89
Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunning 12 moddasidan 25
moddasigacha bo‘lgan huquqiy jihatni o‘z ichiga oladi. Yong‘in xavfsizligini ta’minlashni
tashkil etish Yong‘in xavfsizligini ta’minlash tashkilotlarning mansabdor shaxslari va boshqa
xodimlari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatining tarkibiy qismidir. Yong‘in
xavfsizligini ta’minlashga doir talablar mansab yo‘riqnomalarida va boshqa yo‘riqnomalarda,
zarur hollarda esa tegishli shartnomalarda aks ettirilishi kerak. Tashkilotlarning yong‘in
xavfsizligini ta’minlash, agar tegishli shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan
bo‘lsa, mazkur tashkilotlarning rahbarlari va ular vakolat bergan shaxslar zimmasiga
yuklatiladi.
Yong‘in xavfsizligini ta’minlashga doir vazifalarning vakolatli shaxslar zimmasiga
yuklatilishi rahbarlarning zimmasidan mas’uliyatni soqit qilmaydi. Xususiy va davlat uy-joy
fondlarining turar joylari va boshqa binolarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, agar bu
mulkiy ijara (arenda) shartnomasida ko‘rsatilgan bo‘lsa, mulkdorlar yoki ijaraga (arendaga)
oluvchilar zimmasiga yuklatiladi. Aholi punktlarini rivojlantirish va ularda imorat qurishni
rejalashtirish, binolar va inshootlarni loyihalashtirish, qurish, kengaytirish, rekonstruksiya
qilish hamda texnik jihatdan qayta jihozlash chog‘ida yong‘in xavfsizligini ta’minlash
tegishincha shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, buyurtmachilar,
imorat quruvchilar, loyiha va qurilish tashkilotlari zimmasiga yuklatiladi.
O‘zbekiston Respublikasida Yong‘in xavfsizligini ta’minlashning huquqiy asoslari
quyidagilardan iborat
:
1. O‘zbekiston Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qoununi 2009 yil
30-sentabr O‘RQ-226.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 3 fevraldagi
“Yong‘inlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish, shuningdek yong‘inlarga doir axborotni
to‘plash hamda o‘zaro almashish tartibi haqidagi Nizomini tasdiqlash to‘g‘risida” 13-sonli
Qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 4 oktabrdagi “Davlat
yong‘in nazorati to‘g‘risidagi Nizomini tasdiqlash haqidagi” 272-sonli Qarori.
4. O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2013 yil 21 noyabrdagi “Tadbirkorlik subektlariga
tegishli bo‘lgan ob’yektlarni yong‘in-profilaktika ko‘rigidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” 136-
sonli buyrug‘i.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 maydagi “Ichki ishlar organlari
yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-2992-sonli Qarori.
Shuni ta’kidlash joizki, bugungi kunda har bir korxona, tashkilot va muassasa rahbarlari
yong‘in xavfsizligi qoidalarini mukammal darajada bilishlari bilan birga uni ta’minlashlari
maqsadga muvofiq. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 maydagi “Ichki
ishlar organlari yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2992-sonli Qarorida davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari,
mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va boshqa
tashkilotlar rahbarlari zimmasiga ularga qarashli ob’yekt va hududlarda yong‘in xavfsizligi
talablariga rioya etilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklatilgan. Yuqorida ko‘rsatilgan
mansabdor shaxslar har chorakda yong‘in xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha
yig‘ilishlar o‘tkazilishi, ular doirasida o‘ziga qarashli ob’yekt va hududlarning yong‘inga
qarshi holatini tanqidiy tahlil qilib borishi shartligi belgilab qo‘yilgan. Shu munosabat bilan
yong‘in xavfsizligi tizimida ilk bor haftaning har chorshanba kuni “Yong‘inlar profilaktikasi
kuni” deb belgilandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |