Kolibrilar kenja turkumiga dunyodagi eng m ay da q u sh la r kirib, og'irligi 2 g dan 20 g gacha va uzunligi 1,7 sm dan 21,6 sm gacha boradi, ularning eng yirigi qa!dirg‘ochday keladi. Bu kenja turkumga 1 ta kolibrilar oilasi va 320 ga yaqin tu r kiradi. Asosan J a n u b i y va M a r k a z iy A m e r i k a d a tarqalgan, qanoti yaxshi rivojlangan, shuning uchun yaxshi u c h a oladi. Tum shug'i uzun. ingichka, biroz uchi qayrilgan, muskuili tili nayga aylangan, gul nektarini so’rib olishga moslashgan. Kolibrilar o 'rm o n d a va yirik butazorlarda yashaydi. Ular o'simliklarning nektari bilan oziqlanadi. O'simliklarni changlatib foyda keltiradi.Mayda hasharotlar bilan ham oziqlanadi. Uyasi daraxtda bo'lib vazni 0,2 g keladigan 1—2 ta tuxum qo'yadi. Bir yilda 2—3 marta tuxum qo'yadi. Tuxumini 14—19 kun bosadi, jo'jasi bir oydan keyin u c h ir m a b o 'ladi. T u x u m d a n ch iq q a n jo'jasi ojiz, n o c h o r b o 'lad i. Kolibrilar juda tez uchadi, sekundiga 20—25 va hatto 50 marta qanot qoqib. havoda muallaq tura oladi. Ularning yuragi oshqozonidan 3 marta katta. Tana harorati doimiy emas. T'ungi sovuqda tana harorati + 17 +21°C gacha tushib, karaxt holatda bo'ladi. Rangi juda ochiq va yaltiroq. Kolibrilar guldan nektar so'rganida havoda bir joyda muallaq uchib turadi. K o‘p vaqtini havoda uchib o'tkazadi. Yerda yurolmaydi.
Qizilishtonsimonlar (Piciform es) turkumi. Bu turkumga, asosan qizilishtonlar (Picidae) bilan tukanlar (Rhamphastidae) oilalari kiradi.157-msm. Uzunqanotlar:
1 — s a l a n g a n j ar qal di rg' ocl v.
2 — q o r a u z u n q a n o t :
3 — kichi k u z u n q a n o t ;
4 — oqbel u z u n q a n o t :
5 — i g n a d u m u z u n q a n o t .
340
Ular jish bolali qushlar bo'lib, turnshuqlari juda qattiq va o'tkir, oyoqlari qisqa, barmoqlarining ikkitasi oldinga va ikkitasi orqa tomonga qayrilgan. Daraxtlarda o 'rm alab yurishga yaxshi layoqatlangan, barmoqlari uzun, tirnoqlari qayrilgan.Qizilishtonlar (P icid ae) oilasi vakillarining tu m s h u g 'i iskanaga o'xshash to 'g 'ri, o'tkir bo'ladi. Tana uzunligi 8 sm dan 50 sm gacha boradi. Qizilishtonlar, asosan daraxtda yashaydi. Dum i prujina vazifasini o'taydigan elastik patlardan tuzilgan. Oyog'i kalta, barmoqlari o'tkir tirnoqli. D u m patlarining o'tkirligi tufayli daraxtda turganida tayanch vazifasini bajaradi. K o 'p c h ilig i baquvvat iskanaga o 'x s h a sh uchli tu m sh u g ’i va dum patlari yordamida daraxtga o 'rm alab chiqib oziq izlaydi. Tili ju da uzun, uchi sanchib oladigan igna yoki to'g'nag'ichga o'xshaydi. Uyasi daraxtda bo'ladi. 3—7 ta tu xum qo'yadi. Tuxum bosishda erkagi va urg'ochisi galma-galdan qatnashadi. Qizilishtonlar oilasiga 400 ta tu r kiradi. M D H o ’rm o n la rid a, tog' va jarliklarda qizilishtonlarning 14 ta turi uchraydi. Foydali qushlardan hisoblanadi, zararli hasharotlarni y o 'q qilib, tog' va o 'rm o n la rn i qo'riqlaydi. Daraxt po'stlog’i ostidagi hasharotlar va ularning lichinkalari bilan oziqlanadi, m onogam . Qizilishtonlarning qanotlari ola va dum ining tagi och qizil rangda bo'lganligi uchun qizilishton deyiladi.Qizilishtonlarning tipik vakillariga katta ola qizilishton (Dendrocopus major), kichik ola qizilishton (D.m inor), qora qizilishton (Dryocopus martins), oq qanot qizilishton (D. leucopterus), dumlari yumshoq pathburm a-bo'yin qizilishton (Junx torquilla) kiradi. 0 ‘zbekistonda qizilishtonlarning 2 ta turi, y a ’ni oqqanotli qizilishton va dumlari yumshoq patli burm abo'yin qizilishton keng tarqalgan.
T uk a n lar (Rlianiphastidae) oilasi vakillari Janubiy va Markaziy Amerikadagi o'rm onlarda yashaydi. Ularni 37 ta turi bor. Bu qushlarning pati chiroyli rang-barang bo'lib, zebu-ziynat uchun ishlatiladi. T u m sh ug’i juda katta hajmli, uning chetlarida tishchalari bo'ladi. Tukanlar mevalar bilan, qisman umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Ba’zan qushlarning tuxumini ham yeydi. Uyasini daraxtga quradi.
K o ‘k q a rg ‘asimonlar (Coraciiformes) turkumi. Bu turkum ga tashqi ko'rinishi va ekologik hususiyatlari bilan farq qiluvchi turli-tum an qushlar kiradi. Ular tropik va o 'r ta mintaqalarda tarqalgan. Ranglari yorqin ochiq. Daraxt va yer kovaklarida uya quradi. M D H d a 3 ta oilasi, ya'ni kurkunaklar, ko'kqarg'alar va ko'ktarg'oqlar oilalari vakillari uchraydi. Bu turkumga 200 ga yaqin tur kiradi. M D H d a 1 1 ta turi, shu jum ladan, O'zbckistonda 4 ta turi uchraydi (158-rasm).
341
1 — k o ' k q a r g ' a ; 2 — o d d i y k o ' k -
t a r g ' o q ; 3 — t i l l a r a n g ( b o ‘z d o q ) k u r -
k a n a k ;
4 ~ k o ‘k ( b o ‘z d o q ) k u r k a n a k ;
5 - s a s s i q p o p i s h a k .
158-rasm.
Ko‘kqarg‘asimonlar:
K o‘kqarg‘alar (Coracidae) oilasining vakillari ko'proq zag'chalarga
o'xshaydi. Ko'kqarg'alarning o'tkir va keng tumshug'ining uchki qismi
ilmoqqa o'xshab qayrilgan. Pat rangi q o 'n g 'ir va qizg'ish aralash yashil-
zangori rangda. Uchganda baland ovoz chiqaradi. K o ‘kqarg‘alar oila
sining 11 ta turi bor. Ular Janubiy Yevropa, Afrika, Osiyo va Avstraliyada
tarqalgan. O'zbekistonda oddiy ko'k qarg'a (Coracias garrulus) ham m a
joyda uchraydi.
Ko'kqarg'aning tana uzunligi o 'rta c h a 34 sm. Uchib ketuvchi qush,
Afrikada qishlaydi. Ular deyarli h a s h aro tla r bilan, b a ’zan m ayda
kaltakesaklar va kemiruvchilar bilan oziqlanadi. Bu qushlar ko'plab jar
yoqalarida uchraydi. Uyasini jarlardagi kovaklarga, quduq devorlariga,
daraxt va devor kovaklariga quradi. May oyining oxirlarida 4—6 ta
tuxum qo'yadi. Tuxum dan chiqqan jo'jalarini erkagi bilan urg'ochisi
birgalashib boqadi. K o'kqarg'a buzoqboshi, qo 'ng'iz, chigirtka kabi
hasharotlar bilan oziqlanadi. K o'kqarg'alar qishloq xo'jaligiga katta
foyda keltiradi. Jish bolali, tuxumini 18—19 kun bosadi.
Kurkunaklar ( M e ro p id a e ) oilasi vakillari o 'r m o n l a r d a va suv
bo'ylarida yashaydi. Bu qushlar tiniq, ochiq rangli mayda qush bo'lib,
tum shug'i uzun, qanotlari o 'tk ir bo'lishi bilan xarakterlanadi. Tana
342
uzunligi 15—35 sm. 25 ta turi bor. U lar Yevropa, Osiyo, Afrika va
Avstraliyaning tropik mintaqalarida tarqalgan. H asharotlar bilan o ziq
lanadi. M D H d a , shu ju m la d a n , 0 ‘zbekistonda tilla rang kurkunak
(Merops apiaster) va ko‘k kurkunak (Merops superciliosus) uchraydi.
Ular iyul-avgust oylarida gala-gala boMib uchib yuradi. Oktabrda janubiy
Afrikaga uchib ketadi.
Kurkunaklar chiroyli qush, orqasi va to m o g ‘ini patlari ochiq sariqligi,
k o ‘kragidagi qora yo‘li, och yashil-ko‘k qorni va qoram tir qanotlari
yaxshi ko‘rinib turadi.
Kurkunaklar toMqinsimon, y a ’ni qaldirg‘ochga o ‘xshab uchadi va
ozuqasini ham havoda ovlaydi. Uyalarini jarliklarga, tepaliklarning yopiq
yon bag'irlariga quradi. Mayning o ‘rtalarida 5—6 tadan tuxum qo'yadi.
Tilla rang kurkunakiar asalarilarni yeb zarar keltiradi.
Ko‘ktarg‘oqlar (Alcedinidae) oilasi vakillari o ‘rm o nd a daryo va
ariq qirg‘oqlarida uchraydigan mayda qushlar. Tanasining uzunligi 10—
45 sm, boshi katta, bo'yni kalta, tum shug‘i uzun, dumi kalta, qanotlarida
va b o ‘ynida mayda dog*lari boMadi. Oyoqlari juda kalta. K o ‘ktarg‘oqlar
oilasiga 88 ta tu r kiradi. M D H d a 6 ta turi, ju m lad a n , 0 ‘zbekistonda
1 ta turi uchraydi. Yer yuzining qutbga yaqin hududlaridan tashqari
ham m a joylarda tarqalgan, ayniqsa, Osiyo va Afrikaning tropik qismida
turlari xilma-xil. Ko'pchilik turlari ozig'ini (hasharotlar, kemiruvchilar)
quruqlikdan, ayrim turlari suvdan (baliq, hasharotlar) tutadi.
May oyining boshlarida suv bo'yida lyoss tuproqli jarliklarga, termitlar
uyasiga va daraxtlarga uya quradi. 2—7 ta dan tuxum qo'yadi. Tuxumini
21 kun bosadi. Tipik vakili havorang Ico'ktarg'oq (Alcedo alt his)
hiso b lan ad i.'0 ‘zbekistonda havorang ko‘ktarg‘oq barcha daryo va ariqlar
bo'yida uya quradi. Uning uzunligi 16,5 sm, orqa tom oni ko‘k-yashiI,
yaltiroq, oyoqlari qizil. Jarliklardagi uyasiga 6—7 ta tuxum q o ‘yadi.
Sassiqpopishaklar (Upupidae) oilasiga bitta chug‘urchuqdan kichik-
roq boshida (ensasida) kattakon kokillitoji, uzun, ingichka, biroz pastga
qayrilgan tum shu g‘i bo'lgan oddiy sassiqpopishak (U pupa epops) kiradi.
U, asosan yerda, daraxtda, tog‘ etaklari va togMarda 2000 m gacha
balandlikda uchraydi. Yevropa, Osiyo va Afrikada tarqalgan. Qishlash
uchun shimoliy hududlardan janubga uchib ketadi. O'zbekistonga mart
oyining boshlarida uchib keladi. Sentabr-oktabrda uchib ketadi. U p-
u p - u p -u p lab ovoz chiqarib sayraydi. Sassiqpopishakning qanoti oq
qora y o ‘l-y o ‘l, sarg'ish jigarrang. Urchish davrida bu qushlar juft-
juft boMib yashaydi. Tanasining uzunligi o 'r ta c h a 28 sm, vazni 70 g
keladi.
343
Aprelning boshlarida eski daraxtlar kovagiga, b o'g'ot tagiga, devor
yorig'iga 4—6 ta tuxum qo'yadi. Tuxumlari yumaloq, sutga o'xshash
oq bo'lib, kulrang, ko'kimtir yoki sarg'ish g'ubori bor.
Tuxumini urg'ochisi bosib yotadi. erkagi esa urg'ochisini bu vaqtda
boqadi. Inkubatsiya davri 15—20 kun. Uvasida ivitsiq, tashlandiqlar,
tezak to'lib yotadi. Sassiqpopishaklar dum g'aza bezidan ham sassiq
qoramtir suyuqlik chiqaradi, bu esa ularni dushmandan saqlavdi. Sassiq
popishaklar hasharotlardan. asosan qo'ng'izlar, buzoqboshi, chigiitka,
pashsha va boshqa zararkunandalarni yo'q qilib foyda keltiradi. O'ljasini
yutish uchun uni yuqoriga irg'itib, so'ngra tumshug'ini ochib tutib oladi.
Karkidon qushlar (B u cerotid ae) oilasi
ham ko'kq arg 'asim on lar
turkumga kirib, ular Osiyo va Afrikaning tropik o'rm onlarida yashaydi.
Tum shug'i kcskin pastga egilganligi va tum sh u g 'ining ustida katta
shoxsimon o'simtasi borligi uchun karkidon qush deb nom berilgan.
Tanasining uzunligi 50 sm dan 165 sm gacha. vazni esa 15 g dan 4 kg
gacha boradi. Karkidon qushlarning dumi uzun, barmoqlari bir-biriga
binkkan. 45 ta turi bor. Ho'l tnevalar va hasharotlar bilan oziqlanadi.
Daraxt kovagiga uya quradi. Uyasiga 1—5 ta tuxum qo'yadi. tuxumini
urg'ochisi bosib yotadi. Inkubatsiya davri I oy. Erkagi uya teshigini
loy bilan shuvab qo'yadi, uvasida ozroq teshik qoldirib, erkagi shu
teshik orqali urg'ochisini va tuxumdan chiqqan jo'jalarini boqadi. Bu
jarayon 3 hafiacha davom etadi. Tipik vakillaridan biri ikki shoxli
kalao (Buceros bicirnis) hisoblanadi.
Tiriamular, y a ’ni yashirin dumlilar (T inainiform es) turkumi.
Bu
turkum vakillarining tashqi ko'rinishi ko'kraktojsiz qushlarga va lovuqsi-
monlarga o ’xshaydi. Tana uzunligi 20—53 sm va massasi 0,4 — i kg
atrofida bo'ladi. Tinam uiar Janubiy Amerikada butalar va o'rm onlarda
yashaydi. Qanoti yaxshi rivojlanmagan kalta va keng. Dumi juda kalta,
patlari orasiga yashiringan. Oyoqlari baquvvat. Tinam uiar turkumiga 1
ta oila, 9 ta avlod va 45 ta tur kiradi. O'simliklar urug'i, mevalar va
hasharotlar bilan oziqlanadi. Nasi uchun, asosan erkagi g'am xo'iiik
qiladi. Urg'ochisi bir necha erkaklari orqali ko'payadi, ya'ni ko'payishi
poiiandriya shaklida bo'ladi. Jo'ja bolali qush. Tipik vakiliga q o'ng'ir
tinanni (Rhynchotus rufcscens) kiradi.
Chumchuqsiinonlar (P asseriform cs) turkumi.
Bu turkumga 5000
dan orliq tur kirib, ho/.irgi yashab turgan qushlar turining yarmidan
ko'pini tashkil etadi. O'zbekistoda 1 10 ga yaqin turlari uchraydi. C hum -
chuqsimonlarning hajini va tuzilishi turlicha, eng kichik vakili korolyok
(chittaklarning bir tun)ning og'irligi 5—6 g, eng yirik vakili qarg'aning
344
og'irligi esa 1100—1600 g gacha va tanasining uzunligi 9,5 sm dan
(korolyok) 70 sm gacha (quzg'u n) boradi. Erkaklari yirikroq bo'ladi.
