2. Quduqlarni favvora armaturasi yordamida ishlatish
Favvora armaturasi qalin devorli uchliklar, turtyoqlar, quvurchalar (patrubka), zulfinlardan yig`ilib ikki qismga ajratiladi: quvur (boshchasi) uchi va favvora archasi. Quvur uchi favvora quvurini ko’targich, ishlatish quvurlari tizmasini va favvora quvuri oralig’ini zichlash uchun mo’ljallangan bo’lib, shu bilan birgalikda quduqda suyuqlik oqimini hosil kilish uchun quvur orti qismiga neft, suv, gaz yoki havo haydash uchun mo’ljallangan. Tizma uchining yuqori flansiga quvur uchi pastki flansi bilan o’rnatiladi. Favvora archasi – favvora armaturasining yuqori qismi bo’lib, quvur uchiga o’rnatiladi. Favvora archasi quduqni ishni tartiblash va nazorat qilish uchun favvora oqimini u yoki bu chiqish yo’liga yunaltirish va kerak bo’lganda tuxtatish uchun muljallangan bo’ladi.
Quvur boshchasi tizma uchi flansi 1ga maxkamlangan to’rtyoq 2, uchlik 3 va katushka 4 dan tuzilgan. Turtyoq ikkita chiqishga ega bo’lib unga ø 63 mm bo’lgan zulfin 7 ulanadi. Chap tomondagi chiqish chizig’i ø 100 mm bo’lgan birinchi qator quvuri va ishlatish quvurlari tizmasi orasidagi bosimni aniqlash uchun xizmat qiladi. Bufer quvurgacha payvandlangan quvurga ventil manometr 5 bilan maxkamlanadi. Bu manometr bilan o’lchangan bosim quvur orti bosimi deb ataladi. Turtyoqning ikkinchi tomoni quduqni ishga tushirishda quvur ortiga suyuqlik haydash uchun xizmat qiladi. Uchlik 3 ga rezbali nippel 6 yordamida birinchi qator ø 63 mm quvur osiladi. Uchlikning yon tomonidagi chiqish chizig’idan quduqda oqim hosil qilish uchun gaz yoki havo haydash uchun yoki favvoralanishni yaxshilash uchun havo yoki gaz haydash uchun xizmat qiladi. Katushka 4 ning pastki qismining ichiga rezьba ochilgan bo’lib unga ikkinchi qator quvurining rezьbali nippeli maxkamlanadi.
Katta bosim va favvora oqimi tarkibida qum aralashmasi ko’p bo’lsa, tashlamada ikkitadan zulfin o’rnatiladi. Ishchi tashlamadagi quduq o’qidan birinchisi zaxiradagi, ikkinchisi esa ishchi hisoblanadi. Favvora archasining pastkt katushka bilan birikkan joydagi zulfini asosiy, ya’ni markaziy zulfin deyiladi. U doimo ochiq xolda bo’ladi, kachon quduq to’xtalishi kerak bo’lsa yopiladi. Uchliklar orasidagi ikkinchi zulfin undan yuqoridagi qismlarni almashtirishda ishlatiladi. YUqoridagi bufer tagidagi zulfin buferni almashtirishda ishlatiladi. Quduq normal ishlash vaktida bu zulfin doim ochiq bo’ladi, chunki u orqali manometrga oqim borib turadi. Bu zulfin quvurda tekshirish ishlari olib borish uchun lubreqator o’rnatish vakti ishlatiladi. Buferda o’rnatilgan manometr yordamida o’lchangan bosim bufer bosimi yoki usti bosimi deb ataladi.