98
zinаlаr vа II hаmdа IV yong’ingа chidаmlililik dаrаjаsidаgi yordаmchi binоlаr sirtigа
yong’indаn himоyalоvchi qоplаmаlаr bilаn ishlоv berish tаqiqlаnаdi. Yong’indаn
himоyalоvchi qоplаmаlаr atmosferagа chidаmli, nаmlikgа chidаmli vа nаm bo’lmаgаn
muhitgа chidаmli bo’lishi mumkin. Atmosferagа chidаmli qоplаmаlаrgа pyerхlоrvinil
bo’yoqlаr PХVО, ISХ, ХL; nаmlikkа chidаmli qоplаmаlаrgа ХD-SJ mаrkаli bo’yoqlаr; nаm
emаs muhitgа chidаmli qоplаmаlаrgа ХL-K tipidаgi, SK-L mаrkаli silikаt bo’yoqlаr,
supyerfоsfаt vа sho’rtuprоqli surkаmаlаr kirаdi.
Qurilish konstruksiyalarining o'tga chidamlilik darajasini oshirish imkoniyatlari
mavjud. Maslan, metall konstruksiyalarning o'tga chidamlilik darajasi nihoyatda past bo'lib,
taxminin 15—20 minut ichida o'z ko'tarish qobiliyatini yo'qotib, egilib bukilib ketadi. Agar bu
konstruksiyani o'tga chidamli bo'yoqlar bilan moylasak uning o'tga chidamliligi birmuncha
ortishi, alebastr yoki sement aralashmalari bilan suvasak uning o'tga chidamliligini 1 soatga
yetkazishimiz mumkin. Agar metalldan qilingan kolonnalarni gips plitalar bilan qoplasak,
plitalar qalinligini 6 sm dan kam bo'lmasa, unda bu kolonnalarning o'tga chidamlilik chegarasi
3 soatga yetadi.
Yog'och konstruksiyalarning o'tga chidamligini oshirish muhim ahamiyatga ega, chunki
yog'och konstruksiyalarni 270—280 °
C
gacha qizdirganda ular yonib ketadi. Agar yog'ochdan
qilingan konstruksiyalar yaxshilab suvalsa, ularning o'tga chidamliligi ortadi. Suvoq qilish
uchun asbosement va gips aralashmalaridan foydala-nish mumkin. Suvoqning qalinligi 20
mm
bo'lganda yogoch kons-truksiyasining o'tga chidamliligi 20—25 minutga yetishi mumkin.
Yog'och konstmksiyalarning o'tga chidamliligini oshirishda antipirin deb ataluvchi
moddani yog'och konstmksiya ustiga sepish yoki shimdirish yaxshi natija beradi. Antipirin
kimyoviy birikma bo'lib, yog'och tarkibiga singib borishi natijasida uning yonishini
qiyinlashtiradi. Agar yog'och materialiga antipirin 75 kg/m miqdorida shimdirilsa, yaxshi
natijaga erishiladi. Bunday shimdirish, chuqur shimdirish deb ataladi va maxsus
moslamalarda amalga oshiriladi.
Bundan tashqari antipiilnni yuzani ishlov berish yo'li bilan ham shimdirish mumkin.
Bunda antipirin tejaladi, chunki 1
m
2
yuzaga 100
g
antipirin tuzi sarflanadi. Bunday ishlov
berishlar yog'och konstruksi-yasini butunlay yonmaydigan qilolmasa ham yonishini
birmuncha qiy-inlashtirish hisobiga o'tga chidamliligini oshiradi. Bundan tashqari yog'och
konstruksiyalariga yong'inga qarshi bo'yoqlar bilan ishlov berish ham birmuncha ijobiy
natijalar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |