55-mashq. Yonma-yon berilgan so‘zlarni o‘qing. Shu so‘zlarning birinchi tovushini talaffuz qilib, qiyos- lang. Qaysi tovushni talaffuz qilganingizda shovqin va ovoz, qaysilarida faqat shovqin eshitiladi?
Dil — til, gul — kul, joy — choy, jala — chala, zina — sina, vaza — fazo.
So‘zlarni yozing. Yonma-yon berilgan so‘zlar ma’nosini farqlayotgan harflarning tagiga chizing.
O‘zbek tilida jarangli va jarangsiz undosh tovushlar bor.
Jaranglilar: bdgv z g‘ jjl m n r y ng
Jarangsizlar: pt kfsxch shqh
Jarangli undosh tovushlarni aytganda shovqin va ovoz eshitiladi, jarangsiz undosh tovushlarda faqat shovqin eshitiladi.
56-mashq. So‘zlarni o‘qing.
Gul — kul, barg — park, vahm — fahm, jim — chim.
Juftlab berilgan so‘zlarning birinchi tovushini talaffuz qiling. Ular qanday tovushlar?
Javob namunasi: gul so‘zida birinchi tovush g — jarangli, k — uning jarangsiz jufti.
57-mashq. 0‘qing. Talaffuzda qaysi so‘z oxiridagi и undosh tovushning jarangsiz jufti aytilyapti?
Hamma o‘z ishi bilan band bo‘ldi. Oyisi ovqat qildi. Buvisi ko‘rpa qavidi. Dadasi hovlida yer chopdi. Keyin birgalashib ovqatlanishdi, choy ichishdi. Kavsar Turdiyeva
Yozing.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash:
V.Uyga vazifa:
“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: _____________________
2-sinf Fan: Ona tili
Sana: __________________ Sinf: _________________________
23-dars
Mavzu: JARANGLI VA JARANGSIZ UNDOSH TOVUSHLAR. ULARNING HARF BILAN IFODALANISHI (58-60-mashqlar)
Darsning texnologik xaritasi
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
|
Metod:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi,”Rasmli boshqotirma”, “Eng vijdonli o’quvchi” o’yinlari.
Shakl:jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.
Jihoz:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar,tarqatma testlar,plakatlar.
Nazorat:O’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi.
Baholash:O’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,dars oxirida e’lon qilinadi.
|
Darsning maqsad va vazifalari
|
O‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o‘quvchilarda grammatikaga oid bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublariga oid tushunchalarni) shakllantirish va rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda fikrini to‘g‘ri va ravon bayon eta olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
|
Tayanch kompetensiyalar:
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |