O‘rganar avval odob
Kitob o‘qigan bola.
Yuzi bo‘ladi oftob
Kitob o‘qigan bola.
Po‘lat Mo‘min
She’rni yozing. Yozganlaringizni tekshiring.
Qaysi so‘zlar oxirida p tovushi eshitiladi, ammo b harfi yoziladi?
Qaysi so‘zlarning to‘g‘ri yozilishini tekshirish kerak?
59-mashq. So‘zlarni o‘qing. Ko‘chiring.
Ziyoda — ziyod, maqsadim — maqsad, ozo- da — ozod, maktabi — maktab, rubobi — rubob, javobi — javob.
Qaysi so‘zlarning oxirida jarangsiz undosh to- vushlar eshitilyapti? Shu so‘zlarning tagiga chizing.
So‘z oxirida kelgan jufti bor undosh tovush- ning yozilishini tekshirish kerak.
Qaysi so‘z tekshirishda asos bo‘lyapti?
So‘z oxirida kelgan jufti bor undosh tovushning yozilishini tekshirish uchun undoshdan so‘ng unli tovush qo‘shib aytamiz.
Oxirida undoshdan keyin unli keltirilgan so‘z tekshiruvchi so‘z hisoblanadi: umidi — umid, sababi — sabab.
60-mashq. So‘zlarni o‘qing. 0‘g‘il bolalar ismi oxirida qaysi harflar tushirib qoldirilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |