2-qism Toshkent 2020 O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent farmatsevtika instituti


Korxona quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi



Download 0,82 Mb.
bet37/52
Sana04.04.2022
Hajmi0,82 Mb.
#528532
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   52
Bog'liq
FITQusl.qol.2-qism.10.02.2020

Korxona quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

  • dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarning sifati ustidan davlat nazoratini tashkil etish va amalga oshirish sohasida:

  • Korxona tarkibidagi sinov laboratoriyalari tomonidan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika namunalarining normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida sifat nazorati sinovlarini o‘tkazilishini tashkil etadi;

  • sifat nazorati sinovlari natijalaridan norozi bo‘lgan manfaatdor tomonning shikoyatlarini ko‘rib chiqish maqsadida korxona tarkibida shikoyatlarni ko‘rib chiqish komissiyasini tashkil etadi;

  • farmatsevtika faoliyati (dori vositalari va tibbiy buyumlarning chakana realizatsiyasi bundan mustasno) bilan shug‘ullanish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan litsenziya talab va shartlariga, normativ hujjatlar, texnologik reglamentlar, spetsifikatsiyalar va boshqa hujjatlar talablariga rioya qilinishini nazorat qiladi;

  • sertifikatlashtirish, standartlashtirish va metrologiya qoidalari va normalari buzilishi holatlari aniqlanganda “O‘zstandart” agentligining tegishli boshqarmalariga belgilangan tartibda xabar beradi;

  • dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani ekspertizadan o‘tkazish, standartlashtirish, ro‘yxatdan o‘tkazish va sertifikatlashtirish, O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalari va tibbiy buyumlarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:

  • dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazadi va natijasi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini beradi. Zarur hollarda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikatlar berish, ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining amal qilishini to‘xtatib turish, amal qilishini tugatish va bekor qilish ishlarini amalga oshiradi;

  • mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan, horijiy mamlakatlardan respublika hududiga olib kirilayotgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani standartlashtirish va sertifikatlashtirish ishlarini tashkil etadi, sertifikatlashtirilayotgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning sifat nazoratini amalga oshiradi;

  • Davlat bojxona qo‘mitasiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni olib kirish va olib chiqish bo‘yicha ma’lumot berish, ro‘yxatdan o‘tkazish sinovlari uchun namunalar, muruvvat yordami yo‘li bilan, ilmiy-tadqiqot ishlari uchun, ko‘rgazmalarda qatnashish uchun, orfan kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni olib kirish masalalarini ko‘rib chiqadi va ma’lumot beradi;

  • tegishli mutasaddi tashkilot va muassasalarning murojaatlariga asosan favqulodda holatlar, shu jumladan alohida epidemiologik sharoitlarning oldini olish, aniqlash va davolashda aholiga zudlik bilan tibbiy sanitariya yordamini tashkil etishda qo‘llaniladigan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani respublikaga bir marotaba olib kirish va qo‘llash bo‘yicha xulosalar beradi;

  • respublika hududida belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan sertifikatlashtirish organlari, sinov laboratoriyalarining dori vositalari va tibbiy buyumlarni sertifikatlashtirish ishlarini muvofiqlashtiradi va tashkiliy-uslubiy yordam ko‘rsatadi;

  • “O‘zstandart” agentligiga sertifikatlashtirish natijalari va berilgan muvofiqlik sertifikatlari bo‘yicha ma’lumot beradi;

  • sertifikatlashtirish jarayonida yaroqsiz deb topilgan mahsulotlar bo‘yicha “O‘zstandart” agentligiga va Davlat bojxona qo‘mitasiga o‘rnatilgan tartibda tezkor ma’lumot beradi.

  • Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining yoxud tibbiy buyumlarning klinik oldi tadqiqotlari ekspertizasi va farmakologik nazoratini tashkil etish hamda farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlari natijalari ekspertizasini tashkil etish sohasida:

  • farmakologik vositalar yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlarini o‘tkazish uchun klinik bazalar ro‘yxatini tayyorlaydi, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etadi;

  • ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan farmakologik vositalar yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlari natijalari asosida yoki klinik tadqiqotlarsiz ro‘yxatdan o‘tkazilishini belgilaydi, klinik tadqiqotlarning tashkil etilishini nazorat qiladi va klinik tadqiqotlar natijalari tahlili asosida ularni ro‘yxatdan o‘tkazadi yoki rad etadi;

  • farmakologik vositalar yoki dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonidagi klinik tadqiqotlar natijalarini, shuningdek ularni tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishida samaradorligi va xavfsizligini baholaydi;

  • farmakologik nazorat bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradi;

  • retseptsiz beriladigan dori vositalarining ro‘yxatini tuzadi, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi va yiliga kamida bir marta Sog‘liqni saqlash vazirligiga tasdiqlash uchun taqdim etadi;

  • mahalliy dori vositalari va tibbiy buyumlarning taqdim etilgan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalarini ekspertizadan o‘tkazadi va tasdiqlaydi hamda horijiy dori vositalari va tibbiy buyumlarning taqdim etilgan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalarini ekspertizadan o‘tkazadi va ma’qullaydi.

  • dori vositalari, tibbiy buyumlarning normativ hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish, kelishish va tasdiqlash hamda tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning normativ hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish, kelishish sohasida:

  • dori vositalari va tibbiy buyumlarning normativ hujjatlari: farmakopeya maqolalari (FM), vaqtinchalik farmakopeya maqolalari (VFM), tashkilot farmakopeya maqolalari (TFM), umumiy farmakopeya maqolalarini (UFM) ekspertizadan o‘tkazadi va tasdiqlaydi, shuningdek tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning tashkilot standartlarini (TS), dori vositalari va tibbiy buyumlarning texnologik reglamentlari (TR) va boshqa normativ hujjatlarni ekspertiza qiladi va kelishib beradi;

  • dori vositalari va tibbiy buyumlarning normativ hujjatlariga o‘zgartirish kiritish, bekor qilish, amal qilish muddatini to‘xtatish, amal qilish muddatini uzaytirish va amal qilish muddati tugagan FM, VFM, TFM, UFM, TS, spetsifikatsiyalarni qayta ko‘rib chiqish uchun takliflar kiritadi.

  • farmatsevtika faoliyati (dori vositalari va tibbiy buyumlarning chakana realizatsiyasi bundan mustasno) bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika sifatiga qo‘yiladigan talablarning bajarilishi, dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, sotish va qo‘llanilishi jarayonidagi sifat nazoratini amalga oshirish sohasida:

  • Davlat farmakopeyasini shakllantirish, dori vositalari va tibbiy buyumlarning normativ hujjatlarini xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish sohasida:

  • Davlat farmakopeyasini shakllantirish maqsadida farmakopeyaga kiritilishi rejalashtirilgan UFM va FM loyihalarini ekspertiza qiladi;

  • Davlat farmakopeyasini chop etishga tayyorlaydi;

  • Dori vositalari va tibbiy buyumlarning normativ hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish jarayonida ularni xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtirish tadbirlarini amalga oshiradi.

  • O‘z vakolati doirasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonuniy muomalasi bo‘yicha litsenziya talablari va shartlarining bajarilishi nazoratini ta’minlash, ularning qonuniy muomalasi bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratish va yuritish sohasida:

  • giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirishga litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, olib chiqish, tranzit tarzida o‘tkazish hamda yopiq turdagi bojxona omboriga joylashtirish uchun berilgan arizalarni belgilangan tartibda o‘rganib chiqib, sertifikat yoki ruxsatnoma beradi;

  • farmatsevtika sohasiga xalqaro standartlarni joriy etishni muvofiqlashtirish bo‘yicha:

  • “Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti” (GMP), “Yaxshi klinika amaliyoti” (GCP), “Yaxshi saqlash amaliyoti” (GSP), “Yaxshi distribyutorlik amaliyoti” (GDP), “Yaxshi laboratoriya amaliyoti” (GLP) qoidalariga muvofiqligini sertifikatlashtirish uchun taqdim etilgan arizalar asosida o‘rnatilgan tartibda sertifikatlar berish;

  • amalga oshirish bo‘yicha malaka oshirish kurslari va seminarlar, shuningdek giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan bog‘liq faoliyat bo‘yicha o‘quv seminarlarini tashkil etadi;

  • farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatiga xalqaro standartlarning joriy etilishi holatini o‘rganadi va sertifikatlar beradi hamda olingan sertifikatlarga muvofiq faoliyat yuritayotganligini tasdiqlaydi;

  • dori vositalari va tibbiy buyumlarning sifat nazorati borasida Davlat metrologiya tekshiruvlarini tashkillashtirish va amalga oshirish sohasida:

  • korxonaning metrologiya bo‘limi orqali Davlat sog‘liqni saqlash tizimidagi tashkilotlar, Sog‘liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlarida foydalaniladigan tibbiy o‘lchov vositalari va sinov vositalari o‘lchov natijalarining qonunlashtirilgan birliklarda belgilab qo‘yilgan aniqlikda bo‘lishini ta’minlashni o‘z vakolati doirasida amalga oshiradi;

  • O‘zbekiston Respublikasida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika, shuningdek giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasini rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashish bo‘yicha:

  • O‘zbekiston Respublikasida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika, shuningdek giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasini rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar tayyorlaydi;

  • huquqni muhofaza qilish organlarining murojaatlariga asosan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning sifati bo‘yicha xulosalar berish bo‘yicha:

  • huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan taqdim etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning sifati bo‘yicha xulosalar beradi;

  • dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika sifati bo‘yicha kelishmovchiliklar yuzaga kelganda ularni shikoyatlarni ko‘rib chiqish komissiyasida ko‘rib chiqib hal qiladi;

  • respublikaga insonparvarlik yordami tariqasida keltirilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika sifat nazoratini amalga oshirish sohasida:

  • respublikaga insonparvarlik yordami tariqasida keltirilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika sifat nazoratini amalga oshiradi;

  • voyaga etmaganlar uchun mo‘ljallangan dori vositalarini reklama qilish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish sohasida:

  • voyaga etmaganlar uchun mo‘ljallangan dori vositalarini reklama qilish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqib, natijasi bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtiradi va Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etadi;

  • dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning sifat nazoratini amalga oshiruvchi kadrlar zahirasini yaratish sohasida:

  • dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning sifat nazoratini amalga oshiruvchi kadrlar zahirasini yaratadi;

  • dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohasida rahbar xodimlar va mutaxassislarni tayyorlaydi hamda ularning malakasini oshiradi;


Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish