2 O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti mehnat ta’limi kafedrasi


 Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan asosiy



Download 4,8 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/348
Sana06.07.2022
Hajmi4,8 Kb.
#746563
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   348
2.2. Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan asosiy 
qonunlar, standartlar, nizomlar, qoidalar va meyoriy hujjatlar tizimi. 
2.3. Faoliyat xavfsizligi qonun-qoidalarga amal qilinishini nazorat qilish tizimi, qoida va 
talablarni buzganda tortiladigan javobgarliklar. 
 
2.1. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari, mazmuni.
Har qanday demokratik jamiyatda shu jamiyat taraqqiyoti qay darajada bo'lishidan qat'i 
nazar, o'zining huquqiy manfaatlaridan kelib chiqib va inson huquqlarini himoyalashga 
asoslangan qonun asoslari, ya'ni Konstitusiyasi bo'lishi zarur. Bu Konstitusiya awalo inson 
huquqlarini himoya qilishi, shu bilan bir qatorda iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar ham 
himoyalanishi kerak. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekistonlik har bir fuqaro erkin 
holda mehnat qilish huquqiga ega. Mehnat qilish huquqi xalq xo‘jaligini demokratik asosda 
tashkil qilish bilan ta’minlanadi. Fuqarolarga ularning millati, irqidan qat’i nazar mehnat 
qilish sohasida teng huquq beriladi. Konstitutsiyada O‘zbekiston Respublikasida ayollarga 
mehnat qilish, mehnatga haq olish, ijtimoiy ta’minot borasida erkaklar bilan teng huquq 


15 
 
berilgan. Bu Konstitusiyaning IX bobi iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarni himoyalashga 
qaratilgan. 36-moddada «har bir shaxs qonunda ko'rsatilgan tartibda mehnat qilish, erkin kasb 
tanlash, odilona sharoitlarda mehnat qilish va ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir» 
deyilgan, matn davomida «Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o'tash tartibidan yoki qonunda 
ko'rsatilgan boshqa hollardan (harbiy xizmat chog'ida, favqulodda holat sharoitida va h.k.) 
tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi» deb qo'yilgan. Bu Konstitusiyadagi tarqoq umumiy 
jumlalar asosida berilgan va ishyoqmas, dangasa shaxslar uchun asosiy istehkom bazasi bo'lib 
xizmat qiladigan «barcha fuqarolar ish bilan ta'minlanadi» degan jumladan tubdan farq qilishi 
ko'rinib turibdi. 
Shu bobning 37-moddasida «Barcha yollanib ishlayotgan fuqarolar dam olish huquqiga 
egadirlar. Ish vaqti va haq to'lanadigan mehnat ta'tilining muddati qonun bilan belgilanadi», 
deyilgan jumla ham birmuncha ijobiy xususiyatlaiga ega. Dam olish huquqini ta'-minlash 
mana shu huquqning amalga oshirilishini ta'minlaydigan ijtimoiy bazaga asoslanishi kerak. 
Bu bandda ana shu bazani ta'minlash imkoniyatini beradigan qonun barpo etilishi mumkinligi 
belgilangan. 
38-Moddada «har kim qariganda, mehnat layoqatini yo'qotganda, shuningdek, 
boquvchisidan mahrum bo'lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy 
ta'minot olish huquqiga ega. 
Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordamning boshqa turlarining miqdori rasman belgilab 
qo'yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo'lishi mumkin emas» deyilgan. 
Oldingi Konstitusiyalarda ijtimoiy ta'minlanish masalasi hal qilingani bilan uning 
miqdori hech kimni qiziqtirmas edi. Bu Konstitusiyada qo'shimcha ravishda tirikchilik uchun 
yetarli miqdorda belgilanishi, albatta, keyingin nafaqa haqidagi qonunlarda uning miqdorini 
oshirish imkoniyatini beradi. 
39-Moddada «har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega» deb 
belgilangan. 
Ilgari qabul qilingan Konstitusiyalarda bepul tibbiyot xizmatidan foydalaniladi, 
deyilgan edi. Ammo amalda tibbiyot xizmatidan, bepul foydalanish imkoniyatlari 
yaratilmagani sababli bu qonun tibbiyot sohasining inqiroziy tanglikka olib keldi. Hozir 
belgilangan moddada tibbiyot xizmati bo'yicha hech bir cheklanishlar yo'q, bunda turli-tuman 
tibbiyot xizmati korxonalari tashkil etilishi va jumladan, malakali tibbiyot xodimlari o'z 
shaxsiy davolash muassasalariga ega bo'lishi, bu bilan esa davolash sohasida raqobat vujudga 
keladi, aholi malakali tibbiyot xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladilar. 
Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, 
shuningdek mehnatni muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlariga muvofiq ayrim 
vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa 
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi(qisqacha Mehnat 
vazirligi) mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa 
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining mehnat haqidagi qonunchiligi mehnat sharoitlarining 
yuqori darajasini, ishchi va xizmatchilarning mehnat huquqlarini har tomonlama muhofaza 
qilishni belgilaydi. 
Hayot 
faoliyati xavfsizligi bo‘yicha mehnat qonunchiligi - O‘zbekiston 
Respublikasining Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi Qonunida va Mehnat Kodeksida 
mujassamlashtirilgan huquqiy meyorlar, Hayot faoliyati xavfsizligi, ayollar mehnati, yoshlar 
mehnatini muhofaza qilish, Hayot faoliyati xavfsizligi sohasida nazorat qilishni o‘z ichiga 
oladi. 
O‘zbekiston Respublikasining Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi Qonuni (1993 



Download 4,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish