22- mavzu. Harakat-tayanch va hazm sistemalarining onto-filogenezi 179
Visseral skelet filogenezi qanday yo‘nalishda boradi.
Mushaklar filogenezi yo'nalishlarini aytib bering.
Ovqat hazm qilish sistemasi filogenezi qanday yo'nalishda boradi?
Ovqat hazm qilish sistemasi anomaliyalariga misollar keltiring.
Vaziyatga oid masalalar yeching va test topshiriqlarini bajaring.
O‘quv jihozlari.
Rasmlar va jadvallar, mulajlar, mikro va makropreparatlar, tirik obyektlar (baqa va kalamush), ularni yorish uchun taxtacha, mahkamlovchi ignalar, qaychi, pinset.
Mashg‘ulot rejasi.
Talabalar dars mavzusini yorituvchi savollarni aniqlab olganlaridan so‘ng bilimlarini yanada mustahkamlash uchun baqa va kalamushning terisi, mushak, skelet hamda hazm sistemalari tuzilishi bilan hayvonlarni yorish yo‘li orqali tanishadilar. Keyin mikro va makropreparatlardan boshqa sinf vakillari teri, harakat ■ tajanch va hazm sistemalari o‘rganiladi. Vazijatga oid masalalar va test topshiriqlari yechiladi. Mashg‘ulot oxirida vazifalar bajarilishi tekshiriladi, talabalar bilimi baholanadi va keyingi mashg'ulot uchun vazifalar beriladi.
Vaziyatga doir masalalar.
Teri rivojlanishida kuzatiladigan ixtioz xastaligini qanday izohlab berish mumkin?
Tug'uruqxonada tanasi jun bilan qoplangan va dumi bo'lgan chaqaloq tug'ilgan. Bu anomaliyani tushuntirib bering.
Chaqaloqning bo‘ynida tug‘ma teshiklar mavjud. Shu anomaliyaning rivojlanish mexanizmini tushuntirib bering.
Chaqaloq tug‘ilganiga 5 kun bo'lgan. Lekin emgan sutini qusib tashlaydi, qornida shish paydo bo'lgan. Bu xastalik hazm sistemasining qaysi qismining anomaliyasi natijasi ekanligini tushuntiring.
Baqalar terisining qurib qolishi ularni o‘limga olib keladi. Buning sababini izohlab bering.
Test topshiriqlari.
Bo‘yin umurtqalari yaxshi rivojlanganligi, qolgan qismdagi umurtqalar qo'shilib o‘sganligi qaysi sinf vakillari uchun xarakterli?
A. Baliqlar. B. Amfibiyalar. D. Reptiliyalar. E. Qushlar. F. Sutemizuvchilar.
Qaysi sinf vakillarida teri yuqori qismi shakllangan, kosacha, tangachalar hosil qilgan, terida bezlar rivojlanmagan, barmoqlarda changaksimon tirnoqlar rivojlangan?
A. Amfibiyalar. B. Baliqlar. D. Reptiliyalar. E. Qushlar. F. Sutemizuvchilar.
Odamda bo'yin umurtqalariga qovurg‘alar birikkan anomaliyasi evolutsiyada qanday sinf vakillarida normal holat sifatida uchraydi?
A. Amfibiyalar. B. Baliqlar. D. Reptiliyalar. E. Qushlar. F. Tuban sutemizuvchilar.
Mushaklar qaysi sinf vakillarida miotomlarni hosil qiladi?
A. Baliqlar, to'garak og'izlilar. B. Dumli amfibiyalar. D. Qushlar, reptiliyalar. E. A va В javoblar to‘g‘ri. F. A va D javoblar to‘g‘ri.
Gomodont tishlar qanday sinf vakillarida rivojlanadi?
A. Baliqlar, amfibiyalar. B. Reptiliyalar. D. Sutemizuvchilar. E. A va В javoblar to‘g‘ri. F. В va D javoblar to‘g‘ri.
Gomodont tishlar qaysi sinf vakillarida rivojlanadi?
A. Baliqlar, amfibiyalar. B. Reptiliyalar. D. Sutemizuvchilar. E. A va В javoblar to‘g‘ri. F. В va D javoblar to‘g‘ri.
Umurtqalilar hazm sistemasi rivojlanishi qanday yo‘nalishlarda borgan?
A. Hazm nayi uzunlashishi. B. So'rish sathi kengayishi. D. Hazm bezlari rivojlanishi. E. Hamma javoblar to‘g‘ri. F. Faqat A javob to‘g‘ri.
Umurtqalilar qo‘l-oyoq skeleti evolutsiyasi qanday yo‘nalishlarda borgan?
A. Yelka va bilak suyaklarining uzunlashishi. B. Kaft oldi suyaklari kaltalashib, soni ortishi. D. Kaft oldi suyaklari soni kamayishi, kaltalashishi. E. A va В javoblar to‘g‘ri. F. A va D javoblar to‘g‘ri.
Xorda — bu:
A. O‘zak skeleti sifatida rivojlanadi. B. Umurtqalilarda umrining oxirigacha saqlanib qoladi. D. Asosan embrion davridagina saqlanadi.
A va В javoblar to‘g‘ri. F. A va D javoblar to‘g‘ri.
Sut bezlari, teri bezlari, yog‘ bezlari qaysi sinf vakillari uchun xos?
A. Amfibiyalar. B. Reptiliyalar. D. Baliqlar. E. Qushlar.
Sutemizuvchilar.
mavzu. UMURTQALILARNING NAFAS OLISH,
QON AYLANISH, QON HOSIL QILISH VA AYIRISH
SISTEMALARINING FILOGENEZI
Do'stlaringiz bilan baham: |