2. Rahbar shaxsi tipologiyasi. Boshqaruv faoliyatida zarur bo’ladigan muhim sifatlarni aniqlash


Rahbarlikka loyiqlik mezonlari asosida liderlikning vazifalari



Download 0,85 Mb.
bet8/22
Sana23.01.2022
Hajmi0,85 Mb.
#405168
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
6-MAVZU. RAHBAR SHAXSI PSIXOLOGIYASI VA MULOQOT MADANIYATI.

Rahbarlikka loyiqlik mezonlari asosida liderlikning vazifalari:

Lider - ma’mur;

Lider - rejalashtiruvchi;

Lider - siyosatchi;

Lider - baholovchi ekspert;

Lider - jamoning vakolatli vakili;

Lider - rag‘batlantirish va jazolash tashabbuskori;

Lider - hukm chiqaruvchi va yarashtiruvchi;

Lider - namuna “Ota”;

Lider - jamoaning ramzi - referent;

Lider - individual mas’ullikni cheklovchi;

Lider - dunyoqarashlar shakllantiruvchi;

Lider - “Balogardon”.

Lider va rasmiy rahbarning turli shaxslardan iboratligi va ular o’rtasidagi ziddiyat haqida yuqorida to’xtalib o’tdik. Shunday holat ham yuz beradiki, tashkilot manfaatiga zid yo’l tutgan lider atrofida o’zi kabi hamtovoqlarni to’plashi va o’zining og’uvchi xulqi bilan nafaqat tashkilot maqsadi, balki rahbarning obro’siga ham putur yetkazadi. Bunday liderni darhol ishdan bo’shatish lozim, degan an’anaviy fikr bir qaraganda to’g’ri bo’lsa-da, lekin ushbu vaziyatdan tarbiyaviy maqsadlarda foydalanish rahbarning mohir tashkilotchiligidan dalolat beradi. Rahbar o’z tashkilotidagi mavjud imkoniyatlarni qo’llagan holda norasmiy liderni nafaqat guruhdan ajratishi, balki unga ma’qul keluvchi va uning qobiliyatlariga mos keluvchi vazifalarni ham topib berishi mumkin.

Umuman olganda, rahbar uning manfaatlariga zid bo’lgan har qanday kuchni o’z tomoniga og’dira olishi uning obro’siga obro’ qo’shuvchi va jamoa oldida uning nufuzini yanada oshiruvchi eng samarali imkoniyatdir. O’ylashimizcha, bunday imkoniyat paydo bo’lganidan afsuslanish emas, balki tashakkur aytish o’rinli bo’lsa kerak.

Ayrim psixologik manbalarda kuchli rahbar shaxsiga oid sifatlarni umumlashtirib, unga to‘rtta “T” zarurligi haqida ham yozishadi. Bular -:

Temperament

Toqatlilik (terpenie)

Talant

Tinimsiz mehnat (trudolyubie).



Tashabbuskorlikning muhimligi shubxasiz, lekin bu sifatning faqat rahbarda bo‘lganda ish samaradorligi yuqori bo‘ladi, degan fikrga e’tirozlar ham bo‘lgan. Masalan, mashhur Deyl Karnegi kitobida tashabbusni yuqori lavozimdagi shaxsda bo‘lishidan tashqari, uni xodimlarga bera olish muhimligi haqida yozilgan. o‘sha kitobda keltirilishicha, o‘sha paytda jahonda yiliga bir million dollar miqdorda daromadga ega bo‘lgan odamlar juda kam bo‘lgan. Shunday shaxslardan Uolter Kraysler va Charlz Shveblarning yutuqlari asosida esa oddiy xaqiqatlar yotgan. Masalan, mashxur biznesmen Endryu Karnegi o‘z menedjeri Shvebga kuniga 3000 dollar, yiliga 1 mln. dollar to‘lagan. Bu haqda Shvebning o‘zi shunday yozgan: “Men cho‘yan quyishda oddiy ishchidan anchagina no‘noq va ilmsiz bo‘lganman. Lekin men odamlarni boshqarishni bilganman. Mendagi eng noyob sifat - odamlarda tashabbusni uyg‘ota olish qobiliyatidir. Chunki insondagi eng noyob, qimmatli narsani tan olish uni ruhlantiradi. Shaxsning or-nomusi, qadrini tushiradigan narsa - bu mansabdorlarning ularni tanqid qilishidir. Xatolarni betga aytishdan o‘zni tiyish ham rahbarlik saxovatidir”. Endryu Karnegi o‘zining qabr toshiga quyidagi so‘zlarni yozishlarini vasiyat qilgan ekan: “Bu erda umri mobaynida o‘zidan ko‘ra aqlliroq insonlarni o‘ziga bo‘ysundira olgan odam yotibdi”. Demak, bu so‘zlarning mohiyati ham oldingiday - odamdagi iqtidor va aql-zakovatni qo‘llab-quvvatlash orqali ulardagi tashabbusni uyg‘ota olish mahorati unumli mehnatga olib keladi.

Ko‘plab tadqiqotchilar rahbarlarning qaysi ish uslubi ma’quliligini o‘rganish borasida tajriba to‘pladilar. 30-yillardayoq K.Levin, R.Lippman, R.Uaytlar tomonidan tavsiya etilgan boshqaruvning avtokratik, demokratik hamda erkin turlari haqidagi nazariya keyingi tadqiqotlarda jahonning ko‘plab olimlari tomonidan har taraflama tahlil qilindi. Ґar bir boshqaruv uslubining ham ijobiy, ham salbiy jixatlari to‘g‘risidagi fikrlar tasdiqlandi. Bundan tashqari, u yoki bu boshqaruv uslubining samaradorligi xodimlarning malakalari va saviyalariga bog‘liq ekanligi ham e’tirof etildi. Masalan, Rossiyada o‘tkazilgan tadqiqotlarda yuqori malakali mutaxasislarning 68,6% i boshqaruvning demokratik uslubini ma’qullagan bo‘lsalar, past malakalilarning 22,7% - direktiv uslubni, 8,7% esa erkin boshqaruv uslubini ma’qullab javob berganlar.

Bundan tashqari, o‘sha tadqiqotlarda ma’lum bo‘ldiki, rahbarlarning o‘zlari ham muttasil ravishda u yoki bu boshqaruv uslubini amalda ko‘rsatishlari 31-45% holatlarda ro‘y berar, qolganlari esa ish jarayonida turlicha boshqaruv uslublarini aralash qo‘llar ekanlar. Shunisi xarakterliki, yuqori lavozimlarga ko‘tarilgan sari, ana shunday aralash uslublarni qo‘llovchilar soni ortib borarkan. Pastroq lavozimda faqat demokratik boshqaruv tarafdori bo‘lgan odam, vazir yoki shunga o‘xshash yuqori lavozimda endi avtoritarlilikni ham, erkinlikni ham, kollegial qarorlar chiqarish siyosatini ham uyg‘unlashtirib olib ketishi mumkin ekan.

Boshqaruv sohasiga kadrlar tanlashda eng avvalo da’vogarning shaxsiy sifatlariga va faoliyat motivatsiyasiga e’tibor berish lozim. Masalan, moliyaviy boshqaruv sohasiga rahbarlarni tanlash uchun zarur bo‘lgan psixologik sifatlarni aniqlash bo‘yicha ko‘rsatmalar mazkur ma’ruzalar matnining ilova qismida keltirilgan.

Yuqorida qayd etilgan rahbar shaxsining turli qirralarini aniqlovchi psixodiagnostik metodikalar ko‘plab mavjud va ulardan ayrimlarini amaliy mashg‘ulotlarda ko‘rib chiqish tavsiya etiladi.

Shuning uchun ham rahbarlik sifatlari haqida gap ketganda, shaxsning bir qator bilimdonliklari nazarda tutiladi.




Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish