3.4-masala.Ifzanit portlovchi moddasining molekulyar formulasi aniqlansin (portlovchi modda tarkibi 2.4-masalada keltirilgan).
3.5-masala.Alyumotol portrlovchi moddasining kimyoviy formulasi aniqlansin (portlovchi modda tarkibi 2.5-masalada keltirilgan).
3.6-masala.Granulit AC-4 portlovchi moddasining kimyoviy formulasi aniqlansin.
3.7-masala. Ammiakli selitra, trotil, alyuminiy va geksogendan tarkib topgan, ammonit qoyali №3 portlovchi moddasining kislorod balansi -0,78% ga teng bo’lsa ushbu portlovchi modda molekulyar farmulasi tuzilsin.
PORTLOVCHI MODDA ZARYADI PORTLAGANDA HOSIL BO’LADIGAN GAZLAR ISSIQLIGINI ANIQLASH.
Portlovchi modda portlaganda hosil bo’ladigan gazlar issiqligi, hajmi, harorati va bosimi portlash mahsulotlari tarkibi va miqdoriga bog’liq bo’ladi.
Portlash mahsulotlari tarkibi va sanoat portlovchi moddalarining portlash reaksiyasi ularning kislorod muvozanatiga bog’liq bo’ladi.
Portlovchi moddala rportlash reaksiyasini quyidagi uch guruhga bo’lish mumkin:
1. Portlovchi modda tarkibidagi yonuvchi elemnetlarni to’la oksidlash uchun yetarli miqdorda kislorodga ega bo’lgan portlovchi moddalar. Ushbu guruhga kiruvchi portlovchi moddalar kislorod muvozanati nolli yoki musbat bo’ladi. Masalan, nitrogliserin parchalanish reaksiyasi quyidagicha bo’ladi:
2C3H5(ONO2)3→6CO2+5H2O+3N2+0.5O2.
2. Tarkibida portlash vaqtida portlovchi modda to’liq gazga aylanishi uchun yetarli miqdorda kislorod mavjud bo’lgan portlovchi moddalar. Bunda portlovchi modda tarkibidagi kislorod dastlab vodorodni to’liq oksidlab suv hosil qiladi, uglerodni oksidlab uglerod oksidini hosil qiladi va kislorodning qolgan qismi uglerod oksidi bilan birikib garbonat angidridini hosil qiladi. Masalan, tenning parchalanish reaksiyasi quyidagicha bo’ladi:
C(CH2ONO2)4→4H2O+3CO2+2N2.
Ushbu guruhga kiruvchi portlovchi moddalar portlaganda elementar vodorod, metan va boshqa uglevodorodlar hosil bo’lib, hisoblash ishlarini qiyinlashtiradi.
3. Tarkibida portlash vaqtida portlovchi modda to’liq gazga aylanishi uchun yetarli miqdorda kislorod mavjud bo’lmagan portlovchi moddalar. Bundayhollardaportlovchi modda tarkibidagi vodorod to’liq oksidlanib suv hosil bo’ladi, uglerodning bir qismi oksidlanib uglerod oksidini hosil qiladi va erkin holda uglerod ajralib chiqadi. Masalan, trotilning parchalanish reaksiyasi quyidagicha bo’ladi:
C7H5(NO2)3→2.5H2O+3.5CO+.5C+1.5N2.
Hisoblashishlarishuniko’rsatadiki, bunday portlovchi moddalar portlaganda shuningdek СО2, Н2, СН4, NH3va boshqa birikmalar ham hosil bo’ladi.
Portlash issiqligi deganda 1 mol yoki 1 kg portlovchi modda portlatilganda ajralib chiqadigan issiqlik tushuniladi.
Portlash issiqligini hisoblash yoki tajriba yo’li bilan aniqlash mumkin. Bundastandartsharoitsifatidaharorat 18 0C (ba’zida 25 0C) vabosim1,01∙105Pa qilib qabul qilinadi.
Portlash issiqligini hisoblash Gess qonuniga asoslangan bo’lib, unga ko’ra portlash issiqligi reaksiya kechish yo’liga bog’liq bo’lmasdan tizimning boshlang’ich va oxirgi holatiga bog’liq bo’ladi. Bunday hollarda portlash issiqligi portlovchi modda va portlash mahsulotlaridan hosil bo’lgan issiqliklar algebraik yig’indisiga teng.
Quyida uchta holat (Gess uchburchagi) ni ko’rib o’tamiz.
Bu sxemaga ko’ra birinchi boshlang’ich holat portlovchi modda tarkibidagi erkin elementlarga, ikkinchi holat portlovchi moddaning o’ziga va yakunlovchi uchinchi holat esa portlash mahsulotlariga xosdir.
Reaksiya quyidagi ikki yo’nalish bo’yicha ketishi mumkin:
1. Erkin elementlardan portlovchi modda hosil bo’lib, bu reaksiya musbat yoki manfiy issiqlik sig’imi Q1-2 bilan tavsiflanadi, shundan so’ng portlovchi modda portlaydi va portlash issiqligi Q2-3 ajralib chiqadi.
2. Erkin elementlardan portlash mahsulotlari hosil bo’ladi va ularning hosil bo’lishida Q1-3 issiqlik ajralib chiqadi.
Bundan
Do'stlaringiz bilan baham: |