167
Pultning umumiy balandligi pol sathidan ko’pi bilan 120 sm balandlikda bo’lishi kerak.
Unda yozuvlar uchun 10x20 sm dan 30x40 sm gacha o’lchamdagi tekislik ajratiladi.
Oyoqlarning erkin joylashishi va harakatlanishiga balandligi - 63 sm, kengligi 50 sm va
chuqurligi 45 sm bo'Igan bo'shliq ko'zda tutiladi. Pultda harakatning eng qulay zonasi 70 sm
bilan chegaralanadi.
Boshqaruv qism (organ)lari boshqarilayotgan ta'sirni insondan mashinaga uzatish: uni
harakatga keltirish, ishchi qismlarni to'xtatish, talab qilingan ish rejimini belgilash,
ma’lumotlarni kiritish yoki olish va hokazo vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladi.
Boshqarish qismlari yurituvchi element va ijro qiluvchi qismlardan iborat, shundan yurituvchi
elementlarga eng qattiq ergonomik talablar qo'yiladi.
Boshqarish qismlarining konstruksiyasi insonning harakatlanuvchi apparatiga mos
bo'lgan ruxsat qilingan me'yoriy yuklanishni va uning antropometrik tavsiflariga binoan
boshqarishni amalga oshirishda zarur aniqlik va harakat tezligini tez aniqlashni ta'minlashi
lozim. Boshqarish qismlari qo’l va oyoq orqali bajariladigan qilib ishlanadi. Qo'l bilan
boshqarish ancha aniq bolib, oyoq orqali boshqarishga nisbatan ustun turadi.
Boshqarish qismlari ko'p bo'lganda yoki ularni katta kuch bilari ishlatganda, qo'llarni
ozod qilish uchun oyoq yuritmalari qollaniladi.
Boshqarishni qismlarining yurituvchi elementlari shakli va o'lchamlari qo'l bilan
ushlaganda, ishonchli va toymaydigan bolishi, ularning materiallari zaharsiz hamda zarur
holatlarda issiqlik, elektr o'tkazmaydigan bo'lishi kerak.
Qo'l bilan boshqarish qismlari shunday joylashish kerakki, bunda operator qo'llari 90-
135° burchakka bukilgan holda ularni bemalol siljita olsin. Boshqarish pedallari operator
gavdasining ko'ndalang o'qiga yaqin joylashtiriladi (100 mm dan katta bo'lmagan qiyalikda).
Pedallar orasidagi masofa ikkala oyoq uchun 200-400 mm bo'lishi hamda toymaydigan qilib
yasalgan bo'lishi kerak.
Boshqarish qismlari qo'l yoki oyoq og'irligi ostida tasodifan qo'sqilib qolish ehtimolini
kamaytirish uchun ular yetarli darajada qarshilikka ega bo’lishi kerak.Boshqarish qismlarini
harakatga keltirishga sarflanadigan kuch haddan tashqari ko'p yoki kam bo'lmasligi lozim,
aks holda u operatorning jismoniy toliqishiga yoki harakat aniqligining yo'qolishiga olib
keladi.
Qo’lda ko'p ishlatiladigan qismlar minimal kam kuch bilan boshqarilishi kerak.
2.1-jadvalda boshqaruv qism (organ)lariga qo'yiladigan optimal kuch qiymatlari
keltirilgan. Boshqarish qismlari va ma'lumotlarni aks ettiruvchi vositalar har xil seziladigan va
tez topiladigan joyda o'rnatilgan bolishi lozim. Buning uchun ularga yoki ular joylashgan
yerda tushuntirish yozuvlari yoki ma’noli simvollar keltirilishi hamda ularni bar xil olcham,
shakl va ranglaida ishlanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |