Tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ona tili faniga muhabbat uyg‘otish, oila va uning a’zolariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga o‘rgatish;
Rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning so‘z boyligini o‘stirish, fikrlash, xulosa chiqarishga o‘rgatish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):O‘qituvchi nutqini, video va audio (multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarni tinglab tushuna oladi; rasmlar asosida va o‘qib eshittirilgan matn yuzasidan suhbatga kirisha oladi, nutq jarayonida o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi; mashq matnidagi so‘zlarni qo‘shib o‘qiy oladi, gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va ifodali o‘qiy oladi, harflar birikmasi ishtirok etgan so‘zlarni o‘qiy oladi; so‘zda nechta tovush bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘lishini bir unli tovush bo‘g‘in hosil qilishini, ya’ni o-na, u-ka, a-ka kabi bo‘g‘inga bo‘la oladi, harflar birikmalari ishtirok etgan so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘la oladi, x va h tovushli so‘zlarni to‘g‘ri yoza oladi, bir mavzu doirasidagi savollarga javob yoza oladi, mash’al, ma’qul, ta’lim, Jur’-at, ta’-zim kabi tutuq belgili so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lib yoza oladi, lug‘at, izohli, eshituv, yoddan yozuv, rasm diktant yoza oladi hamda gaplarni rasmlar tartibida ko‘chira oladi.
Lingvistik kompetensiya: o‘zbek tilidagi nutq tovushlarining talaffuzida talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
I.Tashkiliyqism:Salomlashish, yo’qlamaqilish, o’quvchilarnidarsgatayyorgarliklarinitekshirish.
II.O’tilgan mavzuni takrorlash:
1. O'quvchilar daftari ko'rib chiqiladi.
2. Suhbat yordamida uy vazifasi qanday bajarilganligi aniqlanadi.
III.Yangi mavzu bayoni:
216-mashq. Rasmni ko‘zdan kechiring.
Reja bo‘yicha hikoya tuzing.
Reja
Shohida idishlarni yuvayotgan edi.
Ukasi oshxonaga kirdi.
Hikoyani davom ettiring...
O‘qing
Kechki ovqatdan keyin Shohida idishlarni yuvayotgan edi. Suvning bosim bilan oqayot- ganini eshitgan ukasi Azizbek oshxonaga kirdi.
— Opa, qarang, suv bekorga oqib ketyapti, tugab qolsa nima qilamiz? — dedi u...
Sh. Karimova
Hikoyani o‘zingiz davom ettirib yozing. Harakatni bildirgan so‘zlarning tagiga chizing.
217-mashq. Mazmunga mos qush nomlarini qo‘yib, gaplarni yozing. Harakatni bildirgan so‘zlar tagiga chizing.
…chirqillaydi. ... qag‘illaydi. kukulaydi…chiroyli sayraydi.
Nuqtalar o‘rniga qo‘yish uchun so‘zlar: olaqarg‘a, chumchuq, kakku, bulbul.
2018-mashq. Maqollarni o‘qing.
Kamtar bo‘lsang, obro‘ ortar,
Manman bo‘lsang, ensa qotar.
Ko‘kka boqma, ko‘pga boq.
Ularni yozing va o‘ylab ko‘ring. Maqollarning mazmunini qanday tushuntirish mumkin?
Ortar, boq so‘zlariga yaqin ma’noli so‘zlar tanlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |