvchilarga tushuntiriladi.
|
Tushuntirish
|
2- daqiqa
|
Dars g’oyasi :Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lishlari shart”. I.A.Karimov
Mavzu : 16- 1- 1-5 misol va masala
Mavzuga oid tayanch tushunchalar : Qo’shish , ayirish , noma’lumni topish.
Mavzuning qisqacha ta’rifi : 18 ichida bir xonali sonlarni o’nlik orqali o’tib ayirish mavzusini mustahkamlash .
Darsning maqsadi :
1. Ta’limiy : O’quvchilarga 18 ichida bir xonlai sonlarni o’nlik orqali o’tib ayirishni o’rgatish , shu mavzuga oid egallangan bilimlarni mustahkamlash. Tez hisoblash ko’nikmalarini shakllantirish ; Didaktik o’yinlar orqali o’quvchilar bilimini mustahkamlash. .Matematika faniga qiziqishni ortirish .
2. Tarbiyaviy : Guruhlarda ishlash orqali o’quvchilar o’rtasida do’stona munosabat hamda o’zaro hurmat ruhida tarbiyalash . Vaqtdan unumli foydalanishga o’rgatish , matematik muammolarni ahillik , birodarlik , hamjihatlik, hozijavoblik bilan hal etish fazilatlarini tarbiyalash .
3. Rivojlantiruvchi : Dars jarayonida tayanch va fanga oid kompetensiyalarni tadbiq qilgan xolda matematik tafakkur va nutqini rivojlantirish , egallangan bilimlarni hayotga tatbiq eta olishga o’rgatish . Topshiriqlarni bajarish orqali o’quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish. .
Dars turi : Yangi bilim beruvchi.O’quvchilarni bilim,ko’nikma va malakalarini rivojlantiruvchi .
Dars metodi : O’quvchilarni faollashtiruvchi metodalardan foydalanish , savol-javob , tushuntirish , musobaqa.”Aqliy hujum ”,”O’yin –topishmoq ”,”Bumerang”
Dars jihozi : 2- sinf matematika darsligi, texnika vositalar , mavzuga oid tayyorlangan slayd , didaktik materiallar .Olma daraxti ,Akvarumdagi baliqlar .
Fanlararo bog’lanish : o’qish, ona tili , atrofimizdagi olam , odobnoma
Darsning borishi :
1.Tashkilliy qism . (3 daqiqa )
O’qituvchi : Bilimga chanqoqlarim
Sho’x va dono bolalarim,
Eson –omon keldingizmi ,
Assalomu alaykum .
O’quvchilar : Biz bilimga chanqoqlar ,
Sho’x va dono bolalar .
Eson - omon keldik biz ,
Vaalaykum assalom .
O’qituvchi : Qani ayting bolalar
Kim navbatchi bo’ladi ?
Ushbu kunning hisobin ,
Menga aytib beradi ?
Navbatchi axboroti : Ustoz sinfimizda
__ qiz-u, ___ bola
Jami____ tamiz,
Shundan bugungi darsga
Hamma : Biz hammamiz tayyormiz
Bugungi sanamiz ____________________________________________
O’quvchilar hammamiz osmon-u falakka qaraymiz,qushlar gala-gala bo’lib qayerga uchib ketmoqda?
Tashqariga qaraymiz ,negadir daraxtlarning barglari sarg’ayib yerga to’kilmoqda-ya?
Bu holat qaysi fasldan darak bermoqda?
O’quvchilar kuz faslini ta’riflovchi sherlar aytadilar.
O’qituvchi : Aziz o’quvchilar VATAN” deganda nimani tushunasiz?
- VATAN- kindik qonimiz to’kilgan tuproq,buyuk ajdodlarimiz yashagan diyor,katta bo’lgan beshigimiz, tug’ilib o’sgan joyimiz, mahallamiz.
- Ota-onamiz va qarindosh urug’larimiz, do’sti-yor , ajdodlarimiz,
- Ma’naviyat nima?
-Ma’naviyat-insonni ruhan poklanish,qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamlarning ichki dunyosi,irodasini baquvvat ,iymon-e’tiqodini butun qiladigan,vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch ,barcha qarashlarining mezonidir . I.A. Karimov
-_Eng buyuk jasorat nima ?
-Eng buyuk jasorat –ma’naviy jasoratdir .
- Aziz o’quvchilar, hozir darsimiz nima ?
- Darsimiz matematika
O’rganamiz hisobni .
Ayirishni ,qo’shishni ,
Masala ila misolni.
Darsimizning shiori:
Matematika fanlar ichra shoh
Uning sirlaridan bo’lingiz ogoh
Matematika kitobi nima deydi?
Mening ishim hisob-kitob
Hamda berish nuru-oftob,
Bo’lmay qolsam agar bir kun
Dunyo bo’lar zim-ziyo tun
O’qituvchi:
.Aziz o’quvchilar, DTS talablari bo’yicha sizlar qanday bilim va ko’nikmaga ega bo’lishingiz kerak ?
-1dan 100 gacha bo’lgan sonlar ustida qo’shish va ayirishni bilish ;
-Bir xonali sonlarni qo’shish va mos ayirish jadvallarini yoddan bilish ;
-Ko’paytirish amali,uning komponentlari va natijasi ,belgilari va asosiy xossalarini ;
-Bo’lish amali,uning komponentlari va natijasi ,belgilari va asosiy xossalarini bilish ;
-sonli va harfiy ifodalarni bilish va ular orasidagi farqlarni ajrata olish ;
- qavsli ifodalarda amallar bajarishni ;
-geometrik shakllar,ularni o’lchash, shaklning yuzini topishni;
-eng sodda tenglamalar va yechish haqida tushunchag ega bo’lish kerak .
O’qituvchi : Bolajonlar men sizlarga bir savol beraman. Aytayotgan narsa nomini toping . Unga ta’rif beraman :
-Biz uni sevib tomosha qilamiz ? U juda qiziqarli bo’ladi ?
- Uni kattalar ham sevib tomosha qilishadi? Unda hayvonalr ham odamlar ham ishtirok etadi ? U ertaklarga o’xshaydi-yu, lekin uni ko’rish mumkin ?
- Multfilm
-Juda to’g’ri . Bugun bizning sevimli multfilm qahramonlari darsimizga kelib, sizdek bilimdon bo’lishmoqchi ekanlar . Ularga yordam beramizmi ?
-Ha , yordam beramiz
MULTFILMLAR
.
2.O’tilgan mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa)
O’qituvchi : Bugun biz uch guruhga bo’linib olib ,o’z bilimlarimizni namoyish etamiz . Guruhlar o’z nomlarini va guruh sardorlarini aytishlari kerak . ( Guruhlar maslahatlashadilar va nomlari ,sardorlarini e’lon qiladilar .Qo’shimcha savollarda olma darxti mevalari va akvarumdagi baliq savollariga javob beradilar .)
I-guruh : .Atamalar guruhi- yig’indi,qo’shish,ayirma,,ayrilish,ta ortiq,ta kam.
Biz bo’lamiz birinchi,
Qani yutib ko’ring-chi.
Dars qilganmiz hamma vaqt,
Bizda bo’lar baland taxt.
2-guruh : Belgilar guruhi- 0dan 9gacha bo’lgan raqamlar ya’ni belgilardir.
Biz ham ortda qolmaymiz,
So’ngi o’rin bo’lmaymiz.
Chiqing maydon kutmasin,
Qimmatli vaqt o’tmasin.
3-guruh Ishoralar guruhi ,, + ’’, ,,- ” >’’<” = ’’ bular ishoralardir .
Bizni chetga surmangiz,
Bellashamiz qo’rqmaymiz.
Bo’ling kamtarga kamol,
Haddingizdan oshmangiz.
O’qituvchi : Musobaqani boshlaymiz .(Slayd namoyish etiladi .)
Guruhlar quyidagi shartlar asosida bellashadilar .
1.Tezkor savolga- tezkor javob ( o’tilganlar asosida savollar)
2. Biz o’ylaymiz topamiz .( 1-misol va 2-masala)
3.O’ylab,o’ynab bajaramiz . ( 3-4 misollar )
I-guruhga savollar : 1. Birinchi qo’shiluvchini qanday topamiz ?
2..Eng katta ikki xonali son qanday son?
II-guruhga savollar : 1.Geometrik shakllarni aytib bering ?
2. Uchburchakning tomonlari 4,3,5 sm. Uning peremetrini toping ?
III-guruhga savollar: 1.Qo’shish hadlarini ayting ?
2. 5 ta 3 ning yig’indisini toping ?
Bilmasvoy
3. Yangi mavzu : ( 20 daqiqa ) -I ye -bolajonlar Bu kim ?
- Juda to’g’ri topdingiz . Bu - Bilmasvoy .Bilmasvoyga 2- misolni yechishda yordam bermasak bo’lmas ekan ?
. Har bir guruh o’quvchilari ikkitadan tadan misol yechadilar .
1-guruh 2-guruh 3- guruh
9 + 9 = 18 14 – 5 = 9 15 – 6 = 9
8 + 6 = 14 13 – 5 = 8 16 – 8 = 8
6 + 6 – 2 = 10 8 + 8 – 6 = 10 7 + 7 – 4 = 10
-Bilmasvoy xursand bo’lib , 2-misolni oxirgisini o’zi yechibdi . To’g’riligini tekshiring-chi ? ( Monitorda 16 - 8 = 8 misoli ko’rinadi )
Bolajonlar .Bilag’onni taniyapsizmi ?
-Bilag’on 3- masalani yechib bo’libdi . Qani kim masalani menga o’xshab to’g’ri bajarar ekan ? –deb kutib turibdi .(1-guruhdan 1 nafar o’quvchi chiqib, masalani yechadi . Keyin monitordagi masalaga solishtiriladi . )
G’isht teruvchi -16 nafar Yechish
Suvoqchi – ? 7 nafar kam 1 . 16 - 7 = 9
Suvoqchi -? nafar Javob : 9 nafar
-Bilag’onni yana bitta savol bilan sizlarni sinab ko’rmoqchi ?
( O’quvchilar tuxumning foydasi haqida gapiradilar )
- Bolajonlar bu maymunmi ?
- Meni qaysi multfilmda ko’rgansizlar ?
- “Maymun og’a ya’ni G’arbga sayohat ”, “ Maugli ” .
- Juda to’g’ri topdingiz . 3-shartga o’tamiz . Kim 4- masalani tez va to’g’ri bajarsa, men o’sha o’quvchilarga banan beraman . Masala to’g’ri bajarilishi uchun shartini va yechimini to’g’ri bajarish shart .
4- masala
Bor edi
|
Yeyishdi
|
Qoldi
|
16 ta apelsin
|
8 ta apelsin
|
? ta
|
Jadval asosida masala tuzadilar
Bolajonlar o’rtoqlaringiz bananni yemoqchi bo’lishyapti ,to’g’ri qilishyaptimi ?
Yo’q .
Demak , oldin qo’lni yuvish kerak .(Dam olish daqiqasi) (2 daqiqa)
Sovunni olib , qo’lni 12 xil usulda yuvish qoidalarini bajardilar .
( Keyin banan yegandek harakat qilamiz )
O’qituvchi : Bolajonlar maymun xafa bo’lib qoldi . Maymun haqida bilgan ma’lumotlaringizni har bir guruhdan bir nafar o’quvchi aytib berishingiz kerak .
1-guruh : Maymun hayvonot bo’g’ida ,o’rmonlarda yashaydigan yovvoyi hayvon.
2-guruh : Maymun juda epchil, chaqqon, harakatchan hayvon u daraxtdan daraxtga bemalol sakray oladi .
3-guruh: . Maymunlarning turlari juda ko’p .Shinpanze,gorilla
O’qituvchi : Yordam bering deb kim-u kelyapgan tanidingizmi ?
Ha , bu Qizilshapkacha ekan . Qizilshapkachaga buvisining uyiga yetib olishida yordam berar ekanmiz . Yordam beramizmi ?
Ha , yordam beramiz .(Misollar yechilsa qizilshapkacha buvisinikiga yetib oladi)
O’qituvchi : 5- misolni 2-guruhdan o’quvchilar “Ha”,”Yo’q” o’yini orqali og’zaki bajarishlari kerak .
- 9 bilan 5 ning yig’indisi 16 dan kattami ?
-16 bilan 8 ning ayirmasi 13 dan kichikmi? .
- 13 bilan 6ning ayirmasi 7 dan kattami?. (O’quvchilar navbat bilan javob beradilar. )
Yangi mavzuni mustahkamlash .(5 daqiqa )
-Bugungi darsimizda kichik dovondan oshgan bo’lsak vaqtimiz behuda o’tmagan bo’ladi.
-Siz bugun darsimizda nimalarni bilib oldingiz?
-18 ichida bir xonali sonlarni onlik orqali o’tib ayirishni .
-O’nliklar ustida amallarni,
-Tez hisoblay olishlikni
-Qo’shish va ayrishni farqini o’rganib oldik
“Venn diagrammasi” orqali har uch guruh a’zolari olgan bilimlarni tekshiriladi.
1-guruh: ,, qo’shish’’ haqida ma’lumot bersa,
2-guruh :,,ayrish’’ haqida ma’lumot beradi.
3-guruh : 2 ta amal tartibida o’xshashliklarni topadi;
Baholash. Guruhlar to’plagan ballar hisoblanib, g’oliblar e’lon qilinadi Qo’yilgan baholar izohlanadi .(3 daqiqa )
Uyga vazifa : (2 daqiqa) 6 – 7 misol va masala. Masalani tushuntirib beriladi va misol yechish yo’llari o’rgatiladi. Dars so’nggida darsda faol qatnashgan o’quvchilariga “Sinf prezidenti”,”Eng a’lochi “,”Eng faol” naminasiyalari beriladi va birkalari bo’ynilariga taqib qo’yiladi .O’quvchilar hammasi olqishlaydilar. Dars yakunlanadi.
12,1,10,3, 8,5
2,11,4,9,6,7
Do'stlaringiz bilan baham: |