Teri to‘qimalarining kuyishi
– issiqlik ta’siri ostida teri to‘qimalari faoliyatining buzilishi;
Birinchi tibbiy yordam vositalari
– birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda ishlatiladigan vositalar(bularga yod
eritmasi, bint, jgut, shina va hokazolar kiradi);
Jarohatni og‘irlashishga qarshi profilaktika
– jarohatlangan joydagi jarohatlovchi omil ta’sirini tugatish,
jarohatni to‘xtatish va unga dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish chora-tadbirlar tizimi;
Aseptika
- jarohatlangan joyga mikrobni kirish yo‘lini to‘sishga qaratilgan tadbir;
Antiseptika
– jarohatlangan joyga kirib qolgan mikroblarni kamaytirish yoki butunlay yo‘q qilishga qaratilgan
tadbir;
Kuyish
- to‘qimalarning yuqori harorat, kimyoviy moddalar, nurlanish hamda elektr toki ta’sirida
shikastlanishi(Kuyish darajasi to‘rt xil bo‘ladi: yengil (1), o‘rtacha og‘ir (2), og‘ir (3) va juda og‘ir (4));
Do'stlaringiz bilan baham: |