2 O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti mehnat ta’limi kafedrasi



Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet342/602
Sana11.02.2022
Hajmi4,92 Mb.
#443861
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   602
Bog'liq
ХФХ МАЖМУА 2021 БИОЛОГИЯ кундузги

164 
 
- ish joyini yil davomida foydalanish davri; 
- kiritish vaqti va ish joyini attestatsiya natijasida umumiy bahosi. 
- hisobga olish birlamchi hujjatlari amaldagi ish joylari uchun bir marta tuziladi, 
shuningdek yangi ish joylari tashkil qilinganda ular bilan bir vaqtda texnologik va tashkiliy 
hujjatlar talab qilinganda qaytadan tuzilishi mumkin.
Ish joylarini hisobga olishda ishda qatnashayotgan va qatnashmayotgan, ishchi kuchi 
bilan ta`minlangan va ta`minlanmagan ish joylari, shuningdek zahira uchun holdirilgan ish 
joylari, hamma kategoriyadagi ishchilarni o`qitish uchun mo`ljallangan ish joylari ham 
hisobga olinadi. Zahira va o`qitish ish joylari ma`lumotnoma materiallari asosida olinadi. 
Chunki bu ish joylari hisobda bo`lsa ham, korxonada ish joylari bilan ishlayotgan 
ishchilarning mutanosiblik darajasini belgilashda qatnashmaydi. 
Hisobga olish vaqtida va tahlil qilishda o`rnatilgan hamma qurilmalar (ta`mirlash 
natijasida vaqtincha ishlamayotgan, umuman buzilgan, modernizatsiya qilinayotgan, 
mukammallashtirish ishlari olib borilayotgan) hisobga olinadi. 
quyidagilar ish joylari deb hisoblanmaydi:
- ishchilar biriktirilmagan umumiy foydalanish vositalari (harakatlantirilib yuritiladigan 
ko`chma teshish, silliqlash va boshqa stanoklar, harakatlanuvchi ko`tarish vositalari);
- montaj qilinayotgan yoki montaj qilib bo`linsa ham akt bilan ishlatish uchun 
topshirilmagan qurilmalar; 
- demontaj qilingan, demonstratsiya qilish va ko`rgazmaga qo’yilgan jihozlar nusxasi. 
Ishchi zona va qurilmalarni ikki marta hisobga olishga yo`l qo’yilmasligi kerak. Bu 
albatta brigada bo`lib ishlaganda chegaralar belgilanganida yo`l qo’yilishi mumkin bo`lgan 
hisobga olishda bo`ladi. 
Ish joylarini tugatish yoki yangi tashkil qilishda ham yillik hisobotlarda va o`rtacha 
yillik ish joylari sonini aniqlaganda ham ba`zi bir qoidalarga amal qilish kerak bo`ladi. 
Masalan ish joylari oyning 15-nchisigacha qabul qilingan bo`lsa, shu oy to’liq hisoblanadi, 
15-nchisidan keyin bo`lsa, keyingi oydan boshlab hisob olib boriladi. 
Ishlab chiqarish sanitariyasi ishchilar uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratish bilan 
jiddiy shug‘ullanadi. Bunga ko‘ra ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarida ishchi 
xodimlar uchun maishiy xonalarning o‘lchamlari quyidagicha bo‘lishi belgilanadi: 
• garderobxona 1 kishiga 0,82 m² (bu o‘lchamlar ayrim o‘quv adabiyotlarda m² (kishi 
deb ko‘rsatilgan); 
• dushxona 1 kishiga 0,2 m²; 
• kiyim va poyabzallarni quritish uchun 1 kishiga 0,2 ; 
• ayollarning shaxsiy gigiyenasi uchun 50 kishiga 1,76 ; 
• lar hojatxonasi 1 kishiga 0,09 (yoki 40 ishchiga bir unitaz hisobida); 
• ayollar hojatxonasi 1 kishiga 0,14 , 
• ovqatlanadigan xona 1 o‘tiriladigan joy 0,25 ; 
• 1200 ishchiga mo‘ljallangan sog‘liqni saqlash punkti 70 ; 
• ish vaqtida dam olish, isinish, quyosh radiatsiyasi va issiqlikdan saqlanish uchun 1 
kishiga 0,7 ; 
• isinish uchun alohida xona 1 kishiga 0,1 . 
Agar ayollarning umumiy soni korxonada 100 nafar va undan ko‘p bo‘lsa, ayollarning 
shaxsiy gigiyenasi xonasi bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Ayollar soni bir smenada 15 kishidan ortiq 
bo‘lsa, umumiy ayollar gigiyena xonalari bshlishi shart. 
Maishiy xizmat xonalari ko‘chma vagonlardan iborat bo‘lsa, ularni chang ajratadigan 
jihozlardan 50 m, qurilayotgan obyektdan esa kamida 24 m o’zoqlikda o‘rnatiladi. Agar 
vagonlar soni ko‘p bo‘lsa, yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiq holda ikki qator qilib, 
jamida 10 tadan ortmagan holda, har bir qator orasi 1 m, ikkinchi ikki qatorli orasi esa kamida 
18 m oraliq masofa saqlangan holda o‘rnatiladi.



Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   602




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish