2-seminar mashg’ulot Gadoiy haqida nimalarni bilasiz?



Download 23,73 Kb.
Sana13.06.2022
Hajmi23,73 Kb.
#660883
Bog'liq
gadoyi anvar


2-seminar mashg’ulot
1.Gadoiy haqida nimalarni bilasiz?
2.Gadoiy devonida qanday lirik turga oid she’rlar jamlangan?
3.Shoir badiiy mahorati haqida fikr yuriting.
4.Shoir devonida g’azalning o’rni qanday?

JAVOBLAR:


1. Gadoiy haqida nimalarni bilasiz?
Gadoiy (taxallusi; asl ismi nomaʼlum) (1403/04 — 15-asr oxiri) — shoir. Gʻazal janri, aruz ilmi va sheʼriyat qoidalarini yaxshi bilgan. Asosan turkiy (oʻzbek) va qisman fors tilida gʻazal, qitʼa, tuyuq, mustazod, qasidalar yaratgan. Gadoiy oʻz ijodi bilan 15-asr oʻzbek mumtoz sheʼriyati rivojiga katta hissa qoʻshgan. Xususan, uning gʻazallari mazmunan hayotiyligi, badiiy va shaklan barkamolligi bilan ajralib turadi. Ayrim gʻazal va qitʼalarida shoirning oʻz hayoti lavhalari va ruhiy kechinmalari aks etgan. Sheʼriyatida „charx jafosi“, „roʻzgʻor javri“dan figʻon, „gʻurbat mehnati“ va „rohiblar tazyiqidan“ shikoyat ohanglari seziladi. Gadoiy sheʼrlari aruzning xalq qoʻshiqlariga yaqin ramal, hazaj bahrlarida yozilgan; tili xalqona sodda, vazni yengil, shux va uynoqi.

2. Gadoiy devonida qanday lirik turga oid she’rlar jamlangan?
Gadoiyning 15-asr 2-yarmi — 16-asr boshlarida nomaʼlum kotib tomonidan koʻchirilgan „Devoni Gado“ asari bor. Unga 2974 misradan iborat 230 gʻazal, 1 mustazod, 1 qasida, 5 qitʼa, tuyuq kirgan. „Devon“dagi qasida temuriy shahzoda Muhammad Jahongir Mirzoning oʻgʻli Halil Sulton madhiga bagʻishlangan. Devon qoʻlyozmasi Parij Milliy kutubxonasida, mikrofilmi va fotonusxasi Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Gadoiyning forsiydagi sheʼrlari Fahri Hiraviyning „Radoyif ul-ashʼor“ tazkirasiga kiritilgan. Gadoiy sheʼrlari Turkiya (1960) va AQSH (1971) da bosilib chiqqan.

3. Shoir badiiy mahorati haqida fikr yuriting.


Shoirning badiiy mahorati juda yuksak hisoblanadi. U g’azal janrida shuhrat qozongan shoir. Alisher Navoiy Gadoiy ijodiga yuqori baho beradi. Uni turkigo‘y adiblar orasida alohida hurmat va e’tiborga sazovorligini uqtiradi. «Majolis un-nafois» tazkirasida shunday yozadi: «Mavlono Gadoiy turkigo‘ydur, balki mashohirdindur. Bobur Mirzo zamonida she’ri shuhrat tutti, bir navoye aytur va uning mashhur matlalaridin biri budurkim:»
Bunda Navoiy Gadoiyning turkiy shoir ekanligini, ya’ni turkchada ijod qilganligi aytib, turkiylarning mashoyihi, ya’ni shoiri ekanligini aytadi. Shuningdek, U Bobur zamonida yashaganini aytadi.

4. Shoir devonida g’azalning o’rni qanday?


Gadoiy G'azallari - Mumtoz she’riyatda g’azal shoirning salohiyati ko’lamini anglatuvchi asosiy janr hisoblangan. Har bir ijodkorning maqomi uning g’azalchilikdagi mahorat darajasi bilan belgilangan. Shuningdek, devon tuzishda ham g’azal alohida mavqe kasb etgan. O’tmishda g’azal yozmagan ijodkorning devon tartib berishi mumkin bo’lmagan. Shoirning “Mubtalo bo’ldi yana…”, “Sanga”, “Yoz fasli”, “Ey ko’ngul, dilbar xayoli chunki hamdamdur sanga…” kabi g’azallari mashhurdir. Quyida “Ey ko’ngul, dilbar xayoli chunki hamdamdur sanga…” g’azali taxlili keltirilgan.
EY KO’NGUL, DILBAR XAYOLI CHUNKI HAMDAMDUR SANGA
Ey ko’ngul, dilbar xayoli chunki hamdamdur sanga,
Vodiyi hijron ichinda o’zga ne g’amdur sanga.

Alhaq ushbu lutfi xulq-u husni istig’no bila,
Kishvari ko’rk ichra sultonlig musallamdur sanga.

Ul ko’zi o’tluqni sevdung o’z hadingni bilmayin,
Ishq o’ti har necha kuydursa, hanuz kamdur sanga.

Qon yutarmen rashk elindin har kecha tongg’a degin
Kim, nechuk bodi sabo hamroz-u hamdamdur sanga.

Ayb emastur gar parishonsen dog’i oshuftahol,
Ey Gado, chun orzuyi zulfi purxamdur sanga.


Mazkur g'azal o'zining jozibadorligi va ohangdorligi bilan Gadoiy adabiy merosida alohida ajralib turadi. Unda oshiqning xokisor holati shunchalar samimiy va dilga yaqin tasvirlanadiki, o'quvchi beixtiyor bu tasvirning asiriga aylanadi. G'azal bugungi kunda ham xonandalarimiz tomonidan sevib ijro etib kelinmoqda.


Mavzu: Gadoiy she’riyati tahlili
1. Devonning qo‘lyozmasi hajmi 66 varaq bo‘lib, shoirning 230 g‘azali, 1 qasidasi, 1 mustazodi va 5 to‘rtlikdan iborat. Gap kimning devoni haqida ketmoqda?
A. Atoyi
B. Sakkokiy
C. Lutfiy
D. Gadoiy
2. Gadoiy haqidagi dastlabki ma’lumot kimning qaysi asqrida uchraydi?
A. Rabg’uziy “Qisasi Rabg’uziy”da
B. Navoiy “Majolis un-nafois”da
C. Navoiy “Mahokamat ul-lug’atayin”da
D. Devoni hikmatda
3. Gadoiy devoninig qo’lyozmasi qayerda saqlqnadi?
A. Parij Milliy kutubxonasida saqlanadi
B. Istanbul kutubxonasida
C. London kutubxonasida
D. Sankt Peterburg kutubxonasida
Download 23,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish