59
Kо‘pgina manbalarga e’tibor berilsa, birinchi uslublar, keyinchalik nanotexnologiya deb
yuritiladi, Richard Feynmanning 1959 yili Amerika fizika jamiyatidagi “U yerda joy kо‘p”
«There’s Plenty of Room at the Bottom» deb atalgan maqolasida yakka atomlarni maxsus
о‘lchamga ega bо‘lgan manipupulyator yordamida joyini о‘zgartirish hozirda mavjud bо‘lgan
fizika qonunlariga zid kelmasligini ta’kidladi. Ushbu manipulyatorni quyidagi uslubda
yaratishni taklif etdi, ya’ni shunday mexanizm qurish kerakki, u о‘zining bir daraja past
nusxasini yaratsin, kichraygan nusxa yana bir pog‘ona kichik nusxa yarata olsin, shu tariqa
kichrayish mexanizm о‘lchami bir atom о‘lchamiga teng bо‘lgunga qadar davom etishi lozim.
Ilk bor «nanotexnologiya» terminini 1974 yili Norio Taniguti qо‘lladi. Ushbu termin
bilan bir necha nanometrga teng bо‘lgan mahsulotni atadi.
4
Do'stlaringiz bilan baham: |