12.17-rasm. Go’dakning tomir urishini tekshirish
.
Xushdan ketish, kollaps va shokda birinchi yordam ko‘rsatish.
Hushdan ketish
120
to‘satdan qisqa vaqtga hushdan ketish bo‘lib, miyaning birdaniga qonsizlanishidan sodir
bo‘ladi. Obmorok asab tizimi chidamsiz, zaif, astenik konstitutsiyaga ega kishilarda,
charchash, og‘ir jismoniy yoki psixoemotsional zo‘riqishdan so‘ng, kuchli og‘riqlar
natijasida, ayrim holda esa qo‘rqish natijasida ham kelib chiqadi. Hushdan ketishning kechishi
miyada to‘satdan qon aylanishi yetishmovchiligi va uning ishemiyasi (qonsizlanishi)ga
bog‘liq. Bu qorin bo‘shlig‘i qon tomirlarining kengayishi va qonning organizmda qayta
taqsimlanishi tufayli yuz beradi. Bu jarayon boshlanishida bemor esnashi, yuz terisining
oqarishi, peshonasidan sovuq ter ajralishi, nafas olishning tezlashishi kuzatiladi. Shundan
so‘ng bemor hushini yo‘qotib yerga yiqiladi. Ba’zan obmorok yuqoridagi belgilarsiz ham ro‘y
berishi mumkin (12.18-rasm).
Birinchi yordam
.
Hushdan ketish nisbatan kam vaqt davom etishiga qaramasdan,
hushdan ketgan kishiga, albatta, tezlik bilan birinchi yordam ko‘rsatish zarur. Birdaniga uning
oyoqlarini tepaga ko‘tarish kerak, shunda miyada qon almashinuvi tiklanadi, toza havoga olib
chiqish, boshini teparoq qilib orqasi bilan yotqizib qo‘yish lozim. Ko‘krak qismidagi
tugmalarni bo‘shatish kerak, chunki bo‘yin va ko‘krak qisilib qolmasligi kerak. Ko‘pincha
to‘g‘ri yordam ko‘rsatish natijasida hushdan ketish holati tezda o‘tib ketadi.
12.18-rasm. Hushdan ketganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish
Shuningdek, oddiy usullar bilan ham tashqi qo‘zg‘alish ta’sirini o‘tkazish mumkin:
yuziga shapatlab urish; o‘tkir hidli moddalarni (ammiak), masalan, navshadil spirtini paxtaga
tomizib hidlatish kerak. Agar behush kishi xirillab nafas ola boshlasa yoki nafas olishi
umuman to‘xtasa, unda tili og‘iz orqasiga ketib qolmaganligini tekshirish lozim. Nafas olish
va tomir urishi to‘xtasa, bu holat organik kasalliklari bo‘lganda (yurak porogi, yurak ritmi
buzilganda, serebral-qon tomir yetishmovchiligida, miokard infarktida, o‘pka arteriyasi
tromboemboliyasida) tezda jonlantirish tadbirlarini hamda shifoxonaga joylashtirish
choralarini o‘tkazish lozim.
Kollaps
yurak-tomir yetishmovchiligining nisbatan og‘ir
ko‘rinishi hisoblanadi. Kollaps holatida tana harorati pasayadi, ter ajraladi, teri qoplamlari
oqaradi, puls juda kuchsizlanib ipsimon bo‘ladi (terining marmar rangida bo‘lishi, siydik
ajralishining kamayishi yoki to‘xtashi, miya gipoksiyasi paydo bo‘lishi).
Tez yordam ko‘rsatish tadbirlari: kollaps holatidagi bemor boshini pastga qaratib
qo‘yish kerak; vena tomiriga asta-sekin quyidagi vazopressor vositalar yuboriladi: mezaton 1
% – 0,2–0,3 ml 0,9 % li natriy xlorid eritmasida; noradrenalin0,1 % – 1,0; poliglyukin,
reopoliglyukin 400,0ml tomchilatib; prednizolon 60–90mg; puls kamayganda atropin 1 % –
1; zudlik bilan asosiy kasalligi bo‘yicha gospitalizatsiya qilish.
Hushning yo‘qolishi – shunday holat bo‘lib, bunday shaxs harakatsiz yotadi, savollarga
javob bermaydi, tashqi ta’sirlarni qabul qilmaydi. Bunday holat ko‘plab sabablar natijasida
kelib chiqadi, lekin barcha hollarda sezgi markazi – bosh miya jarohatlanadi. Miyaning
jarohatlanishi bevosita ta’sir natijasida – bosh jarohatlanishlarida qon qo‘yilishi, elektrdan
shikastlanish, zaharlanishlar (shu jumladan, alkogolizm) natijasida yuzaga kelishi, shok, yurak
Do'stlaringiz bilan baham: |