Xursan... , balan... , darax... , pas... , far- zan... , payvan... , ros... , do‘s... .
Shu so‘zlarning aytilishi va yozilishida qanday farq bor?
Samarqand, farzand, do‘st, daraxt kabi so‘zlar oxirida kelgan d, t tovushlari ba’zan aytilmasa ham yoziladi.
67-mashq. O‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning aytilishi va yozilishidagi farqni ayting.
Ona shahrim — azim Toshkent,
Go‘zallikda tengsiz poytaxt.
Kelajagi buyuk shahar,
Quchog‘ida yuz ochar baxt.
Ko‘chalari ravon, nurli,
Binolari ko‘rkam, baland.
Bo‘lsam deyman bir koriga
Yaraydigan komil farzand.
Abdurahmon Akbar
She’rning keyingi olti qatorini yozing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning yozilishini yodda tuting.
68-mashq. Tez va to‘g‘ri o‘qing.
Olti juft oq chinni choynakka to‘rt juft ko‘k qopqoqni, to‘rt juft ko‘k chinni choynakka olti juft oq qopqoqni yopib bo‘ladimi?
Qaysi so‘zlar oxiridagi undosh tovush aytilmasa ham yoziladi?
69-mashq. 0‘qing.
Do'stlaringiz bilan baham: |