Yo‘l harakat xavfsizligi
– ishlovchilarga yo‘l qoidalari, turli transport vositalaridan
foydalanish qoidalari hamda harakat xavfsizligiga qaratilgan texnikaviy va tashkiliy tadbirlar
tizimi;
Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish
–
korxona va tashkilotlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan
baxtsiz hodisalar, jarohatlanishlar, kasbiy kasalliklar yuzaga kelgan vaqtda jarohatlanishni
to‘xtatish, imkoni bo‘lsa og‘riqni to‘xtatish yoki kamaytirish uchun bajariladigan chora-
tadbirlar tizimi;
Mehnat vositalari
– mashina, dastgoh, instrumentlar, qurollar, bino, yer, yo‘l, kanallar,
energiya va boshqalar;
Hayot faoliyatining optimal sharoitlari
– ishchilarga yaratilgan qulay mehnat sharoitlari;
Sog‘lom mehnat sharoitlari
– ham ruhiy, ham fiziologik charchashga olib kelmaydigan
mehnat sharoitlari;
Do'stlaringiz bilan baham: |