Nazariy ma`lumot
Yonish jarayonini to`xtatish uchun oksidlanish tiklanish ekzotermik zanjir reaksiyasi
uzilishi kerak. Bu reaksiyani tuxtatishning fizik hamda ximik usullari qo‘llaniladi.
Fizik usullar
- bu alangani yonuvchi modda yuzasidan uzib tashlash, yonuvchi modda
yuzalari haroratini alangalanish haroratidan pasaytirish, oksidlovchi modda (kislorod)
konsentratsiyasini kamaytirish (ko‘pincha yonmaydigan gazlar konsentratsiyasini oshirish
hisobiga) va yonuvchi modda bilan oksidlovchini bir-biridan ixotalash.
Kimyoviy usullar
- yonish reaksiyasini tormozlash hisobiga amalga oshiriladi.
O‘t o‘chirish vositalari asosan 3 guruhga bo‘linadi:
1) yonishni tugatish usuli bo‘yicha - sovituvchi, aralashtiruvchi (chatishtiruvchi),
ihotolovchi, birlashtiruvchi,
188
2) Elektr o‘tkazuvchanligi bo‘yicha - elektr tokini o‘tkazuvchi (suv, bug‘, ko‘pik) elektr
tokini o‘tkazmaydigan (kukunli birikmalar gazlar).
3) Zaharligi bo‘yicha - Zaharli (freon, brometil), kam zaharli (karbonad angidrid, azot),
zaharsiz (suv, ko‘pik, kukunli birikma);
O‘t o‘chirishda eng keng tarqalgan modda suvdir. Suv o‘zining qo‘yidagi xususiyatlari
tufayli o‘tni o‘chirishda eng afzal modda hisoblanadi. Suvning issiqlik sig‘imi katta.
Yonayotgan yuzaga tushgan suv issiqlikni yutadi. Malumki 1 litr suv taxminan 539 kkal
issiqlikni yutadi. Yuqori haroratli yuzaga tushgan suv tezda bug‘lanadi. Bug‘lanish natijasida
uning xajmi 1700 marta ortadi va vaqtincha yonayotgan yuzani qamrab olib, havodagi O
2
(kislorod) miqdorini kamaytiradi. Uning sirt tarangligi kichik (0,073). Karbonat angidrid
gazini yong‘in chiqqan zonaga yo‘naltirish natijasida u yerdagi havoning tarkibida O
2
miqdorini kamaytirish evaziga yong‘inni o‘chirishga erishilgan. Bu gaz yonmaydi. Inert
gazlardan yong‘inni o‘chirishda azot va argon gazlari ham ishlatiladi. Ular xam karbonat
angidrid singari yong‘inni o‘chiradi. Tutun gazlarida kislorod miqdori havodagidan bir
muncha kam bo‘lib, taxminan 18-19% ni tashkil etadi. Bu gazlar oxirigacha yondirilsa,
undagi O
2
(kislorod) miqdorini 5-6% gacha tushirish mumkin. Bunday gazlar yong‘inni
o‘chirishda bemalol qo‘llanilishi mumkin. Ingibitorlar- galloidlangan uglevodlar yonish
reaksiyasiga kimyoviy susaytirgich orqali ta’sir ko‘rsatib, yong‘inni to‘xtatadi. Kukunli
birikmalar - yonayotgan gazlar yengil alangalanuvchan, yonuvchan suyuqliklar kuchlanish
ostida bo‘lgan elektr uskunalarini o‘chirishda ishlatiladi. Ko‘pik-yonayotgan yuzaga tushib,
uni qoplab olib, kislorod kirishdan to‘sadi va ajralib chiqayotgan suyuqlik yonayotgan yuzani
sovutadi. Hozirgi paytda ko‘pik gineratorlari keng qo‘llanilmoqda.
Mexanizatsiyalashgan, yani asosiy o‘t o‘chirish vositalariga suv nasoslari va
avtomashinalar kiradi.
Suv nasoslari
- umumiy asosga o‘rnatilgan dvigatel va markazdan qochma nasosdan
tarkib topgan agregatdir. Tikuv va poyabzal korxonalarida asosan MP-800 va MP-1400
markali va mutanosib ravishda 800 va 1400 markali ish unumdorligiga ega bo‘lgan suv
nasoslari ishlatiladi. Bulardan tashqari o‘t o‘chiruvchi moddalarni yetkazib berish maqsadida
yong‘in avtomashinalari ishlatiladi. Ularga avtosisternalar, shlang- nasosli avtomobillar,
poezdlar va boshqalar kiradi.
Nasosli avtosesterna shaxsiy sostavni, o‘t o‘chirish uskunalarini, suv zahirasini va
ko‘pik hosil qiluvchi moddani yong‘in chiqqan yerga yetkazish, hamda ichaklarni
vodoprovod tizimiga ulanguncha suv bilan ta’minlash, suv keltirish va oraliq vazifasini ham
o‘taydi. O‘t o‘chirish mashinalari uchun tikuvchilik korxonalarida maxsus depo quriladi. Ular
magistral yo‘llar yoniga barcha ob’ektlariga mashinalar bemalol kirib bora oladigan qilib
kuriladi. Ularning xizmat qilish radiusi A,B,V toifali korxonalar uchun 2 km olinadi.
O‘t o‘chiruvchilar alanga va yong‘inlar paydo bo‘lishini boshlang‘ich bosqichida ularni
o‘chirishga mo‘ljallangan. Yong‘inlarni o‘chirish sharoitlariga bog‘lik holda o‘t
o‘chirgichlarning har xil turlari yaratilgan va ular qo‘yidagi shaxsiy guruhlarga bo‘linadi:
1. a) ko‘pikli b) gazli v) poroshokli
2. O‘t o‘chirgich moddalarni uzatish usuli bo‘yicha: (7.1-rasm).
a) kimyoviy ko‘piklar
b) uglekislotali, aerozolli, havoli-ko‘pikli.
2.
O‘t o‘chirgichlarning sig‘imi bo‘yicha:
a) qo‘lda olib yuriladigan 5 l xajmli korpusi bilan:
b) sanoatda mo‘ljallangan qo‘lda olib yuriladigan 10 l gacha xajmli korpusi bilan;
v) ko‘chma va ko‘chmas 10 ldan yuqori xajmli korpusi bilan;
Do'stlaringiz bilan baham: |