Parazitning odamda joylashishi. Asosan exinokoknikiga o‘xshaydi.
Geografik tarqalishi. Yevropa, Shimoliy Amerika, Osiyo (Markaziy Osiyo, Sibir) hududlarida tarqalgan. Tabiiy-manbali kasallik hisoblanadi.
Morfologiyasi. Yetuk shakli asosan exinokokka o‘xshaydi, lekin undan o‘lchami kichikroq, bachadonining sharsimon shakli, skoleksida ilmoqlar soni bilan farqlanadi. Alveokokning finnasi ichida exinokokdan farq qilib suyuqlik bo'lmaydi. Pufakchalar asosan tashqariga o‘sadi va yonidagi a’zolarni ezadi (huddi yomon o‘smaga o‘xshab).
Hayot sikli. Definitiv xo'jayinlari — tulki, qutb tulkisi, it, bo‘ri, chiyabo‘ri, oraliq xo‘jayinlari — sichqonsimon kemiruvchilar, odam.
Patogen ta’siri. Alveolkokkoz ta’siri exinokokkozga o'xshaydi, unga nisbatan ancha og‘ir kechadi, ko‘pincha o'limga sabab bo‘ladi.
Laboratoriya tashhisi. Ehinokokkozdagi kabi o'tkaziladi.
Profilaktikasi. Hayvonlar terisi va mo‘ynasiga ishlov berayotganda shaxsiy gigiyena choralariga amal qilish, hayvonlar terisini alohida xonalarda ajratish, keyin xonalarni dezinfeksiyalash, sanitariya-oqartuv ishlarni yo‘lga qo'yish orqali oldini olish choralari amalga oshiriladi.
Serbar tasmasimon chuvalchang
(Diphyllobothrium latum)
Serbar tasmasimon. chuvalchang (Diphyllobothrium latum) — difillobotrioz qo‘zg‘atuvchisi.
Parazitning xo‘jayinda joylashishi. Yetuk shakli odam va go‘shtxo‘r hayvonlarning ingichka ichagida parazitlik qiladi.
Geografik tarqalishi. Tabiiy-manbali kasalliklar guruhiga kiradi. Difillobotrioz manbalari Sharqiy Sibirning buyuk daryolari, havza- lari hisoblanadi.
Morfologiyasi. Odam parazit gijjalari orasida eng yirigidir. Uzunligi 20 metrgacha yetadi. Skoleksda so‘rg‘ichlari, ilmoqchalari yo‘q, ikkita botriyalari bo'lib, ular yordamida ichak devoriga yopishadi. Bo‘g‘imlari teniidlarnikiga qaraganda ancha keng. Bachadoni sirtmoqlar hosil qiladi, bachadonda chiqarish teshigi mavjudligi sababli yon shoxchalarini hosil qilmaydi. Sariqdon bo‘g‘imning yon tomonlariga joylashadi. Jinsiy kloakasi yonida emas, bo‘g‘im o‘rtasida joylashgan (76- rasm).
Hayot sikli. Definitiv xo'jayini odam va go‘shtxo‘r hayvonlar (itlar, mushuklar, tulkilar, shimol tulkilari va boshqalar) hisoblanadi. Birinchi oraliq xo‘jayini tuban qisqichbaqasimonlar ( siklop), ikkinchi oraliq xo‘jayini esa baliqlardir.
Tuxumlar axlat bilan suvga tushganidan taxminan bir oydan so‘ng koratsidiylar (kiprikchalar bilan qoplangan va o‘n juft ilmoqlari bo'lgan) chiqadi.
Koratsidiylar birinchi oraliq xo'jayin uchun invazion bosqich hisoblanadi. Ular sikloplar organizmida onkosferaga (kiprichklarni
Do'stlaringiz bilan baham: |