C h u m c h u q s im o n la r n in g k o 'pc h ilik turlari, asosan o 'r m o n l a r d a va
butazorlarda, o'sim lik lar k o 'p bo'Igan joylarda yashaydi. U larnin g
orasida haqiqiy suvda vashaydiganlari yo'q. Bu qushlar hasharotlar,
d o n lar, m ev alar va m a y d a k c m iru vilar bilan o z iq la n a d i. Barcha
c hum chuqsim onlar m onogam , jish bolali va ular uya qurib yashaydi.
Ko'pchiligi bir yilda 2 marta urchiydi va 4 —8 tadan tuxum qo'yadi.
C h um ch uq sim o nlar turkumi 3 ta kenja turkumga bo'linadi:
1. Qichqiruvchi c h um ch u qsim o n lar (Clamatores) kenja turkumi.
2. Soxta sayrovchi chum ch uq sim o n lar (M enurae) kenja turkumi.
3. Sayrovchi c h u m c h u q s im o n la r (Oscines yoki Passares) kenja
turkumi.
Qichqiruvchi chumchuqsimonlar kenja turkumining vakillari primitiv
tuzilgan bo'lib, tovush chiqaruvchi pastki hiqildoq muskullari 2 juft dan
oshmaydi. Bu kenja turkum ning I 1 la oilasi va 1000 dan ortiq turi bor.
Ular. asosan Janubiy Amerikada, ayrim turlari Shimoliy Amerikada va
Sharqiy yarimsharning tropik mintaqalarida uchraydi. Tipik vakili tosh
tovuq.
Soxta sayrovchi chumchuqsimonlar kenja turkumiga 4 ta tur kirib.
ular Avstraliyada tarqalgan. Soxta sayrovchi chum chuqsim onlarn ing
tovush chiqaruvchi pastki hiqildoq muskullari sayrovchi chum chuqsi-
m o n la rn ik ig a n isb a ta n sust rivojlangan. Soxla sayrovchi c h u m
chuqsim onlarning asosiy oilasiga lira qushlar (M enuridae) kiradi.
Sayrovchi chumchuqsimonlar kenja turkumiga 4000 dan ortiq tur,
52 tadan 70 tagacha oila va 1000 ga yaqin avlodlar kiradi. Yer yuzida
keng tarqalgan. M D H d a 330 ta turi uchraydi va ularning barchasi
sayrovchi chu m chuq sim o n lar kenja turkumiga kiradi. Bu qushlarning
tovush apparati to'liq rivojlangan, tovush chiqarish muskullari 5—7
juft bo'ladi.
Sayrovchi chumchuqsimonlar kenja turkumining asosiy oilalariga:
t o 'r g 'a y l a r , q a ld i r g 'o c h l a r , jib la jib o n la r, q o ra y a lo q la r, q a rg 'a ia r,
chittaklar, pashshaxo'rlar, q arqunoqlar. c h u g 'u rc h u q la r. vyuroklar,
zarg'aldoqlar, shaqshaqlar, nektarchilar. to'q im achilar, jan natqush lar
va boshqa chum chuqsim onlarni kiritish mumkin. Sayrovchi c h u m c h u q
sim onlar kenja turkum ining eng muhim oilalari to'g'risidagi qisqacha
m a ’lumotlar quyida keltiriladi.
T o‘rg‘aylar (Alaudidae) oilasiga kiruvchi qushlar kichik hajmda
bo'lib, cho'l va sahrolarda yashaydi. Tana uzunligi 12—23 sm, qanoti
345
uzun, rangi chum chuqqa o'xshash xira bo'lib, orqa barm og'ida uzun
va to'g'ri tirnog'i bo'ladi. Havoda ovoz chiqarib uchadi. Keng tarqalgan,
75 ta turi bor. O'zbekistonda 14 ta turi uchraydi. D on va hasharotlar
bilan oziqlanadi. Foydali qush.
O'zbekistonda so'fito'rg'ay, cho'l to'rg'ayi, dala to'rg'ayi, kichik
to'rg'ay, ingichka tumshuqli to'rg'ay, kulrang to'rg'ay, qora to'rg'ay,
oq qanotli to 'rg 'a y , dasht to'rg 'a y i, shoxli to 'rg 'a y , kalta barm oqli
to'rg'ay, qo'shxolli to'rg'ay kabi turlari keng tarqalgan.
Q aldirg‘ochlar (H irundiuidae) oilasiga yaxshi u c h a o ladig an
h a s h a r o tx o 'r qushlar kirib, u lar hasharotlarni havoda tutib yeydi.
Q aldirg'ochlar tana uzunligi 10-23 sm, 79 ta turi bor. M D H d a va shu
jum lad an, O'zbekistonda 7 ta turi uchraydi. Ular uzoq va tez uchishga
moslashgan. Oyoqlari kalta, yerda yaxshi yurolmaydi. Suv ustida past
uchib, suv ichadi va cho'miladi. Afrika va Antarktidadan tashqari barcha
h u d u d la rd a tarqalgan. Bu oilaning eng m u h im vakillariga sh a h ar
q a l d i r g 'o c h i , qish lo q q a ld i r g 'o c h i , q ir g 'o q q a ld i r g 'o c h i , kichik
qaldirg'och, tuya qaldirg'och, tog' qaldirg'ochi kiradi.
Qaldirg'ochlarning qanoti uzun, o'tk ir uchli va dumi uzun bo'ladi.
O'zbekistonga mart oyining o'rtalarida kelib, sentabroyida uchib ketadi.
Eski uyasiga birinchi bo'lib erkagi kiradi. K o 'p qaldirg'ochlar qaytib
kelganda eski uyasi butun turgan bo'Isada uni egallamaydi, aksincha
yangisini quradi. Uyasining yuqori qismi ochiq bo'ladi, 3—7 ta tuxum
qo'yadi. Tuxumini ikkala jins navbatlashib bosadi. Qaldirg'ochlar yoz
bo'yi har xil hasharotlar, y a ’ni turli kassalik tarqatuvchi chivinlar,
q o 'ng 'izlar va kapalaklarni yo'q qilib foyda keltiradi.
Jiblajibonlar (M atacillidae) oilasi vakillari cho'l va tog'larda tarqal
gan kichik hajmdagi qushlar bo'lib, dumi uzun. Bu oila vakillarining
tan a uzunligi 12—22 sm. Oyoqlari ingichka va uzun , yerda yaxshi
harakatlanadi. 57 ta turi bor. Yer yuzida keng tarqalgan. M D H d a 16 ta
va shu ju m la d a n , O 'zbekistonda 15 ta turi uchraydi. Bu oilaning
vakillariga oq jiblajibon, tog' jiblajiboni, sariqboshli jiblajibon, sariq
peshonali jiblajibon va sariq jiblajibonlar kiradi (159-rasm).
Oq jiblajibon haydalgan yerlarda, daryo qirg'oqlarida va ko'llarning
atrofida uchraydi. Jiblajibonlar O'zbekistonga mart oyida uchib keladi.
B a'zan oq jiblajibonlar O 'rta Osiyoda qishlab qoladi. Jiblajibonlar
vataniga uchib borgandan so'ng juft-juft bo'lib yashaydi, am m o uya
qurishga shoshilmaydi. 20—40 k u n d a n s o 'n g to sh la r orasiga, ariq
qirg'oqlariga, bino va daraxtlarning yerdan baland bo'lm agan qismiga
uya qurishga kirishadi. Apreldan boshlab 2—7 ta tuxum qo'yadi.
346
Tuxumini, asosan urg'ochisi bosa
di. J i b l a j i b o n l a r z a r a r k u n a n d a
ha sharotlarni y o ‘q qilib, qishloq
xo‘jaligiga foyda keltiradi.
Qarqunoqlar (Laniidae) oilasi
vakillari o 'rta c h a va mayda qush
lar b o ‘lib, o ‘r m o n l a r d a , b u t a -
zorlarda yashaydi. Bu qushlarning
xarakterli belgisi tumshugM biroz
ilgaksimon, ustki qism ida kesigi
bor. Tana uzunligi 16—36 sm, dumi
u z u n , ingichka. 72 ta turi bor.
S h i m o l i y A m e r i k a , A f r ik a va
Osiyoda tarqalgan. M D H d a 11 ta
turi, shu jum lad an , 0 ‘zbekistonda
5 ta tu ri u c h ra y d i. Bu q u s h la r
s i c h q o n
va
b o s h q a
m a y d a
kemiruvchilar, mayda qushlar va
hasharotlarni tutib yeydi. Qarqu-
noqlarning qiziq bir xususiyati bor.
U l a r k a lt a k e s a k , s i c h q o n kabi
o g ‘iz la rig a s ig ‘ m a y d i g a n k a t t a
o ‘lja la rin i u y a s in i n g a tr o f id a g i
daraxtlarning quruq shoxlari uchi-
ga ilib qo'yadi.
Kerak boMganda shu qurib qolgan hayvonlar bilan oziqlanadi. Tipik
vakillariga q o ra p e s h o n a li q a rq u n o q ( L a n iu s m in o r ), u z u n dum li
q a rqu noq (L.schach), o la to ‘g ‘o n o q (L.collurio), kulrang qarq un oq
(L.exubitor) kiradi.
Chug‘urchuqlar (Sturnidae) oilasi vakillari siyrak daraxtli o 'rn io n -
larda, c h o ila rd a , to g ‘ etaklarida, bog‘ va dalalarda uchraydi. Ular o ‘z
ozig‘ini yerdan topadi. Tosh ustiga, daraxt yoriqlariga uya quradi.
Tana uzunligi 17—45 sm, vazni 50—100 g. Oyoqlari b a q u w a t. Yerda va
daraxtda harakatlanishga yaxshi moslashgan. Yevropa, Osiyo, Afrika
va Avstraliyada tarqalgan. 110 t a turi bor. M D H d a 6 ta turi va 0 ‘zbekis-
ton da 3 ta turi uchraydi. 0 ‘zbekistonda chu g 'u rchu q (Sturnus vulgaris),
soch (S.roseus) va mayna (Acridotheres tristis) uchraydi. Bu qushlar
foydali, ular zararkunanda hasharotlar bilan oziqlanadi. 4—6 ta tuxum
q o ‘yadi, inkubatsiya davri 15—18 kun.
159-rasm. Jiblajibonlar:
1 — sar iq j i bl aj i bon; 2 — s ar i qbos h
jiblaj ibon; 3 — t o g ‘ jiblaj iboni; 4 — c h o ‘1
j i bl aj iboni ; 5 — oq j i blaj ibon.
347
Qarg‘alar (Corvidae) oilasiga katta va o'rtacha hajmdagi chum chuq-
simonlar kiradi. Daraxtlarda va tog'larda yashaydi. Qarg'alar hammaxo'r.
Qarg'alarning tana uzunligi 18-70 sm, tumshug'i va oyoqlari baquvvat.
Burun teshiklari keng va qillar bilan to'silgan. 104 ta turi bor. Yer vuzida
keng tarqalgan. M D H d a 16 ta turi va O'zbekistonda 11 ta turi uchraydi.
Ko'pchiligi gala bo'lib uya quradi. Uyalarini daraxtlar shoxi, kovagi,
qoya toshlar, binolarga yoki qamishlar orasiga quradi. Urg'ochisi 3—10
ta tuxum qo'yib, uni bosib yotadi. Vakillariga qora qarg'a (Corvus
corone), quzg'un (Corvus corax), zag'izg'on (Pica pica), go'ng qarg'a
(Corvus frugilagus), zag'cha (Corvus monedula), ola qarg'a (Corvus
cornix) kiradi (160-rasm).
160-rasm.
Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 28%20Биология%20фанлар
28%20Биология%20фанлар -> Himoya qilish
28%20Биология%20фанлар -> Va selekciya
28%20Биология%20фанлар -> Fiziologiyasi
28%20Биология%20фанлар -> Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi
28%20Биология%20фанлар -> SH. xushmatov, A. Yesimbetov, G. Begdullaeva radiobiologiya
28%20Биология%20фанлар -> F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a
28%20Биология%20фанлар -> S. A. M avlanova
28%20Биология%20фанлар -> Iqtisod-moliya
28%20Биология%20фанлар -> Amaliyotiuchun
28%20Биология%20фанлар -> A n a t o m I y a, s I s t e m a t I k a, g e o b o t a n I k a
Download 21.13 Mb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Do'stlaringiz bilan baham: |