2 O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti mehnat ta’limi kafedrasi



Download 4,8 Kb.
Pdf ko'rish
bet124/348
Sana06.07.2022
Hajmi4,8 Kb.
#746563
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   348
104 
 
ta’sir kuchlari hamjihatlikda ortib boradi. Mikroblarga qarshi ta’sirini oshirish uchun 
antiseptikaning bir nechta turini birgalikda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Masalan, bugungi 
kunda jarohatlarni davolash maqsadida birlamchi jarrohlik yo‘li bilan ishlov berilayotganda 
(mexanik va kimyoviy antiseptika), u biologik (antibiotiklar va qoqsholga qarshi zardoblarni 
yuborish) antiseptika bilan to‘ldiriladi va qo‘shimcha ravishda fizioterapevtik muolajalar 
tavsiya etiladi. 
Antiseptika qo‘llanilishiga qarab, mahalliy va umumiy antiseptika muolajalariga 
bo‘linadi. O‘z vaqtida mahalliy antiseptika ikkiga, yuzaki va chuqur turlarga bo‘linadi. ahalliy 
yuzaki turi asosan jarohat yuzasiga har xil sepmalar, malhamlar qo‘yish hamda jarohat yuzasi 
va bo‘shliqlarini yuvish muolajalaridan iborat. Mahalliy chuqur antiseptika turiga 
yallig‘lanish o‘chog‘i va jarohat atrofidagi to‘qimalarga inyeksiya yo‘li bilan moddalarni 
yuborish (sanchib qo‘yish va har xil blokadalar) kiradi. «Katta zararsizlantiruvchi davolash» 
yoki umumiy antiseptika tadbirlari deganda organizmni antiseptik moddalar (antibiotik, 
sulfanilamid) bilan to‘yintirish va moddalarning qon aylanish doirasi orqali jarohatga yetib 
kelib, mikroblarga ta’sir etishi tushuniladi. Amaliyotda keng qo‘llaniladigan antiseptik 
moddalarni 10 ta asosiy guruhga bo‘lib o‘rganish mumkin: 
1. Tarkibida galoid moddalar bo‘lgan guruh
. Xloramin «B» – jarrohlar qo‘liga ishlov 
berishda, rezina qo‘lqoplarni sterillashda, teri va shilliq pardalarni yuvish va ifloslangan 
jarohatlarni davolashda 2 % eritmasi qo‘llaniladi. 
Yodning 5–10 % spirtli eritmasi jarohatlarga ishlov berishda, jarohatlar, tirnalgan va
yorilgan terilar atroflariga surtishda ishlatiladi. Yodoform – ifloslangan va sekin bitayotgan 
jarohatlarga sepma va malhamlar ko‘rinishida qo‘llaniladi. Lyugol eritmasi – yod va kaliy 
yodning spirt, glitserin yoki suvdagi eritmasi hisoblanadi. Shilliq pardalarga surtish va yiringli 
jarohatlarga tampon ko‘rinishida ishlatiladi. Yodoforlar – yodning faol spirtli birikmalar 
(yodopiron, yodanal, yodanat) bilan hosil qilingan kompleksi hisoblanadi. Asosan teriga 
ishlov berish, jarohatlarni, kuyishni davolashda va jarrohlik asboblarini sterillashda 
qo‘llaniladi. 
2. Oksidlovchi guruh (kislorodli moddalar).
3 % perekis vodorod eritmasi yiringli 
jarohatlarni yuvishda ishlatiladi. Mochevina bilan birlashgan tarkibi tabletkalar ko‘rinishidagi 
gidroperit shaklida ham ishlatilishi mumkin. Qaynatilgan 200 
ml 
suvda 4 ta tabletkasi 
eritilganda 2 % perekis vodorod eritmasi hosil bo‘ladi. Kaliy permanganat, kuchli 
oksidlovchi: 0,1–0,5 % eritmalari yiringli jarohatlarni yuvishda, 0,02 % eritmasi bo‘shliqlarni 
yuvish va chayqashda, 2–5 % eritmalari kuyishlarni davolashda ishlatiladi. Bor kislotasining 2 
% eritmasi jarohatlarni yuvishda, chayqashda, shuningdek siydik pufagi va boshqa kovak 
a’zolarni yuvishda ishlatiladi. 
3. Og‘ir metallar tuzlarining guruhi.
Simob dixlorid (sulema) – faqat sirtga ishlatiladi: 
1:1000 nisbatdagi eritmasi qo‘llar ishlovi uchun, ipaklarni sterillashda, bemorlar va 
jarohatlarga ishlatiladigan jihozlarni dezinfeksiyalashda qo‘llaniladi. Sulema – juda kuchli 
zaharli modda hisoblanadi va bu eritma bilan ishlov berish mobaynida juda ehtiyotkorlik talab 
qilinadi. Diotsid – kuchli antiseptik xususiyatga ega, sepma yoki tabletkalar ko‘rinishida 
chiqariladi. 1 ta tabletkasining 5,0 

qaynatilgan suvdagi eritmasi qo‘llar ishlovi uchun, 1 

suvda eritilgan 1 ta tabletkasining eritmasi asboblarni sterillashda qo‘llaniladi. Kumush nitrat 
– lyapis siydik pufagi va yiringli jarohatlarni yuvishda ishlatiladi. Haddan tashqari tez 
o‘sayotgan yosh hujayra to‘qimalarini kuydirish maqsadida 10 % eritmasi qo‘llaniladi. Ammo 
shuni ham yoddan chiqarmaslik kerakki, teri yoki shilliq pardalarga tekkan 10 % eritmasi 
to‘qimalar nekroziga olib keladi. Protargol – siydik pufagi yallig‘langanda 1–3 % eritmasi 
yuboriladi. Kollargol – yiringli jarohatlarni yuvishda 0,2–1 % eritmalari ishlatiladi. 
4. Spirtlar
. Tibbiyot amaliyotida muntazam ravishda etil (uzum) spirti keng qo‘llaniladi. 
Chunki metil spirti juda zaharli bo‘lib, kuchli zaharlanish holatlarini chaqirishi mumkin. Etil 
spirti nafaqat dezinfeksiyalash, balki quritish va qotirish xususiyatlariga ham ega. Jarrohlar 
qo‘llarini yuvishi uchun va operatsiya maydonlariga ishlov berishda keng qo‘llaniladi. 
Bunday hollarda spirtning 70 % eritmasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki kuchli 



Download 4,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish