Dars o’quv maqsadi: bolalarni maktabga tayorlik darajasiga qo`yiladigan talablar to’g’risida tushuncha berish.
Reja: 1. Matematika mashg`ulotlarini o`tkazishga qo`yilgan talablar.
2. Mashg`ulotlarni iivxta o`tkazishda asosiy shart - sharoitlar..
1.Matematika mashg`ulotlarini o`tkazishga qo`yilgan talablar: 1. Matematika mashg`ulotlarida son — sanoq bo`limi bilan bir qatorda dasturning boshqa bo`limlarini ham rejalashtirish, son — sanoq bo`limidagi dastur vazifasi hamma mashg`ulotlarda ham asosiy o`rinni egallashi kerak.
2. Har bir mashg`ulotda ikki uch programma vazifasi planlashtiriladi. Birinchisi yangi, keyingilari takroriy.
3. Olti — sakkiz mashg`ulotdan keyin takroriy tipda mahgulotlarni o`tkazish tavsiya qilinadi.
4. Matematika mashg`ulotlarida eng asosiy o`rgatish usuli ko`rgazmali o`rgatish usulidir. O`rgatish usulida harakatli o`yin, didaktik o`yin usullari katta o`rin egallaydi.
5. Matematika mashg`ulotlarida programma mazmuni ko`rgazmali materiallar asosida bolalarga tushuntirib boriladi.
6. Ikkinchi kichik va o`rta gruppada mashg`ulotlarni yakunlashda tarbiyachi programma mazmunida bolalarga tushunarli so`zlar bilan umumlashtirib aytib beradi.
Katta va tayyorlov gruppada bolalar ishtirokida umumlashtiriladi.
2.Mashg`ulotlarni iivxta o`tkazishda asosiy shart - sharoitlar. 1.Tarbiyachi bolalarni ilmiy psixologik pedagogik taraqqiyoti xususiyatlarining asoslarini qonuniyatlarini bilish.
2. Bolalarni matematik tasavvurlariga uning taraqqiyotidagi
ilmiy sistemani bilish.
3. Har bir yosh gruppasidagi elementar matematika tasavvurlarini o`rgatish programmasini ya'ni ish mazmunini bilish.
4. Bolalarni o`rgatish metodik usullarini egallash, ya'ni ishni qanday olib borish.
5. O`rgatish programma materialini egallash faqat maxsus mashg`ulotdagina amalga oshirilishini bilish.
6. Har bir mashg`ulotda son-sanoq faoliyati bilan birgalikda boshqa matematik tushunchalari:
Kattalik, shakl, tevarak atrof, vaqt tushunchasini planlashtirishni bilish.
7. Mashg`ulotlar didaktik printsip asosida tuzilishini bilish.
8. Mashg`ulotlarda turli analizatorlardan keng foydalanish.
9.Ko`rgazmali materiallardan keng foydalanish eng asosiy shart sharoitlardan biri ekanligini bilish.
10. Hap bir bolaning tarqatiluvchi material ishlashi va har bir mashg`ulotning asosiy sharti ekanligini bilish kerak.
Pedagogik masala
Maktabga tayyorlov gruppasida matematikaga qiziquvchi bir necha bola bor edi. Ular qiziqarli masalalarni o`ylab tolar edilar. Bu masalalar barcha bolalar bilan birgalikda muhokama qilinadi.
Original masalalarni tarbiyachilar maxsus daftarlariga yozib olardilar.
Nazorat savol va topshiriqlari. 1. Tarbiyachilar to`g`ri ish olib borishganmi?
2. Mashg`ulotlarda va kundalik hayotda bunday bolalarga individual yondashash nimadan iborat bo`lishi kerak?
Mustaqil ish topshiriqlari: 1. Mashg`ulot konspektining ahamiyati.
2. Konspektning tuzilishi.
3. Mashg`ulotlarning davo’liyligi.
Tavsiya etiladigan qo’shimcha adabiyotlar. 1. T.1997. Uzbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi.
2. Bikbaeva N.U., Ibroximova 3.I., Kosimova X.I. «Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish — T., «Uqituvchi» 1995.
3. Bikbaeva N.U. «Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda matematik tasavvurlarni rivojlantirish» T., 1996 y.